Kostum va moda tarixi


Ishbilarmonlar kiyimi va aerobika



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

Ishbilarmonlar kiyimi va aerobika. 1980-yillar 
ramzlaridan biri – ishbilarmonlar kiyimi (pader essing). 
Yelkalari keng, erkin turadigan jaket Italiya va AQSHda keng 
yoyildi, bu o‘n yillik ikkala mamlakat uchun ham hokimiyat, 
ravnaq va omad yillari bo‘ldi. 1980-yillarda amerikalik 
dizaynerlar ko‘pincha ayollarga amaliy tavsiyalar berar edilar. 
Masalan, Kelvin Klyayn «W» jurnaliga («Vogue» jurnali 
bilan bir qatorda «Gonde Nast» nashriyot uyida chiqadi) eng 
kam vositalar bilan qanday qilib eng ko‘p foydali taassurot 
hosil qilish mumkinligi haqida maslahat berdi. Ishbilarmon 
ayol uchta jaket, uchta sviter, ikkita yubka va bitta ko‘ylak 
bilan qanoat qila oladi, ammo barcha buyumlar a’lo sifatli 
va uslubli bo‘lishi kerak – qimmatbaho kashemir, shoyi va 
charmdan ishlangan bo‘lmog‘i shart. Klyayn o‘zining bosiq 
uslubiga sodiq qoldi – bu keng paltolar, bo‘yni baland 
sviterlar, qimmatbaho matodan tikilgan mumtoz shimlar 
edi. Mavsumdan mavsumga faqat rangi va ayrim bichiq 
qismlarigina o‘zgarardi (masalan, 1983-yilda belga mayda 
buklamlar bilan shimarib tushiriladigan serbar tunikalar). 
1980-yillarda dizayner ismiga bo‘lgan e’tibor yana «Calvin 
Cleun» jinsilar reklamalar kompaniyalari tomonidan jalb 


117
etilgan edi, ular uchun aktrisa Bruk Shilde va fotograf 
Richard Avedon ishlagandi. Yaratilgan tarxning shahvat 
qo‘zg‘atuvchanligi Amerika jamiyatida janjalga sabab 
bo‘ldi, ammo juda tez orada u jazavador orzuga aylandi. 
1981-yilda «Shirinliklar» jamlanmasida pastel ranglaridagi 
paxtadan tikilgan kostum taqdim etildi: yelkalari har 
tomonga keng yoyilgan jaket, yuqori qismi qatlamlangan 
yenglar (bu qo‘shimcha hajm yaratardi) va beldagi uncha 
katta bo‘lmagan baska (burma) bilan yoki taram-taram 
qatli o‘rtacha yubka bilan, yoxud tizzadan pastga qaratib 
yig‘ilgan keng brijlar bilan to‘ldirilgan. Mazkur sportcha 
uslub shunchalik urf bo‘ldiki, ko‘chalarda uning sonsiz 
nusxalarini ko‘rish mumkin edi.
1980-yillar  tarzi  ancha  ziddiyatli.  Agar  mualliflik  kechki 
modada oldingidek tilla, kashta va to‘rlar hukm sursa, o‘rta 
sinf kiyim-kechaklari variantida diskoteyka uchun diska va 
pank uslublarining sporti libosi uzvlari birlashib keladi: bular 
futbolkalar, krossovkalar, mini-yubkalar, qora charm kurtkalar, 
bluzkalar va ochiq rangli ko‘ylaklardir. Lagerfeld, Versache, 
Valentino va Janfranko Ferre kabi bir xil dizaynerlar o‘tmishning 
nazokatli orastaligi haqidagi xotiralarni jonlantirsa, Jan Pol 
Gotye, Vivyen Vestvud va Jon Galyanolar ko‘cha modasidan 
g‘oyalar to‘playdilar va ularni omma orasida san’at asariga 
aylantiradilar.
1987-yil 19-oktabrda Nyu-York birjasida bo‘lgan inqiroz 
ko‘plarni kiyim-kechak muammosiga oqilonaroq yondashishga 
majbur qildi. Kechasi ham, kunduzi ham birdek yaxshi 
sezishga imkon beruvchi kiyimlarga ehtiyoj yana sezilib qoldi. 
Ko‘chabop va ishbop kiyimlar orasidagi katta tafovut maqsadga 
muvofiqligini  yo‘qotdi.  Ofislarda  casnal  Fridays  rasm  bo‘ldi, 
bunda sviter va jinsida ishga chiqishga ruxsat berildi.
Aynan 1980-yillarda xushbichimlik va sport ertangi kunga 
ishonch bilan hayotdan chuqur mamnun holda bir-biri bilan 


118
birlashib keta boshladi. Aerobika va fitnes asosiy ermaklar edi, 
lepinsalar sport zallaridan ko‘chaga chiqib ketdi.
Jamiyatdagi o‘zgarishlar ketidan borib, moda yoshlarga 
ergashib, alohida ishchan faoliyatgacha bo‘lgan yo‘lni bosib 
o‘tdi va o‘tmish tajribasini o‘zlashtirib, keyingi o‘nyillikka 
qadam qo‘ydi. Shu bois u hamma uchun yagona yechimni talab 
etmaydi – modelchilar truppalar uchun emas (xoh yappi, xoh 
panklar bo‘lsin), balki muayyan uslubni tanlagan odam uchun 
liboslar yarata boshlaydilar.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish