Anemiyada kasallikarida parhez ovqatlanish
Anemiya – qonning hajm birligida eritrotsitlar va gemoglobin miqdorini
ozayishi bo‘lib, ushbu patologiyaga xos simptomlarni yig‘indisi mavjud bo‘ladi.
Anemiya sabablari qon yo‘qotish, noto‘liq ovqatlanish, ayniqsa qon
yaratishda ishtirok etuvchi oqsil, mikroelemetlar (temir, mis, kobalt, marganets)
vitaminlar, jumladan V12 va folatni etishmasligidir. Shuningdek, eritrotsitlarni qon
tomir ichida gemolizi, oshqozon-ichak kasalliklarida qon yaratish uchun lozim
bo‘lgan moddalarni yaxshi so‘rilmasligi va suyak iligi patologiyasida ham anemiya
kelib chiqadi.
Temir etishmovchilik anemiyada kislorod transporti buzilib, ho‘jara va
to‘qimalar gipoksiyasi, distrofiyasi yuzaga kelib, ularning funktsiyasi buziladi.
Odam organizmida taxminan 3-5 gramm temir moddasini bog‘langan shakli
mavjud. Qon zardobida transferin 44,7-71,6 mkmol/l bo‘lib, to‘qima retseptorlari
ularni qabul qilib oladi. Oziq-ovqatdan temir moddasini absorbtsiyasi, hayvon va
o‘simliklar mahsulotlarini nisbatiga bog‘liqdir. Temir moddasin so‘rilishi, uning
260
depodagi zahirasiga bog‘liqdir, chunki transferin sintezi jigarda mos holda
boshqariladi.
Temir moddasini almashinuvi oqsil metabolizmiga bog‘liq. Kun davomida
odam organizmida 200-400 gramm oqsil sintez qilinadi. Temir moddasini
absorbtsiyasiga hayvon oqsillari faollik ko‘rsatadi, ayniqsa gistidin, metionin, lizin,
tsistiin kabi aminokislotlar.
Anemiyada dieta ratsionini tuzishda quyidagilarga ahamiyat berish lozim:
- mahsulotlardagi temir moddasini ichakda so‘rilish darajasiga
- mahsulotlarda gem va nogem birikmalar nisbatiga.
- temir moddasini so‘rilishini faollashtiruvchi yoki susaytiruvchi moddalar
miqdoriga.
- Ratsionda oqsil, yog‘, uglevodlar miqdori va quvvat qiymatiga odatda 11-son
dieta belgilanadi va barcha nutrientlarga, vitaminlar mineral tuzlarga boy bo‘ladi.
Kimyoviy tarkibi oqsil 110-120 gr, yog‘lar 120 gr, uglevodlar 500 gr, quvvati
3000-4000 kkal, askorbin kislota, V guruh va A vitaminlar ko‘p miqdorda bo‘ladi.
Temir moddasini absorbtsiyasini oqsillar faollashtiradi, yog‘lar esa sustlashtiradi.
Shuning uchun sutkalik ratsionda oqsil miqdori 140 gr. bo‘lib, hayvon oqsiliga boy
bo‘lgan jigar, taloq, go‘sht, tvorog, tuxum sarig‘i kabi mahsulotlar qo‘llaniladi.
Yog‘lar miqdori esa 5-10% kamaytirilib, ya’ni 70-80 grni tashkil etadi va asosan
yog‘siz go‘sht va tuxum mahsulotlari hisobidan uglevodlar esa me’yorda 400 gr.ni
tashkil etadi. Temir moddasi hayvon mahsulotlaridan yaxshi absorbtsiya qilinadi.
Masalan buzoq go‘shtidan 22%, jigarda 16% temir tutadi. Ratsionda hayvon oqsilini
bo‘lishi o‘simlik asosidagi mahsulotlardan temir moddasini absorbtsiyasini
kuchaytiradi, shuning uchun ratsionda tsitrus mevalari, na’matak, ko‘katlar va
boshqa sabzavot, mevalar kiritilishi maqsadga muvofiq. Tsitrus mevalar va turli
mevalar sharbati temirni non, tuxum, yormalardan o‘zlashtirilishini oshiradi. Lekin
choy, ovqat tolalari, shavel kislota tutgan mevalar (behi, xurmo, kizil), kakao,
shokolad kabilar temir absorbtsiyasini qiyinlashtiradi. Shuningdek, sabzavotlardan
sabzi, qovoq, qizil lavlagi, pomidor, gul karam kabilardan temir yaxshi absorbtsiya
bo‘ladi, chunki ular limon askorbin va olma kislotalariga boy.
B12 –defitsit anemiya sabablari oshqozon – ichak shilliq qavatlari atrofiyasi
bilan kechuvchi kasalliklar, ularni rezektsiyasi, limfoma, Kron kasalliklari,
shuningdek gipovitaminozga vegitarian ovqatlanish, dori vositalari (Kolxitsin,
neomitsin, xolestiramin) ta’siri, chekish kabilardir. B12 vitamini asosiy manbalari
mol va buzoq jigari buyragi, baliqlar, tuxum va sut mahsulotlaridir.
Sabzavot, bashoqlilar va mevalar B12 vitaminini tutmaydi. Folat kislotasi
defitsit anemiya ko‘proq alkogol iste’mol qilinganda, enterit, teri kasalliklarida,
ayollarda laktatsiya davrida va oziq-ovqatlarda nutrientlar etishmovchiligida yuzaga
keladi. Folat kislotasi hayvon mahsulotlaridan mol, tovuq, cho‘chqa jigarida,
261
buyragida, pishloqda bo‘lsa, o‘simlik mahsulotlaridan yong‘oqlar, fasol, o‘rik,
shaftoli, shirin qalampir, pomidor, banan, apelsin kabilar ko‘p miqdorda mavjud.
Oziq-ovqatlar folat kislotasiga nisbatan talabni 3/1 qismini ta’minlaydi va 3/1
qismini ichak mikroflorasi sintez qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |