Parhez ovqatlanishni boshqarish kengashi. Bu kengash DPM lardagi
parhez bilan davolashni muvofiqlashtiruvchi asosiy organ.
• Parhezni boshqarish kengashi muxokama va taxlil qiluvchi organ
xisoblanadi, uning tarkibidagi kengash soni davolovchi ovqatlantirish bo‘yicha va
uning individual tarkibi shu muassasani bosh shifokori tomonidan buyruq bo‘yicha
tasdiqlanadi.
• Parhezni boshqarish kengashi tarkibiga kiradi: Bosh shifokor (yoki uning
davolash ishi bo‘yicha o‘rin bosari) – rais; shifokor dietolog – ma’sul kotib, bo‘lim
mudirlari – shifokorlar, shifokorlar : anesteziolog – reanimatolog, gastroenterolog,
terapevt, transfuziolog, xirurg, xo‘jalik ishlari bo‘yicha bosh shifokor o‘rinbosari,
dietologiya bo‘yicha xamshiralar, ishlab chiqarish bo‘yicha bo‘lim mudiri (bosh
oshpaz). Kengash ishiga zarur bo‘lgan paytda DPM ni boshqa mutaxasislari ishtirok
etsa bo‘ladi.
Davolovchi ovqatlanish kengashining masalalari
a) DPM da parhez ovqatlanishni takomillashtirish.
b) Dietologik, parenteral va enteral ovqatlanishning yangi texnologiyalarini
kiritish.
g) Parenteral ovqanlantirish uchun dieta ro‘yxatini aralashmalari, biologik
aktiv qo‘shimchalar quyidagi sog‘liqni saqlash muassasasiga kiritib tasdiklash.
d) 7 kunlik menyuni taom kartotekalarni enteral ovqatlantirish uchun
yig‘malarni tasdiqlash
j) Dietik yig‘malarni buyurtmasini va enteral ovqatlantirish uchun
aralashmalarni sistemasini takomillashtirish.
z) Parhez ovqatlanish bo‘yicha mutaxasislarni malakasini oshirish rejasini va
formalarini ishlab chiqish.
286
i) Parhez ovqatlanish muassasalarini tekshirish va turli xil kasalliklarda dieta
terapiyani effektivligini taxlil qilish.
Parhez ovqatlanish bo‘yicha kengash o‘z majlisini zaruriyat tug‘ilgan xolda
o‘tkazadi va 3 oyda bir marotabadan kam bo‘lmagan xolda.
Davolash-profilaktika muassasasining shifokor-dietologining funktsional
majburiyatlari
• Shifokor-dietolog lavozimiga parhez orqali davolashda tayyorgarlikka ega
bo‘lgan va “dietologiya” mutaxassisligi bo‘yicha guvoxnoma (sertifikat)ga ega
bo‘lgan mutaxassis-shifokor tayinlanishi mumkin.
• Shifokor-dietolog barcha sog‘liqni saqlash muassasalarida parhez orqali
davolashni va uni to‘g‘ri qo‘llash ishlarini tashkillashtirishga javobgar hisoblanadi.
• Shifokor-dietolog sohada tayyorgarlik o‘tagan tibbiyot hamshiralarini
boshqaradi hamda oziq-ovqat blokini nazorat qiladi.
Shifokor-dietolog quyidagilarga ma’sul:
a) parhez orqali davolash ishlarini tashkillashtirishda bo‘linmalarning
shifokorlari bilan maslahat ishlarini amalga oshirish;
b) davolanuvchilar bilan parhez hamda sog‘lom ovqatlanish masalalarida
maslahat ishlarini amalga oshirish;
v) kasallik tarixini buyurilgan parhez muolajalarga va ularning amalga
oshirilish bosqichlariga muvofiqligini ihtiyoriy tanlov asosida tekshirish;
g) parhez ovqatlanish muolajasini samaradaorligini tahlil qilish ishlarini
amalga oshirish;
d) omborga hamda oziq-ovqat blokiga kelib tushadigan mahsulotlarni qabul
qilishda ularning sifatini tekshirish; zaxiraga olingan oziq-ovqat mahsulotlarini
to‘g‘ri saqlanishini nazorat qilish;
e) ovqat tayyorlashda mahsulotlarni belgilangan me’yorlarda qo‘shilishini
nazorat qilish;
j) parhez ovqatlanishni tashkil etishda tegishli hujjatlarni yuritish:
- mahsulotlar ro‘yhati kartasi (karta-raskladka);
- etti kunlik menyu;
- etti kunlik yig‘ma menyu – yozga va qishga mo‘ljallangan;
z) sohada tayyorgarlik o‘tagan tibbiyot hamshiralarini hujjatlarni to‘g‘ri
yuritishini nazorat qilish (mahsulotlar ro‘yhati menyusi, talabnoma menyusi va
boshqalar.);
i) ovqatlarni bo‘limlarga topshirishdan oldin ulardan sinov (proba) olish orqali
sifatini nazorat qilib borish;
k) bo‘limlar mudirlari bilan hamkorlikda davolash profilaktika muassasasida
bo‘lgan davolanuvchilarga olib kelinayotgan xonaki mahsulotlar ro‘yhatini va
miqdorini belgilash;
287
l) oziq-ovqat blokida va bufetlarda faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlarni profilaktik
tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishini nazorat qilish hamda ish jarayoniga profilaktik
tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan, yiring va ichak kasalliklari, xamda yuqumli kasalliklar
bilan og‘rigan shaxslarni yaqinlashtirmaslik choralarini ko‘rish;
m) oziq-ovqat bloki xodimlarini parhez ovqatlanish masalalari bo‘yicha
tizimli malakalarini oshirish choralarini amalga oshirish;
n) davolash-profilaktika muassasasi barcha xodimlari va davolanuvchilari
bilan ratsional va parhez ovqatlanish sohasida bilimlarini, shu jumladan sanitariya
bilimlarini oshirish bo‘yicha jadal asosida ishlarni amalga oshirish;
o) har 5 yilda kamida 1 marta dietologiya soxasi bo‘yicha bilimlarni oshirish
kurslarida mutaxassislik malaka darajasini oshirib borish.
Davolash-profilaktika muassasasining dietologiya hamshirasining funktsional
majburiyatlari
Dietologiya hamshirasi shifokor-dietologning faoliyatida uning asosiy
yordamchi bo‘lib hisoblanadi.
• Dietologiya hamshirasi lavozimiga parhez orqali davolashda tayyorgarlikka
ega bo‘lgan va “dietologiya” mutaxassisligi bo‘yicha guvoxnoma (sertifikat)ga ega
bo‘lgan o‘rta ma’lumotli mutaxassis tayinlanishi mumkin.
• Dietologiya hamshirasi shifokor-dietolog rahbarligida faoliyat olib boradi.
• Dietologiya hamshirasi oziq-ovqat blokini hamda unda faoliyat yuritayotgan
ishchilarning sanitar-gigiena qoidalariga amal qilishlarini nazorat qiladi.
Dietologiya hamshirasi quyidagilarga ma’sul:
a) omborga hamda oziq-ovqat blokiga kelib tushadigan mahsulotlarni qabul
qilishda ularning sifatini tekshirish; zaxiraga olinganoziq-ovqat mahsulotlarini
to‘g‘ri saqlanishini nazorat qilish;
b) har kuni shifokor-dietolog nazorati ostida hamda ishlab chiqarish mudiri
ishtirokida parhez ovqatlanish Kengashi tomonidan tasdiqlangan ovqatlar
kartotekasi va yig‘ma menyuga muvofiq mahsulotlar ro‘yhati menyusini
tayyorlaydi;
v) ovqat tayyorlashda mahsulotlarni belgilangan me’yorlarda qo‘shilishini
nazorat qilish, tayyor mahsulotlarga baho berish hamda tayyorlangan ovqatlardan
sinov olish;
g) oziq-ovqat blokidan bo‘linmalarga jo‘natilayotgan ovqatlarning tarqatish
varag‘iga (vedomost) asosan tarqatilishini nazorat qilish;
d) oziq-ovqat bloki xonalarining, ovqat tarqatish xonalarining, bufetlarning,
dastgohlarning, idish-tovoqlarning sanitar holatini hamda oziq-ovqat blokining
xodimlari tomonidan shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishlarini nazorat qilish;
e) parhez ovqatlanish masalalarida o‘rta tibbiyot personali hamda ishchilari
bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni tashkil qilish va shaxsan ishtirok etish;
288
j) tibbiy hujjatlarni yuritish;
z) oziq-ovqat blokida, tarqatish xonalarida va bufetlarda faoliyat ko‘rsatuvchi
xodimlarni o‘z vaqtida profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda ish jarayoniga
profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan, yiring, angina va ichak yuqumli kasalliklari
bilan og‘rigan shaxslarni yaqinlashtirmaslik choralarini ko‘rish;
i) har 5 yilda kamida 1 marta mutaxassislik bo‘yicha malaka darajasini oshirib
borish.
Shu bilan birga, dietologiya hamshirasi davriy tarzda parhezlarning kimyoviy
tarkibini va quvvat qimmati hisobini olib borishi, shuningdek taomlarni va umuman
parhezlarni DSENM laboratoriyasiga ihtiyoriy tanlov asosida yuborish orqali
tayyorlangan taomlarning va ratsionlar (oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar,
mineral moddalar va boshqalarning) kimyoviy tarkibini nazorati qilishi lozim.
Parhez ovqatlanishni tashkil qilish bo‘yicha Davolash-profilaktik
muasasalarida xodimlarini funktsional vazifalari
Parhez ovqatlanishni tashkil qilish bo‘yicha ma’sul DPM rahbari yoki
davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi.
Ularga qo‘yidagi vazifalar yuklanadi;
• haftada 1 marta ovqatlanish blokini nazorat qilish, namunalar olish va
ularni taaluqli jurnallarda qayd qilish.
• ovqatlanish uchun ajratilgan pul mablag‘larini to‘g‘ri taqsimlanishi uchun
javobgarlik.
• asosiy va yo‘ldosh kasalliklarni ovqatlanishini aloxidaligini nazorat qilish.
• parhez kengashi ish rejasini va kundalik menyuni tasdiqlash.
• oziq ovqat ta’miinotini nazorat qilish.
• ovqatlanish blokini va jihozlarni xolatini ta’mirlash va rekonstruktsiya
qilish rejasi ishlab chiqish va tasdiqlash.
• kasalxona navbatchi shifokorini parhez ovqatlanish holati haqida xisobotini
tinglash va muammolarni xal qilish choralarini belgilash.
• ovqatlanish blokida na’munalar olib taom sifatini doimiy nazorat qilish.
• xodimlarni malaka oshirish rejasini tasdiqlash.
Taomnoma (menyu raskladka) asosiy yuridik hujjat bo‘lib, u asosida taom
va pul mablag‘i sarfi amalga oshiriladi. Bosh vrach 1 kun oldin taomnomani
tasdiqlab parhez stoli xarakteristikaga mosligi , mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimotiga
va pul mablag‘i sarfiga alohida e’tibor beradi. Chekinish 3% dan oshib ketsa
ruxsat etilmaydi.
289
Navbatchi shifokor parhez ovqatlanishga ma’muriy javobgar hisoblanadi.
U bemorni qabul qilganda parhez taomini va stolini nomerini belgilaydi va muoloja
varaqasini to‘ldiradi. Taom tarqatishdan 30 minut oldin navbatchi shifokor
na’muna oladi va taom portsiyasini tortib ko‘radi, ovqatlanish blokini sanitariya
xolatini tekshiradi va tayyor taom jurnalida qayd qiladi.
Kamchiliklar topilganda navbatchi shifokor keskin choralar qo‘llaydi va
taomni tarqatishni to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Navbatchi shifokor aniqlangan
kamchiliklar va ularni bartaraf qilish xaqida bosh vrachga axborot beradi .
Bo‘lim boshlig‘i majburiyatlari:
- bo‘lim bufetchigi qabul qilib olgan ovqatni sifatini va miqdorini nazorat
qiladi;
- bemorlar ovqatlanish davomida bo‘lim oshxonasiga tashrif qiladi;
- ovqatlanish tartibini kuzatadi;
- ko‘rik davomida shifokorlarni parhez taomlar stolini to‘g‘ri belgilanganligini
nazorat qiladi;
- bemor kasalxonadan chiqishda berilgan tavsiyalarni nazorat qiladi (eslatma
orqali, kalkulyator va boshq).
Bo‘lim shifokori majburiyati:
- fiziologik ehtiyojni, kasallikni tashxisini, bemor vaznini hisobga olgan
holda ovqatlanishni korrektsiyalash. – dori- darmonlar muolajasi parhez ovqatlanish
bilan kompleks olib borilishi kerak.
- kasalxona ovqatlanishi samarasiz bo‘lganda, qo‘shimcha ovqatlarga ruxsat
beriladi.
- parhez ovqatlanish bo‘yicha sanitariya -maorif ishlarni olib borish.
Bo‘lim katta hamshirasi:
• bufet va oshxona ishiga javobgar hisoblanadi, taom tarqatishda va
ovqatlanishda moddiy va material ta’minotini nazorat qiladi.
• Hamshiralarni og‘ir bemorlarni ovqatlanishini nazorat qiladi.
• Yotoqdagi og‘ir bemorlarni palata tibbiy xamshirasi ovqatlantiradi. Buning
uchun bo‘limda maxsus moslamalar bufet bo‘lishi kerak. Zond orqali
ovqatlantirishni hamshira vrach nazorati ostida amalga oshiradi.
Bo‘lim ovqat tarqatuvchi vabufetchilar: bemor xizmat qilish madaniyatini,
mahsulotlarni saqlash, tarqatish va shaxsiy gigiena qoidalarini bilishi kerak.
Xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor muovini: Parhez ovqatlanishni material-
texnik tamoniga javob beradi, oshxona, omborxona va kalkulyatsiya xodimlari
ishini boshqaradi, u taomnoma bo‘yicha zarur bo‘lishgan mahsulotlar bilan
ta’minlaydi, ovqatlanish blokini hozirgi zamon apparatlar bilash boyitish,
xodimlarni tanlash joylashtirish va majburiyatlarini bajaradi, yangi uskunalarga
javogar, oziq-ovqat omborlari, oshxona, bufet bo‘limlariga javogar.
290
Do'stlaringiz bilan baham: |