Klinik dietologiya va nutrisiologiya


Operatsiyadan so‘nggi holatda dietoterapiya yo‘nalishlari



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Operatsiyadan so‘nggi holatda dietoterapiya yo‘nalishlari 
Operatsiyadan  so‘ng  asosiy  almashinuvni  keskin  oshishi  hisobiga  quvvat 
qiymati ham ko‘tariladi. Hatto kundalik ovqat ratsionida hosil bo‘ladigan 3000 k/kal 
quvvat bemor och holatdagidek quvvat etishmovchilishi yuzaga keladi. Oqsil, yog‘ 
va uglevodlarni organizmdagi zahirasi keskin kamayadi  va bu  holat operatsiyadan 
so‘ng  to‘qimalar  regeneratsiyasini  sustlashtiradi.  Oqsil  quvvat  etishmovchiligi 
operatsiyadan  so‘ngi  ko‘pgina  asoratlarga,  jumladan  yiringlash,  chandiqlashish, 
metabolik sindrom, distrofiya va eroziyalarga sabab bo‘ladi.  
Hozirgi zamonda operatsiyadan so‘ng asosan enteral oziqlanish qo‘llaniladi 
va  u  asoratlarni  va  ichak  o‘tkazmaslik  holatini  oldini  oladi.  Enteral  oziqlantirish 
operatsiyadan so‘ng asta-sekin  1 kundan 5 kungaga qadar kuniga 500 ml-2000 ml. 
xajmda har 2 soatda amalga oshiriladi. 
Enteral    oziqlantirish  oshqozon  yoki  ichak  zondlari  yordamida  bajariladi, 
shuninggdek  bemor  xushida,  yutinish  me’yorda  bo‘lsa  peroral  ovqatlantirish 
maqsadga  muvofiqdir.  Jarroxlik  dietasi  ha’zm  a’zolariga  maksimal  engillik,  ichak 


264 
 
dispepsiyasini  bo‘lmasligi,  engil  o‘zlashadigan  nurientlarga  boy  mahsulotlarni, 
vitaminlarni ratsionga kiritish kabi tamoyillarga ega bo‘ladi. 
Taomlar suyuq, yarim suyuq, jele holda, qirilgan mahsulotlar pyure shaklida 
oz-ozdan tez-tez beriladi. Ushbu dieta 2-3 kun belgilanib, so‘ng oshqozon-ichakni 
ehtiyotlovchi 1 a -son dietaga o‘tkaziladi. 
Operatsiyadan  so‘ng  2-3  kun  davomida  yog‘siz,  go‘shtli  bulion,  guruch. 
qaynatmasi    qaymoq  yoki  sariyog‘  bilan,  sharbatlar,  meva  jelesi,  shakarli  choy, 
kompot, na’matak damlamasi, kisel kabilar dietratsionda ruxsat etiladi. 
1-sonli  jarroxlik  dietasida  go‘shtli,  baliq  va  sabzovotli  bulionlar,  mol, 
cho‘chqa,  qo‘y  go‘shtlarini  yog‘siz  qismlaridan  bog‘langan  taomlar,  bug‘da 
tayyorlangan kotletlar, pyure, bifstrogin, sutli bo‘tqalar, sabzovot va mevalar pyuresi 
ruxsat  etiladi.  Shuningdek  kechagi  bug‘doy  noni,  pechene,  olmali  jem,  go‘shtli 
gumma,  tvorog.  Ovqatlanish  tartibi  5-6  mahal  va  kimyoviy  tarkibi:  oqsil  -110  gr, 
yog‘-100 gr, uglevodlar – 400 - 450 gr, suyuqlik -1,5 litr va quvvat qiymati 2950-
3100 kkal. 
Oshqozon  va  o‘nikkibarmoq  ichak  kasalliklarida,  jumladan  gastroduoenal 
yara  kasalliklari,  o‘smalar,  stenoz,  qon  ketishi  kabilarda  operatsiyadan  so‘ng 
ovqatlanish  bosqichma-bosqich  amalga  oshiriladi.  Agar  asta-sekin  ovqat  ratsioni 
o‘zgartirilmasa turli asoratlar yuzaga keladi, jumladan demping sindrom. 
Operatsiyadan so‘ng 2-4 oy davomida ambulator sharoitida tiklanish davosida 
dietani  qirilgan  mahsulotlarni  qo‘llash  varianti  belgilanadi.  Qaysiki,  u  oshqozon-
ichak  tizimida  yallig‘lanishni  kamaytiradi  va  operatsiyadan  so‘ngi  holatni  tez 
regeneratsiya  bo‘lishiga  yordam  beradi.  Dieta  tarkibida  sifatli  oqsil  bo‘lishi 
ahamiyatga  ega.  2-4  oydan  keyingi  davrda  dietani  qirilmagan  mahsulotlar  bilan 
boyitish  turiga  o‘tiladi,  lekin  mahsulotlar  kichik  bo‘lakchalar  shaklida,  oqsil  va 
vitaminlarga  boy  bo‘lishi  kerak.  Bu  dieta  oshqozon-ichak  funktsional  holatini 
tiklashga va xa’zm jarayonida ishtirok etuvchi a’zolar jigar, o‘t yo‘llari, oshqozon 
osti bezining  funktsiyasini  faollashtirishga  yordam beradi. Ushbu  dietani 1-1,5  yil 
davomida  belgilash  lozim,  chunki  bu  davrda  oshqozon-ichak  faoliyati  to‘liq 
tiklanadi. 
1-1,5  yildan  so‘ng  operatsiya  asoratlari  yuzaga  kelmasa  umumiy  standart 
dietaga  o‘tish  mumkin  va  4-6  yil  davomida  15-son  dietada  bo‘lishi,  4-5  mahal 
ovqatlanishi kerak. 
Og‘ir  asoratlardan  biri  demping-sindrom    yuzaga  kelmaslik  uchun  shirin 
ichimliklar, shirin bo‘tqalar, sutli shakarli mahsulotlar va taomlar, shuningdek sovuq 
yoki  issiq  taomlarni  cheklash  lozim.  Demping-sindrom    oshqozondan  ovqat 
mahsulotini  o‘nikkibarmoq  ichak  operatsiyada  olib  tashlangani  uchun,  to‘g‘ri 
ingichka  ichakka  o‘tishi  va  noadekvat  holatdagi  ximus  ichaklarda,  oshqozon  osti 
bezi  orqali  gumoral  boshqaruvni  buzilishi,  simpato-adrenal  tizimni  faollashuviga 
olib  keladi.  Natijada  ko‘pchilik a’zolar  va  tizimlarda  patolgik reflektor  jarayonlar 
sodir bo‘ladi. Bemorlar ovqat qabul qilganda, ayniqsa uglevodli yoki sut mahsulotli 
ratsionda, keskin holsizlik, terlash, qizish, arterial qon bosimi kamayishi, qaltirash, 
taxikardiya, bosh og‘rig‘i, asabni zo‘riqishi, qayt qilish, diariya holatlarini sezadilar. 


265 
 
Klinik belgilarni sodir bo‘lishi va rivojlanii demping-sindromni 3 darajasiga bog‘liq 
holda kechadi. 
Demping sindromda dieta tamoyillari asosan suyuqlikni ovqatlanishdan so‘ng 
30-60 minutdan so‘ng ichish, faqat bir piyola bir mahal, ovqatni tez-tez qabul qilish, 
ovqat  va  ichimliklar  iliq  bo‘lishi,  ratsionda  sabzovot-mevalar  ko‘p  bo‘lishi  va 
ovqatlangandan so‘ng yarim soat bemor yotgan holda bo‘lishi kabilardan iborat. 
Demping-sindromli bemorlarga operatsiyadan so‘ng 2-4 oy o‘tib, oqsilga boy 
dieta  belgilanadi.  Ushbu  dieta  kimyoviy  tarkibi  110-130  gr.  oqsil  (50  gr  –xayvon 
oqsili), uglevodlar -250-300 gr, yog‘lar-70-100 gr (o‘simlik yog‘i-25-30 gr) quvvat 
qiymati 2080-2700 kkal. 
Taomlar qaynatilib, bug‘da tayyorlanadi va ta’sirlovchi ozuqalar cheklanadi. 
Taomlar  harorati  20-60ºS    bo‘lishi,  suyuqlik  kun  davomida  1,5-2  litr  ichilishi  va 
ovqatlanish  4-6  mahal  bo‘lishi  lozim.  Ratsionda  grechkali  bo‘tqa,  go‘shtli 
bulochkalar, shovla, sabzovotli qaynatmalar, quymoq, tvorog, kefir, shakarsiz choy, 
olma,  qaynatilgan  go‘sht,  o‘simlik  yog‘ida  salatlar,  non  (oq  va  qora)  kabilarni 
kiritish mumkin. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish