Klinik dietologiya va nutrisiologiya


Davolash profilaktika muassasalari oshxonalari uchun sanitar-gigienik



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Davolash profilaktika muassasalari oshxonalari uchun sanitar-gigienik 
talablar 
• Davolash  profilaktika  muassasalari  oshxonalariga  qo‘yiladigan  sanitar 
gigienik  talablar  O‘zbekiston  Respublikasining  2015  yil  26  avgustda  chiqarilgan 
№393 qonuni “Aholini sanitar epidemiologik himoyasi” asosida va boshqa sanitar 
epidemiologik me’yoriy hujjatlar asosida olib boriladi. 
• Davolash 
profilaktika 
muassasalari 
oshxonalarida, 
xom 
ashyo 
mahsulotlariniishlash bosqichlari; etkazib kelish, saqlash, birlamchi va issqlik orqali 
qayta  ishlash,  tayyor  ovqatni  bemorlarga  taqsimoti.  Bu  bosqichlarning  har  birida 
doimiy va kuchaytirilgan sanitar gigienik nazorat o‘rnatilishi lozim.  


292 
 
• O‘z  tarkibida  400  koyka  saqlovchi  shifoxonalar  markaziy  oshxonasida 
quyidagi asosiy xonalar bo‘lishi kerak.Xonalar (sovutiladigan va sovutilmaydigan) 
mahsulotlarni saqlash uchun.Ishlab chiqarish tsexlari:a. tayyorlovchi (go‘sht, baliq, 
sabzavot) tsex;b. tayyorlashgacha bo‘lgan (issiq, sovuq, konditer)xonalar;v. yuvish 
xonalari.Tarqatish (oshxonadan tayyor ovqatni tarqatish uchun) xonalari.Yordamchi 
(ishchilar, 
anjom 
saqlovchi, 
idish 
tovoqlar, 
choyshablar, 
sanitar) 
xonalar.Bo‘limlardagi ovqat tarqatish va ovqatlanish xonalari. 
• O‘z tarkibida 50-100 koyka saqlovchi shifoxonalarda markaziy oshxonasida 
quyidagi asosiy xonalar bo‘lishi kerak.Ayrim xonalar birlashtiriladi (go‘sht, baliq, 
tovuqni  qayta  ishlash  tsexi,  ularni  saqlash  kameralari,  quruq  mahsulotlar  va  non 
saqlash xonasi). Ishlab chiqarish tsexlari shunday shakllantirilishi kerakki birlamchi 
va  keyingi  qayta  ishlash  xonalari  bo‘lak  holda  bo‘lishi  kerak.  Oshxonalar  kerakli 
anjom bilan jihozlangan (asbob uskunalar, idish tovoqlar, anjomlar) bo‘lishi kerakki 
ular ishni mexanizatsiyalashga va jarayonni tezlashtirishga yordam berishi kerak. 
• Texnologik asbob uskuna va anjomlarga quyidagilar kiradi: mexanik issiqlik 
uskunalari, yuvish vannalari, ishlab chiqarish stollari, tokchalar, mahsulotni qo‘lda 
qayta  ishlash  uskunalari,  oshxona  idish  tovoqlari.  Anjomninng  sanitar  gigienik 
holati  buzilishi  sifat  pasayishiga,  mikrob  tarqalishiga  va  mahsulotlarni  kimyoviy 
zaharlanishiga  olib  keladi,  shuning  birga  ichak  infektsiyalari  tarqalishi  va  ovqat 
toksikoinfektsiyasining kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Oshxona va ovqatlanish  xonalarini sanitar gigienik tekshirish 
Davolash profilaktika muassasalari oshxonalarida rioya qilinishi shart: 
-  oqim  printsipiga,  ovqat  tayyorlash  texnologiyasi  va  sanitar  holatga  amal 
qilish; 
-  mahsulotni  saqlash  joyi  va  saqlash  vaqtlari  va  eng  asosiysi  tez  buziladigan 
mahsullotlarni tezroq qayta ishlash bo‘yicha sanitar qoidalar; 
-  oshxona,  ovqat  tarqatish  va  ovqatlanish  xonalariga  qo‘yiladigan  sanitar  va 
tibbiy talablar. 
- Davolash profilaktika muassasalari oshxonalarida bo‘limlar idish tovoqlarini 
yuvish qat’iyan man etiladi. Ovqat tarqatish va ovqatlanish xonalariga tegishli idish 
tovoqlarni faqatgina bo‘limlarda zararsizlantirish usullarini qo‘llagan holda yuvish 
talab qilinadi. 
-  Ovqat  tayyorlangan  vaqtdan  2  soatgacha  muddatda  tarqatilishi  zarur,  ovqat 
tarqatish vaqti ham hisobga olinadi. 
-  Ovqat  tarqatish  xonalarida  ovqat  tarqatilgach  qolganini  olib  qolish,  hamda 
qoldiq ovqatlarni toza ovqat bilan aralashtirish kat’iyan man etiladi. 
-  Bemorlarga  ovqat  tarqatuvchi  xodim  yoki  navbatchi  hamshiragina  ovqat 
tarqata  oladi.  Faqatgina  “ovqat  tarqatuvchi”  belgisi  bor  kiyimni  kiyib  ovqat 
tarqatishga ruxsat beriladi. 


293 
 
-  Texnik  xizmatchilar,  palata  va  boshqa  bo‘limlarni  tozalovchilarga  ovqat 
tarqatish  man  etiladi.  Hamma  bemorlarni  ovqatlanishi  ovqatlanish  xonasida 
uyushtiriladi,  faqatgina  og‘ir  bemorlar  bundan  mustasno.  Bemorlarning  shaxsiy 
mahsulotlari  (uydan  keltirilgan)  jovonda,  tumbochkada  (quruq  mahsulotlar)  va 
muzlagichda (tez buziladigan mahsulotlar) saqlanadi.  
 -  Bemorlarga  olib  kelinadigan  mahsulotlar  vrach  tomonidan  ruxsat  berilgan 
tarkibda va hajmda bo‘lishi shart. 
 -  Har  bir  ovqatlanishdan  so‘ng  ovqat  tarqatish  xonasi  va  ovqatlanish  xonasi 
dezinfektsiya usullarini qo‘llagan holda tozalab yuvilishi shart. 
- Tozalovchi anjomlar har bir ishlatilgandan so‘ng 0.5% xlorli ohak yoki 1% li 
suyuqlikka  60  minut  davomida  bo‘ktiriladi,  shundan  keyin  oqar  suvda  chayib 
quritiladi (anjom faqatgina o‘z yo‘nalishida ishlatilishi kerak). 
- Oshxona, ovqat tarqatish xonalari xodimlari doimo shaxsiy gigiena talablarini 
bajarishlari  shart.  Tualet  kirishdan  oldin  xalat  echilishi  va  kirib  chiqqach  qo‘llar 
dezinfektsiyalovchi suyuqliklar yoki xo‘jalik sovuni bilan ishlanishi lozim. 
- Oshxona, ovqat tarqatish xonalari va ovqatlanish xonalaridagi sanitar gigienik 
holat  uchun  javobgarlar:  bosh  oshpaz,  hamshira  dietolog,  vrach  dietolog, 
bo‘limlarda esa ovqat tarqatuvchi va bosh hamshira. 
-  Har  bir  ovqat  sinamasi  1  portsiya  yoki  100-150  gr  miqdorda  olinib,  15 
davomida qaynatilgan toza idishda solinib, belgilanib, alohida muzlatgichda 1 sutka 
davomida saqlanadi. 
-  Ovqat  tayyorlaganda  jarayonning  bir  oqimda  ketishini  ta’minlash  zarur. 
Mahsulotlarning  qarama  qarshi  harakatiga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Infektsiyaning 
tarqalishi oldini olish maqsadida har bir tsex va jarayon anjomi alohida bo‘lishi va 
maxsus belgilangan bo‘lishi talab qilinadi.  
-  Xom  mahsulotlarni  qayta  ishlovchi  anjomlar  qaynatilgan  mahsulotlarda 
ishlatilmasligi  lozim  (maxsus  belgilar).  Qaynatilgan  sabzavotlar  stoli  silliq 
(tirnalmagan) yuzali bo‘lishi lozim. 
-  Yuqori  gigienik  usti  olinadigan  butun  metal  korpusli  stollar  hisoblanadi. 
Bo‘laklash taxtasi va pichoqlari  ularning  vazifasiga qarab belgilanadi: “XG”-xom 
go‘sht, “XB”-xom baliq, “XS”-xom sabzavotlar, “QG”-qaynatilgan go‘sht, “QB”-
qaynatilgan baliq, “QS”-qaynatilgan sabzavot, “TG”-tayyor go‘sht,  “N”-non, “TB”-
tayyor baliq. 
-  Go‘sht maydalaydigan kunda maxsus joyga o‘rnatiladi, metal qisqichlar bilan 
maxkamlanadi, ish  so‘ngida pichoq bilan tozalanib tuz sepib qo‘yiladi. Vaqt vaqti 
bilan kunda arralab yoki randalab turiladi.  


294 
 
-  Har  qanday  texnologik  jarayondan  so‘ng  anjom  (pichoqlar,  taxtalar  va 
boshqalar) sanitar tozalash jarayonidan o‘tkaziladi:  mexanik tozalash, issiq suv va 
yuvish mahsulotlari bilan tozalanadi,  issiq oqar suv bilan chayiladi. Anjom alohida 
ajratilgan  joyda  saqlanadi.  Hamma  qozon  yuvish,  idish  yuvish  vannalariga  (ovqat 
tarqatish xonalarida ham) rezerv issiq suv ta’minlovchi uskunalar bilan ta’minlangan 
bo‘lishi kerak. 
-  Bemorga  yuvish  vannalari  markaziy  kanalizatsiyaga  ulangan  bo‘lishi  shart 
(vannaning tubidan 20 mm ajrim joyi bo‘lishi bilan). Ish tugashida hamma stollar va 
vannalar issiq suv bilan yuviladi, qaynoq suv bilan chayiladi va quruq qilib artiladi. 
Ish taxtalari ko‘ndalang holda saqlanadi.  
-  Oshxona  anjom  va  idishlari  ishlab  chiqariladi:  zanglamaydigan  temir, 
cho‘yan,  alyuminiy yoki ruxlangan temir. Ruxlangan temir idishlari faqatgina suv 
va quruq mahsulotlar uchun ishlatiladi, aks holda zaharlanish mumkin. Tsex ichidagi 
idish  va  anjomlar  belgilangan  bo‘lishi  kerak:  “mosh”,  “go‘sht”,  “baliq”,  “sut”  va 
boshqa belgilar bilan. Oshxona anjomlari qirralari sinmagan va yorilmagan bo‘lishi 
shart.  
-  Idishlarni  yuvish  uchun  O‘zR  SSV  tomonidan  ruxsat  berilgan  yuvish 
ashyolarigagina ruxsat beriladi: “Progress”, “DON” va boshqalar. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish