Klinik dietologiya va nutrisiologiya


-BOB. DAVOLASH – PROFILAKTIK MUASSASALARIDA PARHEZ



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

19-BOB. DAVOLASH – PROFILAKTIK MUASSASALARIDA PARHEZ            
OVQATLANISHNI TASHKIL ETISH 
Parhez ovqatlanish bogʻinlari 
Parhez  ovqatlanish  –  dietoterapiya  o‘tkir  yoki  surunkali  kasalliklari  bor 
zo‘raygan, reabilitatsiya va remissiya davrida bemorlar uchun tashkil etiladi. Parhez 
ovqatlanishi 
shifokor 
nazorati 
ostida 
statsionarlarda, 
sanatoriylarda, 
profilaktoriylarda,    parhez  oshxonalarida  shuningdek  uy  sharoitlarida,  amalga 
oshiriladi. 
Parhez  ovqatlanish uchta asosiy bo‘g‘inlardan tashkil topadi: 
1)  simptomatik  parhez  muolajasi  (dietoterapiya)  alohida  kasallik  belgilari 
bartaraf etilishiga yordam beradi; 
2)  organospetsifik  parhez  muolajasi  (dietoterapiya)  muayyan  a’zo  yoki 
tizimning shikastlanish xususiyatiniini hisobga olgan xolda amalga oshiriladi. 
3)  metabolik  parhez  muolajasi  (dietoterapiya)  parhez  kimyoviy  tarkibining  u 
yoki bu kasallik turiga xos bo‘lgan almashinuv va morfofunktsional buzilishlarning 
darajasi va xarakteriga moslashishini ta’minlaydi. 
Ratsional  parhez  muolajasi  (dietoterapiya)  barcha  yo‘nalishlardan 
foydalanishni taqozo etadi. Masalan, oshqozon yarasi kasalligida parhez muolajasi  
tez-tez,  oz  miqdorda  ovqatlanish  hisobiga    oshqozonga  tushadigan  funktsional 
yuklamaning  umumiy  pasayishini    unda  uzoq  ushlanib  qolmaydigan  taom  va 
mahsulotlardan  foydalanish,  shu  bilan  birga,  yara  tez  bitishiga  ko‘maklashuvchi 
oqsillar,  vitaminlar,  mineral  moddalar  organizmga  etarlicha  miqdordagi  tushishini 
ta’minlashni  nazarda  tutadi.  Shu  bilan  birga  og‘riq  belgilarini  yo‘qotish  uchun 
parhez ovqatlanishning barcha  turlaridan foydalaniladi. 
Parhez  muolajasi      o‘zining  uslubiy  asoslariga  ega    va  bir  qator  holatlarda 
ratsional  ovqatlanish  talablaridan  chetga  chiqishi  ham  mumkin.  Parhez 
ovqatlanishidan foydalanish ko‘p yillik tajribalar asosida va zamonaviy ilmiy nuqtai 
nazarlar  doirasida  ishlab  chiqilgan  asosiy  qonun-qoidalarga  muvofiq  amalga 
oshiriladi. 
Parhez ovqatlanishining tamoyillari 
• Ovqatlanish  bemor organizmining ehtiyojlari va imkoniyatlariga mos bo‘lishi 
kerak.  Nosog‘lom  organizmning  ozuqa  moddalari  va  quvvatga  bo‘lgan  fiziologik 
ehtiyoji va ularni samarali o‘zlashtirish  imkoniyati orasida ratsional ovqatlanishga 
mos xolda muvozanat o‘rnatish  lozim.  
• Muayyan  a’zolar  va  tizimlarni  maksimal  darajada  extiyotlash.  
Extiyotlashning asosiy turlari mexanik, kimyoviy va termik ishlov  usullaridir. 
Mexanik  extiyotlash quyidagilarni qamrab oladi: 


281 
 
●  xom-ashyoga  ishlov  berish  paytida  dag‘al  o‘simlik  kletchatkalari  va  
to‘qimalarini chiqarib tashlash; 
●  maydalash,  qirg‘ichda  qirish,  ko‘pirtirish,  bug‘da  pishirish    hisobiga 
mahsulot va taomning konsistentsiyasini yaxshilash; 
●  taomning  zichlashishi  va  qurib  qolishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  (taomlar 
tayyorlangan vaqtda  iste’mol qilish). 
Kimyoviy  extiyotlash  quyidagilarni qamrab oladi; 
● tarkibida  efir moylari manbalari, ekstraktiv moddalar manbalari , peroksidlar  
aldegidlar 
manbalari, 
uglekislota 
manbalari 
 
(gazlangan 
ichimliklar), 
kontsentratsiyalangan organik kislotalar manbalari (sirkalar, marinadlar va hokazo);  
● alkogol ichimliklari, shuningdek, achchiq choy va qahva qo‘llanilmaydi. 
 Termik    extiyotlash  esa  taomlarni  15-60  ºS  haroratda  tayyorlash  hisobiga 
ta’minlanadi. 
Bemordagi  moddalar  almashinuvining  nospetsifik  o‘ziga  xosliklarini 
hisoblash. Ovqatning oshqozon-ichak yo‘llarida va hujayralar darajasida to‘laqonli 
ishlovdan  o‘tishi  va  so‘rilishini,  shuningdek,  moslashtiruvchi-muhofazalovchi 
jarayonlarni ta’minlovchi ferment tizimlarining susayishi mutlaqo yaxshi sifatli va 
xavfsiz oziq-ovqatlardan foydalanishni zarurligini taqozo etadi.  
Bemorlarning  ovqatlanishga  nisbatan  sub’ektiv  munosabatini  hisobga  olish. 
Ushbu  qoida    bemor  odamning  ma’lum  psixoemotsional  statusiga  asoslangan. 
Parhez  taomlarini  tayyorlashning  maxsus  usullari  mavjud  bo‘lib,  ular    nafaqat 
normal ishtahani qo‘zg‘atibgina qolmay, balki muayyan parhezshunoslik vazifasini 
ham bajaradilar.  
Parhez ovqatlanishini tayinlashga individual yondoshuv.  Asoslangan  parhez 
muolajasi  anamnez  yig‘ish,  klinik  manzara  va  laboratoriya  tekshiruvlari,  shu 
jumladan, ovqat statusi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish bo‘yicha  uzviy bog‘lanishlarni 
hisobga olishni talab qiladi. 
Organizm  yo‘qotgan  moddalarni    o‘rnini    bosuvchi  (  kompensiator), 
organizmga    tushgan      toksik    moddalariga  nisbatan    antidotlik  xususiyatlari  
mavjudligi 
Ovqat  moddalari  o‘zaro  ta’sirini  hisobga  olish. Yog‘lar yaxshi so‘rilmaganda 
kaltsiy  bilan  birikadi. Kaltsiy etishmasligi  erkin shovul kislotasini to‘planishiga, 
bu holat  siydik  yo‘lida  tosh (oksalatlar)  hosil qiladi. 
Ovqatlanish tartibiga qat’iy rioya qilish. Ovqat tanavvul qilish, kun davomida  
4-6  martalik ovqatlanish qabul qilinadi.  

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish