Klinik dietologiya va nutrisiologiya


Podagra kasalligida parhez ovqatlanish



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Podagra kasalligida parhez ovqatlanish 
Podagra  –  bu  moddalar  almashinuvining  buzilishi  natijasida,  qonda  siydik 
kislotasining  miqdori  keskin  ko‘tarilib  ketadigan  (giperurikemiya)  kasallikdir. 
Buning natijasida, siydik kislota kristallari, yoki uning tuzlari, masalan, natriy urat 
organizm  to‘qimalarida  yig‘ilib  qoladi.  Bu  jarayonlar  purin  asoslari  va  siydik 
kislotasi  almashinuvining  buzilishi  natijasida  paydo  bo‘ladi.  Bo‘g‘imlarda  siydik 
kislota  tuzlarining  to‘planishi  natijasida  yallig‘lanish  jarayoni  boshlanib,  kuchli 
og‘riq  kuzatiladi  va  qo‘l-oyoq  harakati  cheklanadi.  Odatda  qo‘l  va  oyoq 
barmoqlaridagi  bo‘g‘imlar  zararlanadi.  Podagra  asosan  erkaklarda  kuzatiladi  (95 
%). Ayollar va bolalar kamdan-kam hollarda podagra kasalligiga chalinadi. 
So‘nggi  o‘n  yillikda  podagra  bilan  og‘rigan  bemorlar  soning  ortishi  aholi 
moddiy  ahvolining,  ovqatlanishining  yaxshilanishi,  kam  harakatli  hayot  tarzi, 
alkogol  iste’mol  qilish  va  kasallik  diagnostika  darajasini  ortishi  bilan  bog‘liq. 
Podagra eng ko‘p hollarda hayot darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda aniqlanadi. 
Ko‘p hollarda podagra umumiy semirish fonida kechadi. 
Shuni  ta’kidlab  o‘tish  lozimki,  podagra  qonda  siydik  kislotasi  miqdori  oshib 
ketishining sinonimi emas, chunki mazkur simptom ko‘plab kasalliklarda (psoriaz, 
qon kasalligi va b.), shuningdek sog‘lom kishilarda ham kuzatilishi mumkin.  
Podagra qadimgi davrlardan ma’lum bo‘lgan. Yunon olimi Gippokrat podagra 
haqida bundan 2400 yil avval yozgan. Terminning o‘zi yunoncha podagra – “oyoq 
uchun  qopqon”  degan  so‘zdan  kelib  chiqqan.  Mazkur  kasallikning  klassik  ta’rifi 
taxminan  1660  yillarda  ingliz  vrachi  T.  Sidenxem  tomonidan  berilgan. 
Sidenxemning  o‘zi  podagra  bilan  og‘rigan.  Bundan  tashqari  podagradan  ko‘plab 
mashhur  insonlar  (B.  Mikelandjelo,  O.  Kromvel,  J.  Mazarini,  Stendal,  G.  de 
Mopassan,  I.S.  Turgenev,  I.V.  Gyote,  O.  fon  Ch.  Bismark,  A.V.  Suvorov)  aziyat 
chekkan.  
Kasallikning sababini ko‘rib chiqish uchun, siydik kislotasining organizmdagi 
rolini  eslab  o‘tish  kerak.  Purin  asoslari  almashinuvining  oxirgi  mahsuloti  bo‘lib 
siydik kislotasi va uning tuzlari (asosan natriy urat) hisoblanadi. Iste’mol qilinadigan 
ovqat tarkibida ma’lum mahsulotlar, asosan ko‘p miqdorda purin asoslarini tutuvchi 
go‘sht  va  go‘sht  mahsulotlarining  ko‘p  bo‘lishi  qonda  siydik  kislotasi  va  uning 


228 
 
tuzlari  miqdorining  sezilarli  ortishiga  sabab  bo‘ladi.  Organizmda,  shuningdek 
doimiy ravishda siydik kislotasi sintezlab turiladi. Sog‘lom odamning qonida, hatto 
purin  asoslarini  tutuvchi  mahsulotlarni  iste’mol  qilmagan  holatda  ham,  ma’lum 
miqdorda siydik kislotasi bo‘ladi. 
Podagraning  eng  asosiy  sabablaridan  biri  –  nasliylikdir.  Lekin,  kasallik 
rivojlanishi uchun, boshqa omillarning ham ta’siri ahamiyatli (masalan, me’yoridan 
ko‘p  ovqatlanish,  alkogol  iste’mol  qilish  va  b.).  Buning  yaqqol  isboti  sifatida 
aytishimiz  mumkinki,  er  sharini  ovqat  ratsioni  asosan  purin  mahsulotlarini  kam 
tutuvchi  uglevod  mahsulotlaridan  iborat  hududlarida  (Xitoy,  Hindiston,  Afrika) 
podagra juda kam holatlarda uchraydi. 
Podagraning semirish,  gipertoniya kasalligi kabi  bir qancha jiddiy kasalliklar 
bilan  o‘zaro  bog‘liqligi  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Gipertoniya  kasalligi  podagra 
bilan bir necha yo‘llar orqali bog‘liqdir. Bir tomondan, gipertoniya holati uratlarning 
chiqarib  tashlanishini  kamaytiradi,  boshqa  tomondan,  jigar  to‘qimasida  siydik 
kislotasi  yig‘ilib  qolgan  maydonlar  (mikrotofuslar)  ning  hosil  bo‘lishi  ikkilamchi 
jigar gipertenziyasi rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Podagrada ko‘p hollarda 
qonda  yog‘lar  miqdorining  ortishi,  ateroskleroz  sodir  bo‘lishi,  o‘z  navbatida, 
podagraning eng salbiy oqibatlaridan biri – qon-tomir asoratlarining kelib chiqishi 
hisoblanadi. 
Ko‘p hollarda podagra qandli diabet bilan birgalashib keladi, bu qandli diabet 
vaqtida  qondagi  qand  miqdorining  yuqori  bo‘lishi  siydik  haydovchi  effektga  ega 
ekanligi  bilan  bog‘liq.  Uratlarning  patologik  insulinga  rezistentlikka  ta’siri 
aniqlangan.  Bu  rezistentlik,  o‘z  navbatida,  gipertoniya  va  koronar  etishmovchilik 
rivjlanishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin.  Shunday  qilib,  purin,  uglevod  va  yog‘lar 
almashinuvining  buzlishi  –  podagra  bilan  kasallangan  bemorga  xos  bo‘lgan 
kompleksdir. 
Podagraning klinik belgilari: 
Podagra  asosan,  podagra  tugunlari,  podagrik  artrit,  shuningdek,  siydik-tosh 
kasalligi  (bunda  toshlar  siydik  kislotasi  tuzlaridan  va  siydik  kislotasining 
kristallaridan iborat bo‘ladi) orqali namoyon bo‘ladi. Podagra tugunlari (tofuslari) – 
bu  uncha  katta  bo‘lmagan  konglomeratlarni  hosil  qiluvchi  siydik  kislotasi 
tuzlarining  kristallaridir.  Ular  tananing  istalgan  qismida  to‘planishi  mumkin. 
Bunday to‘plamlar bo‘g‘imlarda va bo‘g‘imlar atrofidagi to‘qimalarda hosil bo‘lsa, 
ularga yot modda sifatida organizmda reaktsiya hosil bo‘ladi va o‘tkir yallig‘lanish 
rivojlanadi. Bu holatga podagra artriti deyiladi. 
Podagra artritining tipik hurujlari podagraning eng xarakterli simptomi bo‘lib, 
bitta bo‘g‘imda, odatda oyoqning bosh barmog‘ida, boldir-tovon bo‘g‘imi yoki tizza 
bo‘g‘imida  hosil  bo‘ladi.  Huruj  asosan  ertalab,  zararlangan  bo‘g‘imdagi  kuchli 
siquvchi og‘riq ko‘rinishida sodir bo‘ladi. Kunduzi og‘riq biroz tinib, kechasi yana 
kuchayadi. Jarayon qaytarilganda, unga boshqa bo‘g‘imlar ham qo‘shilishi mumkin. 
Buning natijasida suyaklarning qisman parchlanishi sodir bo‘ladi. 
Qonda  siydik  kislota  tuzlarining  miqdori  ko‘p  bo‘lsa,  ular  buyraklarda 
to‘planib,  urat  toshlarini  hosil  qiladi.  Boshqa  hollarda  bu  toshlar  siydik  kislota 
tuzlaridan emas, balki siydik kislota kristallaridan iborat bo‘lishi mumkin. Podagra 


229 
 
natijasida  buyrakda  hosil  bo‘luvchi  toshlar  buyrak  etishmovchiligi  va  uning  og‘ir 
oqibatlariga sabab bo‘ladi. 
Podagrani  davolash  farmakoterapiya  va  dietoterapiya  usullari  bilan  amalga 
oshiriladi. 
Podagrani  davolash  uchun  ovqat  bilan  tushuvchi  nukleoproteinlarni  cheklash 
yo‘li  bilan  va  siydik  kislotasi  va  uning  tuzlari  hosil  bo‘lishini  kamaytiruvchi, 
chiqrilib yuborishini kuchaytiruvchi  medikamentoz vositalarni qo‘llash yo‘li bilan 
organizmdagi siydik kislotasi va uning tuzlarining miqdorini kamaytirish kerak. 
Podagrani davolashda, u o‘tkirlashmagan holatlarda Pevzner bo‘yicha dieta № 
6  qo‘llaniladi.  Bu  dietaning  mohiyati  shundan  iboratki,  ratsiondan 
nukleoproteinlarga  va  shavel  kislotasiga  boy  mahsulotlar  olib  tashlanib,  kam 
miqdorda nukleoproteinlar tutuvchi mahsulotlar kiritiladi.  
Davolovchi  ovqatlanish  yordamida  siydikning  kislotali  reaktsiyasiga  ta’sir 
qilib,  uni  ishqoriy  tomonga  siljitish  juda  muhimdir.  Buning  natijasida  siydik 
kislotasining  eruvchanligi  ortib,  podagrik  siydik-tosh  kasalligi  paydo  bo‘lish  yoki 
kuchayish ehtimoli kamayadi. 
100 gr ovqat mahsulotlaridagi purin asoslarining miqdori. 
Mahsulot 
Purin asoslari, gr  Siydik kislotasi, gr 
Purin asoslariga boy bo‘lgan mahsulotlar 
Mol go‘shti  0,0375 
0,0111 
Buzoq go‘shti 
0,0385 
0,114 
Qo‘y go‘shti  0,0265 
0,078 
Cho‘chqa go‘shti  0,0412 
0,123 
Dudlangan vetchina 0,0176 
0,051 
Go‘shtli bulon (2 soat davomida qaynatilgan) 0,0159 
0,045 
Til 
0,176 0,061 
Miya  0,830 0,990 
Mol jigari 
0,0935 
0,279 
Mol buyragi  0,0804 
0,240 
Tovuq  0,029 0,087 
G‘oz  0,0336 
0,990 
Treska 0,0287 
0,114 
Sudak  0,0458 
0,135 
Shuka  0,0485 
0,144 
Seld 
0,069 0,207 
Shprot  0,0829 
0,268 
Sardina 
0,1182 
0,354 
Dukkakliklar 0,027 0,081 
No‘xat 0,018 0,054 
Yasmiq 
0,054 0,102 
Loviya 0,017 0,051 
Oq qo‘ziqorinlari  0,0184 
0,054 
Sut qo‘ziqorinlari  0,0185 
0,054 
Shampinon  0,0051 
0,015 


230 
 
Gulkaram 
0,0084 
0,024 
Ismaloq 
0,0244 
0,072 
Kam miqdorda purin asoslarini tutuvchi mahsulotlar 
Sut 


Shvetsarcha pishloq - 

Tovuq tuxumi 


Ikra 


Kartoshka 
0,0026 
0,006 
Sabzi  - 

Salat  0,003 0,009 
Oq non - 

Qora non 
Iz 
Iz 
Grechka yormasi 


Perlovka yormasi  - 

Guruch - 

Bug‘doy 


Suli uni 


Olma  - 

Nok 


Olxo‘ri - 

O‘rik  - 

Apelsin 


Uzum  - 

O‘rmon yong‘og‘i  - 

Yong‘oq 


Agar  podagra  bilan  birgalikda  semirish  ham  bo‘lsa,  oson  o‘zlashtiriluvchi 
uglevodlarni ham cheklash kerak. Sutkalik ratsionning kimyoviy tarkibi va quvvat 
qiymati quyidagicha: oqsillar – 70 -80 gr, yog‘lar 80 – 90 gr, uglevodlar – 400 gr; 
quvvat qiymati – 2700 – 2800 kkal. 
Ovqatlanish tartibi oz-ozdan kuniga 4  mahal. Ovqat qabullari  va och qoringa 
qo‘shimcha tarzda suyuqlik qabul qilish kerak. 
Osh  tuzi  miqdori  qisman  cheklanadi  (mahsulotlar  tarkibidagi  bilan  birga  3-4 
gr),  sutkalik  ratsiondagi  siydik  reaktsiyasini  ishqoriy  tomonga  siljituvchi 
mahsulotlar,  ya’ni  sabzavotlar,  mevalar  va  sut  mahsulotlarining  foiz  nisbati 
oshiriladi. Suv – tuz almashinuvi buzilishini korrektsiya qilish uchun ko‘p miqdorda 
suv  iste’mol  qilish  (agar  yurak  –  qon  tomir  tizimi tomonidan  qarshi  ko‘rsatmalar 
bo‘lmasa) tavsiya etiladi. Erkin suyuqlik miqdori kuniga 1,5 – 2 litrni tashkil etishi 
kerak. 
Ovqatning kulinar ishlovi oddiy. Go‘sht, qush, baliq bundan mustasno bo‘lib, 
ular  avvaliga  qaynatilishi  kerak.  Bunday  qilinishining  sababi,  qaynatilganda 
mahsulot  tarkibidagi  50  %  gacha  purin  asoslari  bulyonga  o‘tadi.  Qaynatilgandan 
so‘ng  go‘sht,  qush,  baliqni  turli  taomlar  tayyorlash  uchun  ishlatish  mumkin 
(dimlangan,  qovurilgan,  bug‘da  tayyorlangan  va  hokazo).  Go‘sht  va  baliqni 
taxminan  bir  xil  miqdorda  birga  tayyorash  mumkin.  Go‘shtli  va  baliqli  taomlar 


231 
 
ratsionga haftasiga 2 – 3 martadan ortiq kiritilmaydi. Go‘sht bo‘lagi 150 g dan ortiq 
bo‘lmasligi kerak (oqsillar – 17,7, yog‘lar – 3,6 g, kaloriya – 106 kkal). Baliqning 
miqdori 170 g gacha b’lishi mumkin (oqsillar – 14,9, yog‘lar – 0,4 g, quvvat – 65 
kkal). 
Ratsiondan  to‘yingan  yog‘  kislotalariga  boy  hayvon  yog‘larini  olib  tashlash 
tavsiya  etiladi,  chunki  ularning  ovqatdagi  miqdori,  plazmadagi  siydik  kislota 
miqdorining  ortishi  va  uning  siydik  bilan  ajralishining  kamayishi  o‘rtasida 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik aniqlangan.  
Ishqoriy  valentliklarga  boy  mahsulotlar  (sabzavotlar,  mevalar)  ni  iste’mol 
qilish siydik muhitining ishqoriylashuviga olib keladi. Bu mahsulotlarning yana bir 
ijobiy ta’siri  ular tarkibida kaliy  mavjudligi bilan bog‘liq. Kaliy siydik haydovchi 
xususiyatga ega bo‘lib, siydik kislotasi va uning tuzlarining organizmdan chiqarib 
yuborilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  
Podagrada organizmni etarli miqdordagi vitamin S (askorbin kislotasi), vitamin 
V1 (riboflavin) va niatsin bilan ta’minlash zarur. 
Uyqudan  avval  podagra  bilan  kasallangan  bemor  albatta  1  stakan  suyuqlik 
ichishi  zarur.  Bu  achchiq  bo‘lmagan  choy,  kofe,  shirchoy,  limonli  choy,  kefir, 
bug‘doyli  damlama,  sharbatlar  bo‘lishi  mumkin.  Asabni  qo‘zg‘atuvchi 
mahsulotlarni (kofe, kakao, achchiq choy, achchiq eguliklar va b.) cheklash kerak. 
Spirtli  ichimliklarni  iste’mol  qilish  podagra  hurujlariga  sabab  bo‘lishi  mumkin, 
chunki,  alkogol  buyraklar  tomonidan  siydik  kislotaning  chiqarib  yuborilishini 
yomonlashtiradi.  
Podagrada haftada bir  marta kam oziqlanuvchi kunlar – tvorogli, kefirli, sutli 
va  mevali  tashkil  etish  tavsiya  qilinadi.  Bemor  1,5  –  2  litrdan  kam  bo‘lmagan 
miqdorda suyuqlik qabul qilishi kerak. 
Agar  podagra  ortiqcha  vazn  bilan  birga  kelsa,  kam  yuklamali  kunlar 
foydalaniladigan  dieta  №  8  belgilanadi.  Davolashning  har  qanday  variantlarida 
sutkasiga bemor 1,5 – 2 litr suyuqlik qabul qilishi shart. 
Pevzner  bo‘yicha  dieta  №6  uchun  ruxsat  etilgan  va  taqiqlangan  mahsulotlar 
to‘plami. 
Mahsulotning nomlanishi  Ruxsat etilgan mahsulotlar 
Ta’qiqlangan 
mahsulotlar 
Non va un mahsulotlari 
1  va  2-navli  bug‘doy  non  va  qora  non.  Turli 
pishiriqlar  Oliy navli un va xamirli taomlar 
Sho‘rvalar 
Turli  sabzavot  va  yormalar  qo‘shilgan  go‘shtsiz  sho‘rvalar: 
borsh, shi, sabzavotli, kartoshkali, (okroshka, lavlagili), sutli, mevali. Go‘shtli, 
baliqli, qo‘ziqorinli, bulonlar, shavel, ismaloq, dukkaklisho‘rvalar 
Go‘sht va qush go‘shti 
Go‘shtning  yog‘siz  nav  va  turlari:  mol,  quyon, 
tovuq,  kurka  qaynatilgan  holda.  Haftasiga  2  –  3  marta,  150  gr  dan  ko‘p  emas.
 
Yosh hayvon va qushlarning go‘shtlari (buzoq, jo‘ja), go‘shtning yog‘li turlari 
(qo‘y,  cho‘chqa),  submahsulotlar  (til,  buyrak,  jigar,  miya),  kolbasa,  dudlangan 
mahsulotlar, konservalar 
Baliq  Qaynatilgan  holda  yog‘siz  turlari.  Haftasiga  2  –  3  marta,  170  gr  dan 
ko‘p emas.  Yog‘li, tuzli, dudlangan baliq, baliq konservalari, ikra 


232 
 
Tuxum Kuniga bir dona. Kulinar ishlovi istalgan turda 
---- 
Sut va sut mahsulotlari 
Tabiiy sut, qatiq mahsulotlari (kefir, prostokvasha), 
tabiiy tvorog va undan tayyorlangan ovqatlar, smetana, achchiq bo‘lmagan pishloq
 
Achchiq, sho‘r pishloqlar, brinza 
Yorma va makaronlar 
O‘rtacha  miqdorda,  istalgan  holda  tayyorlangan 
yorma va makaron mahsulotlari 
Dukkaklilar (no‘xat, loviya, yasmiq) 
Sabzavotlar  Ko‘p  miqdorda  hom  va  istalgan  usulda  pishirilgan  holda 
kartoshka va undan tayyorlangan taomlar, lavlagi, sabzi, kabachki, qovoq, pomidor, 
bulg‘or qalampiri, baqlajon, oq karam, bodring 
Salat,  rovoch,  shavel,  ismaloq, 
gulkaram, sparja. Tuzlangan va marinovka qilingan sabzavotlar cheklanishi kerak 
Mevalar, shirinliklar 
Kulinar  ishlov  berilmagan  va  berilgan  mevalar, 
(qulupnay,  olma,  o‘rik,  uzum,  olxo‘ri,  nok,  shaftoli,  olcha,  apelsin),  yong‘oq, 
quruqmevalar,  shokoladsiz  konfetlar,  shakar,  asal,  murabbo,  marmelad,  pastila.
 
Anjir, malina, klyukva, shokolad 
Podagra o‘tkirlashgandagi davolovchi ovqatlanish. 
O‘tkir  podagra  huruji  ro‘y  berganda  bemorning  qat’iy  yotoq  tartibini  va 
zararlangan qo‘l yoki oyoqni umuman ishlatmasligini ta’minlash kerak. Bu kunlarda 
dietaga qattiq rioya qilish va adekvat medikamentoz terapiyani amalga oshirish juda 
muhimdir.  
Podagra  o‘tkirlashgan  vaqtda  go‘shtli  va  baliqli  ovqatlar  umuman  ruxsat 
etilmaydi. Ovqat ratsioni asosan suyuq mahsulotlar (sut, qatiq mahsulotlari, kisellar, 
kompotlar, sabzavot va meva sharbatlari, achchiq bo‘lmagan sutli yoki limonli choy, 
sabzavotli sho‘rvalar, suyuq bo‘tqalar) dan iborat bo‘ladi. Bemor och qolmasligi va 
sutkasiga  2  litrgacha  suyuqlik  qabul  qilishini  nazorat  qilish  lozim.  Bu  kunlarda 
ishqoriy mineral suvlarni ichish juda foydali bo‘ladi. 
Podagra o‘tkirlashgan vaqtda ko‘p hollarda hazm qilish sistemasida buzilishlar 
kuzatilib, dori  vositalar hazm qilish sistemasini qo‘zg‘atib,  uning ahvolini  yanada 
og‘irlashtiradi,  shu  sababli,  asrovchi  dietaga  amal  qilish  kerak.  Kasallik 
o‘tkirlashuvining so‘nish davrida oz miqdordagi go‘shtli ovqatlar iste’mol qilishga 
ruxsat  beriladi  (haftasiga  bir  –  ikki  marta,  100  –  150  g  dan  qaynatilgan  go‘sht). 
Qolgan kunlarda sut mahsulotlari, tuxum, yormalar, kartoshka, sabzavot va mevalar 
iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Bunday dieta 1 – 2 haftaga belgilanadi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish