Immunobologik quvvatni me’yorlashtiruvchi nutrientlar va oziq-ovqatlar
Immunobologik tizimni himoya qiluvi oziq-ovqatlar 2 guruhga, ya’ni o‘simlik
va hayvon mahsulotlarga bo‘linadi.
O‘simlik
mahsulotlari
immunitetni
mustahkamlovchi
vitaminlar,
mikroelementlar va ovqat tolalariga boy.
1.
Vitamin C (askorbin kislotasi) organizmni infektsiyalarga, viruslarga,
zaharli moddalarga qarshi chidamliligini oshiradi va viruslarni ta’sirini yo‘qotuvchi
antitelalar, interferonlar sintezida qatnashadi. C vitaminiga boy mahsulotlar limon,
kivi, namatak, apelsin, olma, hurmo, karam, gulkaram, bulg‘or qalampiri, qora
smorodina, ukrop, kashnich va boshqa ko‘katlar.
268
2.
B guruh vitaminlari (B1, B2,B6, B12) yuqumli kasalliklarda antitelalar
hosil bo‘lishida ishtirok etadi va ko‘p miqdorda yong‘oq, kungaboqar mag‘izi,
o‘stirilgan bug‘doy (sumalak), grechka, yormalar, qora non va bargli ko‘katlarda
bo‘ladi.
3.
Immunitetni oshiruvchi vitamin A ko‘proq qizg‘ish rangdagi sabzavot
va mevalarda, ya’ni sabzi, qovoq, pomidor, o‘rik, shaftoli, qizil qovun, namatak va
ko‘katlarda uchraydi. Shuningdek baliq moyi, jigar, tuxum, sariyog‘, pishloq va
tvorogda mavjud.
Yuqoridagi sabzavot va mevalardan tashqari tabiatda o‘simliklar mavjudki
(jenshen, zveroboy, chistotel, aloe, devyasil va boshqalar) ular organizmning
infektsiyalar, viruslardan himoya qiladi.
Ayrim mahsulotlardda, chesnok, piyoz, rediska, chernikalarda fitotsidlar
immunitetni oshirib, virus va bakteriyalarni parchalaydi.
Organzimda immuntanachalar hosil bo‘lishida hayvon oqsillari (go‘sht, baliq,
jigar, tuxum, ut mahsulotlari, qo‘ziqorinlar), shuningdek o‘simlik oqsillaridan
dukkaklilar (no‘xat, loviya, mosh, fasol) kabilarni iste’mol qilish nafaqat
immunitetni oshirishga, balki viruslar shikastlagan hujayralarni tiklashga ham
yordam beradi. Ayrim nutrientlar – ruh, selen, yod, to‘yinmagan yog‘ kislotalari
(omega 3) immun tizimini (tisum bezi, qalqonsimon bez gormonlari, lifotsitlar,
immunoglobulinlar) shakllanishida ishtirok etadi.
Immunobiologik faollikni oshiruvchi, bakteriyalar, viruslarga qarshi antibiotik
xususiyatlarga ega bo‘lgan ayrim mahsulotlar:
- Limon, layma – tarkibida ko‘p miqdorda immun faolligini yaxshilovchi
yallig‘lanishga qarshi vitamin S, limon kislotalari mavjud. (4-5 parrak kun
davomida)
- Chesnok – kuchli virusga nisbatan antibiotik va immunomodullovchi
xususiyatga ega, chunki uni tarkibida selen mikroelementli bo‘lib, u immun tizimini
shakllanishida, kuchli antioksidant fermentlargi sintezida va undagi inulin, alitsin
ega turli bakteriyalar, viruslarni faoliyatini to‘htatish xususiyatiga ega. (chesnok 1-
2 bo‘lakchasini xomligicha bir sutkada iste’moli tavsiya etiladi)
- Tabiiy asalda B guruh, S vitaminlari, kaliy, temir, magniy, fruktoza,
oltingugurt, glyukoza va oqsil ko‘p miqdorda mavjud, shuning uchun asal bakteriya,
virus va zamburug‘larga qarshi, shuningdek nospetsifik immunitetni kuchaytiruvchi
vosita hisoblanadi. (kunlik me’yori 10-15 gr)
- Yong‘oq, bodom – tabiiy aminokislotalar va to‘yinmagan yog‘ kislotalari
manbai bo‘lib, fosfor, kuchli antioksidant vitamin E tutadi, shu tufayli immun
tizimni faollashtiradi va unga bog‘liq bo‘lgan asab tizimini ham faoliyatini
uyg‘unlashtiradi (kunlik istemol 80-100 gr.).
269
To‘laqon oqsilga ega bo‘lgan go‘sht, baliq, dengiz mahsulotlari, tuxum, bedana
tuxumi, dukkaklilar almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarga, A, E vitaminlarga,
magniy, rux mikroelementlarga boy bo‘lgani uchun ular immun tizimining plastik
va energetik shakillanishida ishtirok etadilar. Kundalik oqsil istemoli hisobidan 100-
120 gr, tuxum 1-2 dona, bedana tuxumi naxorga 7-8 dona, qizil go‘sht, baliq, tovuq
va quyon go‘shtlarihaftada 1-2 marotaba, dukkaklilar ham 1-2 marotaba istemol
etish tavsiya etiladi.
Sut mahsulotlari (qatiq, kefir, yogurt, qimiz va boshqalar). Tchakdagi
mikrofloralarni muvozanatida faollashtirish xususiyatiga ega, qaysiki ular o‘z
navbatida ichak mikraflorasi tomonidan hazim jarayonini stimullaydi va vitamin D
esa virusga qarshi xususiyatga ega. (kefir, yogurtni kunlik meyori 150 gr).
Qo‘ziqorinlar – tarkibidagi beta-glyukanlar, polisaxaridlar va vitamin D uzoq
yillar Xitoy xalq tabobatida immunitetni faollashtiruvchi mahsulot sifatida
qo‘llanilgan.( taomda 200-250 gr.)
Sumalak (o‘stirilgan yosh bug‘doydan tayyorlanadi) va ko‘p miqdorda oqsil
aminokislotalar, B, PP, S vitaminlari tutadi va nospetsifik immunitetni oshirishdi
katta axamiyatga ega.(kundalik istemol 150-200 gr).
Xalim – Go‘sht va bug‘doy mahsulotlaridan tayyorlangan taom bo‘lib, oqsil,
aminokislotalar, to‘yingan yog‘ kislotalari va minerallarga boy, immun tizimini
stimullaydi. (kundalik istemoli 20-250 gr).
Ko‘k choy – faol katexinlardan epigallokatexin gallat moddasiga boy bo‘lgani
o‘chun yallig‘lanishni oldini oladi. (kundalik 0,5-1 litr, asal, imbir bilan).
Imbir (zanjabil) – tarkibida kamfin, gingerol, borneol, S, A, B1, B2 vitaminlar,
rux, magniy, natriy, kaliy va efir moyi bo‘lgani uchun organizmni virusga, turli
infeksiyaga qvarshi xususiyatini asoslaydi. (zirovor sifatida taomda yoki zanjabilli
choy sifatida, sut, asal, zanjabil tarkibli kokteyl sifatida qo‘llash mumkin. 5-10 gr.)
Kurkuma (ukrop, petrushka, kashnich va b.) kuchli antoksidantlar bo‘lib, ko‘p
miqdorda vitamin S tutadi va immunitetni faollashtirishda katta ahamiyatga ega.
Qovoq urug‘i – tarkibidagi ruh mikroelementi immun tizimini asosiy bezining
faoliyatida ishtirok etadi va uni talqonsimon olatda taomga yoki unga qo‘shiladi.
(kundalik meyori 10-20 gr.).
Kunjut – tarkibida kaliy elementi immun xujayralarini shakillantirishda
qatnashadi. (15-25 gr. kunida).
Sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga rioya etgan holda, immun holatga ziyon
etkazuvchi omillarni cheklash lozim, ya’ni alkogol, chekish, narkomaniya, ko‘p
miqdorda kofe, achchiq choy, hayvon yog‘ini istemoliman etiladi.
Shuningdek iste’mol qilingan ovqat quvvutiga mos jismony xarakat lozim.
Ovqat ratsioni odamni yoshi, jinsi, kaspiga va quvvat qiymatiga bog‘liq holda.
270
Do'stlaringiz bilan baham: |