Kostum va moda tarixi



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

Jan-Pol Gotye ijodi. 1980-yillarda Parijda ilgarigidek eski 
moda uylari ishlar edi, ammo mustaqil yosh dizaynerlarning 
ishlari ajralib turardi. Birinchi galda Jan-Pol Gotye (1925-yilda 
tug‘ilgan) fransuz modasining enfant tarreble (fr. «injiq bola») 
sifatida tilga olinadi. Uning birinchi jamlanmasi 1976-yilda 
paydo bo‘ldi. Gotyening uslubi mutlaqo postmodernizm ruhida 
edi: dadachilar san’ati («Le Dadaisme» xotin-qizlar jamlanmasi, 
1983-yil), 1950-yillar korseti, kompyuterlar va ilmiy fantastika 
olami («High Tech» ayollar jamlanmasi 1980–1981-yillar), 
Shimol va Himolay xalqlari liboslari («Barbes» ayollar 


115
jamlanmasi, 1984–1985-yillar), rus konstruktivizmi («Russe» 
jamlanmasi, 1986–1987-yillar) san’atkorga ilhom berar edi. 
1980-yillardagi Gotye uslubining o‘ziga xos xususiyatlari 
favqulodda xilma-xil. Bitta jamlanmada bir xildagi buyumlar 
yo‘q, holbuki barchasi bitta mavzuga birlashtirilgan bo‘ladi. 
Gotye  mato  fakturasi  bilan  muvaffaqiyatli  ishlaydi,  tyul  va 
sun’iy yoki tabiiy mo‘ynani, kanop va plastikni, batist va temir 
yamoqlarni uyg‘unlashtirib yuboradi; elatchilik mavzusidagi 
modellarda rang va naqshlarga ko‘proq e’tibor beradi». 
Konstruksiyada to‘r ko‘ylak (1989-yil) yoki erkaklar yubkasi 
bunga misol bo‘la oladi. Peshband bilan to‘ldirilgan bu yubka 
chindan ham shimga o‘xshar edi (1985-yil). Dizayner eng 
dadil erkaklar modelini yaratadi. Uning maneken yigitlari va 
mijozlari kuchini va shahvoniy hirslarini oshkora namoyon 
etib, tarang losinalar, keng shubalar, orqasi ochiq ko‘ylaklar, 
yubkalar, jersidan tikilgan va qoplon tusida bo‘yalgan tor 
jaketlar kiyar edilar.
U yaratgan timsollarni dag‘allik va san’at asari o‘rtasidagi 
vosita deyish mumkin. Masalan, badan rangidagi tarang jersi 
korjomasi zarrin rangga bo‘yalgan yalang‘och badan ta’siri 
paydo qiluvchi payetkalar bilan tikilib chiqishi mumkin (1993-
yil).
Madonna o‘zining 1990-yil dunyo bo‘ylab sayohatiga libos 
buyurtma qildi – bu ipak va charmdan ishlangan, siynalari uchli 
korset bo‘lib, modelyerni dunyoga tanitdi. Biroq Gotyeni faqat 
sahna yoki oliy tabaqa vakillari uchun ijod qiladi, deyish to‘g‘ri 
emas. To‘g‘ri, bunday liboslar ko‘zga ko‘ringan shaxslarga 
mo‘ljallangan va garchi talaygina ommani lol qoldirgan bo‘lsa-
da, baribir Parijning bundan keyin ham modalar Markazi bo‘lib 
qolishiga umid yo‘q emas.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish