Parhez stollar nomenklaturasi
282
Hozirgi vaqtda professor M.I.Pevzner tomonidan tavsiya etilgan ilmiy
asoslangan va amaliyotda o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olgan parhez (muolaja)
stollari nomenklaturasi mavjuddir.
Parhez stolini tavsiya qilish O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash
vazirligining davolash-profilaktika muassasalarining statsionarlarida pullik
ovqatlanishni tashkillashtirishni tartibini tasdiqlash to‘g‘risida buyrug‘i asosida
amalga oshiriladi. Ushbu nomenklaturaga asosan 15 ta (raqamlar bilan belgilangan)
asosiy va ularning qo‘shimchalar kiritilgan shaklidagi stollar ajratilgan.
Har bir parhez stolning xarakteristikasi axborotida qismining majburiy tarkibiy
qismini: tayinlash uchun ko‘rsatmalar (kasallik yoki sindrom), tayinlash maqsadi,
kimyoviy tarkibining o‘ziga xosliklari va pazandalik ishlovining qo‘llaniluvchi
usullari, aniq nutrientli tarkibi va kaloriyaliligi, ovqatlanish tartibi, ruxsat berilgan
va ta’qiqlangan oziq-ovqatlar va taomlarni qamrab oladi.
Har bir parhez stoli uchun foydalaniluvchi taomlar, taxminiy (mavsumiy)
taomnoma
va
parhez
ratsionining
yo‘naltirilganligiga
mos keluvchi
ixtisoslashtirilgan oziq-ovqatlar ro‘yxatining kartotekasi ishlab chiqilgan. Parhez
ovqatlanishi uchun foydalaniladigan barcha ixtisoslashtirilgan mahsulotlarni
maqsadga yo‘naltirilganligiga qarab, bir nechta guruhlarga ajratish mumkin:
● gipokaloriyalik (tarkibidagi yog‘, uglevodlar kamaytirilgan, ovqat tolalari,
suyuqlik, noozuqa to‘ldiruvchilar: metiltsellyuloza, mikrokristall tsellyuloza
ko‘paytirilgan);
● gipoglikemik (tarkibida qandsiz, tabiatida shirinlashtiruvchilar mavjud
bo‘lgan);
● antiaterosklerotik yoki lipotrop (pektin, kepaklar, alginatlar, PTYoK, A va E
vitaminlari bilan boyitilgan, yog‘-kislotalilik tarkibi yaxshilangan);
● alohida nutrient miqdori cheklangan yoki ko‘paytirilgan mahsulotlar
(giponatriyli, oqsilsiz, antianemik, yod, kaltsiy, kaliy, magniy miqdori oshirilgan);
● enpitlar (oqsilli, yog‘li, yog‘sizlantirilgan, laktozasizlar);
● mahalliy simptomatik muolajani ta’minlovchilar (kremlar, pastalar, gellar,
sufle, jele, kisellar, mineral suvlar).
Parhez Nomenklaturasi tizimi kasallik kechishi xususiyatlarini hisobga olgan
holda parhez ovqatlanishini individuallashtirishni ta’minlashga imkon beradi va
bemorga parhez muolajasi dietoterapiyaning turli bosqichlarida o‘rnini almashtirib
berilishini ta’minlaydi.
Davolash-profilaktika muassasalarida (DPM) asosiy parhez stollari va
ularning variantlari bilan birga ularning yo‘nalishiga mos ravishda quyidagilar
qo‘llaniladi:
● jarrohlik parhezlari (0-I; 0-II; 0-III; 0-IV; yaradan qon ketishidagi parhez,
oshqozon stenozidagi parhez va boshqalar;)
283
● ozdiruvchi parhezlar (choyli,olmali, guruchli-kompotli, kartoshkali, tvorogli,
sharbatli, go‘shtli va boshqalar);
● maxsus ratsionlar (kaliyli parhez, magniyli, zondli parhezlar, miokard
infarktidagi parhez, ozdiruvchi parhez muolajasi (dietoterapiya) uchun ratsionlar,
vegetariancha parhez va boshqalar).
Shifoxonadagi an’anaviy parhez ovqatlanish bilan birga parhez muolajasi
tobora kengroq ommaviylashib borayotgan usuli – enteral ovqatlanish bo‘lib, bunda
oziqlantiruvchi tarkibiy qismlar peroral yoki oshqozon ichi zondi orqali kiritiladi.
Enteral ovqatlanishni bir qator kasalliklarda organizmning quvvatiy va plastik
ehtiyojlarini tabiiy usul bilan ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda enteral
ovqatlanish tayinlanadi.
Enteral ovqatlanishni qo‘llashga bo‘lgan ko‘rsatmalar quyidagilardir:
● nutrientlarning adekvat tushishini ta’minlash mumkin bo‘lmagandagi oqsil-
quvvat etishmovchiligi;
● o‘smalar, ayniqsa, bosh, bo‘yin va oshqozonda rivojlangan bo‘lsa;
● markaziy asab tizimining buzilishlari: oqibatlari ovqat statusi buzilishiga olib
keluvchi koma holatlar, tserebrovaskulyar insultlar yoki Parkinson kasalligi;
● saraton xastaliklaridagi nur va kimyo muolajasida;
● oshqozon-ichak yo‘llari kasalliklari: Kron xastaligi, malabsorbtsiya
sindromi, qisqa ichak sindromi, surunkali pankreatit, yarali kolit, jigar va o‘t yo‘llari
xastaliklari;
● jarrohlik operatsiyasidan oldingi va keyingi davrdagi ovqatlanish;
● jarohatlar, kuyishlar, o‘tkir zaharlanishlar;
● jarrohlik operatsiyasidan keyingi davr asoratlari (oshqozon-ichak yo‘llari
o‘simtalari, sepsis, anastomotozlar choklarining bitmaganligi);
● yuqumli (infektsion) kasalliklar;
● ruhiy buzilishlar: asabiy-ruhiy anoreksiya, og‘ir depressiya;
● o‘tkir va surunkali radiatsiya shikastlanishlari.
Enteral ovqatlanishni ichaklar o‘tkazmovchiligi, o‘tkir pankreatit va
malabsorbtsiyaning og‘ir ko‘rinishlari bilan og‘rigan bemorlarga qo‘llash mumkin
emas.
Enteral ovqatlanish uchun aralashmalar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) standart;
2) yuqori kaloriyali; 3) glutamin, arginin va ω-3 PTYoK miqdori yuqori bo‘lgan
immunli; 4) yarim elementli; 5) maxsus (jigarga, buyraklarga, o‘pkalarga, diabetga,
ichaklarga); 6) modullar (aminokislotali, peptidli).
Bir qator og‘ir (oshqozon-ichak yo‘llari o‘ta og‘ir jarohatlangan, jarrohlik
operatsiyasidan keyingi davrdagi) bemorlar uchun parenteral ovqatlanish
qo‘llanilib, u maxsus oziqlantiruvchi aralashma (emulsiya)larni tomirlar orqali
yuborish hisobiga organizmning ehtiyojlarini ta’minlaydi.
284
Do'stlaringiz bilan baham: |