Klinik dietologiya va nutrisiologiya


Asab va ruhiy kasalliklarda shifobahsh ovqatlanish



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Asab va ruhiy kasalliklarda shifobahsh ovqatlanish 
 Psixiatriya ko‘pgina omillarga bog‘liq bo‘lib, avvalo bemorlarni shifoxonada 
uzoq  muddatda  davolangani  uchun  iste’moldagi  oziq-ovqatlar  uy  sharoitidan  farq 
qilishi,  psixotrop  dori  vositalarni  nojo‘ya  ta’siri,  shuningdek  ruhiy  kasalliklar 
simptomatikasi va a’zolar funktsiyasini buzilishidir. 
Ko‘pchilik  bemorlarda  tana  vaznini  kamayishi  va  deyarli  50%  bemorlarda 
oqsil-quvvat qiymatini etishmovchiligi kuzatiladi. Depressiya  holatda  ishtahani  va 
tana vaznini pasayishi kuzatiladi, chunki bu kasallikda miya po‘stlog‘idagi patologik 
o‘zgarishlar bemorni oziq-ovqat iste’moliga moyilligini kamaytiradi va ozib ketish 
kuzatiladi  va  u  ovqatlanishda  yutaolmaslik  vahimasi  bo‘lgani  uchun  faqat  suyuq 
taomlarni  iste’mol  qiladi,  bu  holat  esa  nutrientlar,  ayniqsa  oqsil  moddalarini, 
shuningdek  quvvat  etishmovchiligiga  olib  keladi.  Shizofreniya,  depressiya 
kasalliklarida bemorlarda ovqatlanish  tartibini buzilishi, oziq-ovqat  mahsulotlarini 
tanlashda patologik yondoshish, ovqatlanishdan voz kechish holatlari yuzaga kelib, 
bemorlarda nutrient etishmovchiligi kuzatiladi. 
Psixoz  kasalliklarida  bemorlarni  ovqatlantirib  bo‘lmaydi  va  giperkatobolik 
modda  almashinuvi  kuchayib  oqsil-quvvat  etishmovchiligini  yuzaga  keltiradi. 
Psixopatologik finomenlar ovqatlanish tartibini buzilishi, asosan asab bulimiyasi va 
anoreksiyasi bilan kechadi. 
Bulimiya  holatda  bemor  ovqat  iste’molini  nazorat  qilmay,  ko‘p  miqdorda, 
anorektsiyada ishtaha bo‘g‘ilib, oz miqdorda ovqatlanadi. 
Ruhiy  kasallarni  patogenezida  ma’lum  gipoteza  va  nazariyalar  mavjud, 
jumladan  genetik  omillar,  neyromediatrlar  masalan  serotoninni  ko‘p  miqdorda 
ta’siri  to‘qlik  sezgisini  hosil  qiladi  va  ishtahani  kamayishiga  olib  keladi.  Sutdagi 
kazein  va  boshoqli  o‘simliklardagi  glyuten  oqsillari  ko‘p  miqdorda  ekzorfinlarni 
miya  suyuqligida  hosil  qilib  shizofreniya  va  autizm  kasalliklarini  rivojiga  sabab 
bo‘lish gipotezasi ham mavjud. Psixofarmatseftika vositalari ham ovqatlarni holatini 
o‘zgarishida  katta  rol  uynaydi.  Masalan  opioidlar,  dofamin,  neyroleptiklar, 


266 
 
antidespressantlarning o‘ziga  xos  nojo‘ya ta’siri bo‘lib,  ular  modda almashinuvini 
buzish, tana vaznini ortishi yoki ozayishiga, ishtahani buzilishiga sabab bo‘ladi va 
bemorlarda semirish yoki kaxeksiya holatlari bo‘lishi mumkin. 
Ruhiy  kasalliklar  uzoq  vaqt  davom  etadi,  shuining  uchun    bemorlar  davo 
kompleksida  nutritsion  holatni  korrektsiya  etish  muhimdir.  Anorektsiya  holatida 
kislota-ishqoriy  muhit  buziladi  va  kaxeksiya  holati  vujudga  keladi.  Avvalo, 
parenteral yoki enteral oziqlantirishda etarli vitamanlar bo‘lishi, oqvatlanish tartibi 
6-7  mahal  bo‘lishi,  shuningdek  umumiy  dieta  quvvati  2000  kkaldan  oshmasligi 
lozim.  Bemorlarda  suyuqlik  muvozanati,  tana  vazni,  oziq-ovqat  vazni  va  kislota-
ishqoriy muxit nazorat etilishi kerak. 
Epilepsiya kasalliklarini rivojlanishida ba’zi ozuqalar cheklanadi, ya’ni engil 
o‘zlashtiriluvchi uglevodlar, tuz, achchiq taomlar va dukaklilar. 
Epilepsiyaga 
qarshi 
preparatlar 
B12-vitamini 
va 
folat 
kislota 
etishmovchiligiga  olib  kelib,  bemorlarda  shizofreniyaga  xos  belgilarni  yuzaga 
keltirish mumkin. Demping dietada  B12 vitamini va falot kislotaga boy mahsulotlar 
(jigar,  buyrak,  go‘sht)  kiritilishi  kerak.  Preparatlar  ta’sirida  qonda  gomotsisteinni 
ko‘payishi terotogen xususiyatga  ega va u holatni oldini olish uchun tarkibida  B6 
–  vitaminini  ko‘p  miqdorda  to‘tgan  ozuqalar  ratsionga  kiritiladi.  Shunigngdek 
epilepsiyada  “Ketogen  dieta”  taklif  etilgan  bo‘lib,  uning  70  %  quvvati  qiymati 
yog‘lardan va 30 % uglevod, oqsillardan iborat. 
Shizofreniya dieto terapiyasida kazein va  glyuten oqsillarini istestno  qiluvchi 
ratsion,  shuningdek  ochlik  usullari  bilan  davolash  ham  taklif  etilgan.  Ba’zi 
gipotezalar ruhiy kasalliklarda xolestirinni kamayishi depressiya holatlariga bog‘liq 
bo‘lishi va ratsionni xolesteringa boy mahsulotlar (tuxum sarig‘i, yog‘li go‘sht) bilan 
uyg‘unlashtirish  tavsiya  etiladi.  Bosh  miya  va  asab  tizimida  magniy  moddasini 
ahamiyati  katta,  ya’ni  modda  almashinuvida  ishtirok  etib,  neyroprorektektiv  va 
asabni tinchlantiruvchi xususiyatga egadir. 
Magniy  etishmasligi,  mushaklar  tortishishi,  xushni  o‘zgarishi,  xotirani 
susayishi tremor, nistagm, attaktsiya, paresteziyaga olib kelishi mumkin. Bolalarda 
uzoq vaqt gipomagneniya holati paralich  kasalligiga olib keladi. Magniy va vitamin  
B6  preparatlari  bolalar  autizm  kasalliklarida  asosiy  davodir.  Antideprisantlarni 
qo‘llanilganda,  ya’ni  ular  monoaminooksidazalar  ingibitorlari,  ratsionda  aramatik 
aminokislotalar tirozin, triptofan, gistiden tutgan oziq ovqatlar, ya’ni sir, dudlangan 
mahsulotlar, kolbosa, shokolod, kofe, qizil vino, dukaklilar, smetana, banan, mol va 
tovuq jigari ta’qiqlanadi.  
Alkogolizm  kasalligida  gipovitaminoz  holatini  korrektsiya  qilish  muhim, 
ayniqsa vitaminlardan  B1, PP, A ko‘p miqdorda dieta ratsioniga kiritilishi lozim.
 
 


267 
 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish