Klinik dietologiya va nutrisiologiya


-BOB. AYRIM PATOLOGIYALARDA SHIFOBAHSH OVQATLANISH



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

17-BOB. AYRIM PATOLOGIYALARDA SHIFOBAHSH OVQATLANISH 
YO‘NALISHLARI 
Yuqumli kasalliklarda dietoterapiya asoslari 
Yuqumli  kasalliklar  davosida  dietoterapiya  muhim  ahamiyatga  ega. 
Bemorlarda  intoksikatsiya  va  yuqori  isitmalash  holatlari  anoreksiyaga  olib  keladi, 
bu esa nutrientlarni kam miqdorda qabul etish va quvvat qiymatini kamaytiradi.  
Yuqumli  kasalliklarda  katabolizm  jarayoni  kuchayadi,  ayniqsa  oqsil,  suv-
elektrolit  almashinuvi  va  quvvat  qiymati.  O‘tqir  yuqumli  kasalliklarda  asosiy 
almashinuv ortgani uchun quvvatga ehtiyoj ham ortadi, avvalo u uglevodlar hisobiga 
ta’minlanadi. 
Odam organizmida uglevod zaxirasi cheklangan, jumladan  jigarda glikogen 
taxminan 24 soatga etishi mumkin, agar to‘liq ochlik holati bo‘lganda. Shuning  
uchun quvvat ishlab chiqishda to‘qima, xujayradagi oqsillar ishtirok etadi.Yuqumli 
kasalliklardan kop uchraydigan grippva ayniqsa pandemiya tusini olgan koronavirus 
infektsiyasida  organizmni  immunobiologik  quvvatini  oshiruvchi  va  virusga 
qarshilik korsatuvchi  ovqatlanish  tavsiya etiladi.Immun quvvatni faollashtiruvchi 
S- vitamin kop miqdorda  limon, layma, apelsin, namatak,  kokatlar va hol mevalarda 
mavjud.  Infeksion  kasalliklarda,  jumladan  koronavirus  infeksiyasida  antitelalar 
yaratilishini shakillanishida B gruh vitaminlarni kop miqdorda tutgan mahsulotlarni 
,yani  yongoq,  grechka,sumalak,  bodom  va  oshkoklarni  istemol  qilish  lozim. 
Chesnok, piyoz va rediskada fitosidlar bolib, ular viruslarga va bakteriyalarga qarshi 
moddalar tutadi.Immun quvvatni oshirishda asal, zanjabil, kurkuma va kok choyni 
axamiyati  katta.  Organizmning  immune  quvvatini  oshiruvchi  mahsulotlar  va 
taomnomalar 18-bobda batafsil keltirilgan. 
Yuqumli kasalliklarda og‘ir into.ksikatsiya, diariya, astma va boshqa toksik 
jarayonlar  oqsillarni  sutkada  150-200  grammgacha  yo‘qotishga  olib  keladi.  Oqsil 
etishmovchiligi antitelalar, hazm fermentlari sintezini kamayishi, timus va endokrin 
bezlarning funktsiyasini susayishiga sabab bo‘ladi. O‘tkir yuqumli kasaliklarda suv-
elektrolit  almashinuvini  buzilishi  kuzatiladi,  chunki  kasallik  qusish,  diariya  va 
terlash bilan kechadi. Tana suvsizlanishi, o‘tkir ichak infektsion kasalliklarida kuchli 
bo‘lib, 4 darajada bo‘lishi mumkin, ya’ni I-tana vazni 3%, II-4-6%,  III-7-9%,    IV-
10% va ko‘proq ozayishi bilan kechadi. Shuningdek ichakda vitaminlar sintezi va 
so‘rilishi buziladi va natijada poligipovitaminoz yuzaga keladi. 
Harorat ko‘tarilish natijasida oshqozon-ichak fermentlari faolligi pasayadi va 
nutrientlar  parchalanishi,  ha’zm  bo‘lishi  kamayadi.  Haroratni  ko‘tarilishi  va 
metabolik  o‘zgarishlar  quvvat  qiymatiga  talabni  kuchaytiradi.  Dietoterapiya 
qo‘llaniladigan  infektsion  kasalliklar  asosan    3  guruh,  ya’ni  infektsion  jarayon 
oshqozon-ichak  tizimini  shikastlamagan  kasalliklarda  (gripp,  o‘tkir  respirator 
kasalliklar,  pnevmoniya,  tulyarimiya),  oshqozon-ichak  tizimi  shikastlanganda 
(dizenteriya,  tif,  paratif,  salmonillyoz,  virusli  gepatit  va  boshqalar),  shuningdek 
markaziy  asab  tizimini  shikastlovchi  infektsion  kasalliklarda,  jumladan  stolbnyak, 
meningit,  botulizmda  belgilanadi.  Infektsion  kasalliklarda  buyrak  etishmovchiligi 
yuzaga keladi va bu holatda buyruk filtratsiyasini kuchaytirish uchun qandli choy, 


263 
 
kompot,  asalli  choy,  limon,  murabboli  choy,  sabzovot  qaynatmalari  va  sharbatlar 
ratsionda belgilanadi. 
Immun  holatni  kuchaytirish,  yallig‘lanishni  qarshi  va  antioksidant  sifatida 
vitaminlar,  ayniqsa  askorbin  kislotaga  boy  tsitrus  mevalari,  na’matak,  ko‘katlar 
ratsionga kiritiladi. Vitamin A immunostimulyator xususiyatga ega bo‘lib, u jigar, 
tuxum sarig‘i, ikra va sariyog‘da ko‘p bo‘ladi. 
Shuningdek  oksidlanish-qaytarilish  jarayonini 
immun 
holati,  oqsil 
metabolizmini uyg‘unlashtirishda vitaminlarni (B1, B6, D) ahamiyati muxim va ular 
molni jigari, buyragi, baliqda, tuxum, pishloq, tvorog, soya, fasol, guruch, grechka, 
kartoshka, sut mahsulotlarida mavjuddir. 
Mikroelementlardan rux ahamiyatli va u jigarda, go‘shtda, tuxum sarig‘i va 
qo‘ziqorinda  ko‘p  miqdorda  bo‘ladi.  Osh  tuzi  cheklanadi,  suyuqlik  miqdori 
oshiriladi (1,5 litr sutkada) 
Dieta mexanik, kimyoviy va termik ehtiyot qiluvchi xususiyatga ega bo‘lishi 
kerak, asosan suvda, bug‘da tayyorlangan taomlar ratsionga kiritiladi. Kasalliklarni 
tuzalish davrida oqsil miqdori (1,5 gr/kg) tana vazniga nisbatan, yog‘ va uglevodlar 
esa  ratsional  ovqatlanish  me’yoriga  mos  belgilanadi.  Bu  davrda  organizmni 
ta’sirlovchi  kofe,  tuzlamalar,  achchiq  choy,  shokolad,  chesnok  va  boshqalar 
cheklanadi. 
O‘tkir  ichak  infektsion  kasalliklari  diariya  va  tanani  suvsizlanishi,  kislota-
ishqor muhitini buzilishi va xujayralar qo‘zg‘aluvchanligini buzilishi bilan kechadi. 
Bu  guruhga  vabo,  qorin  tifi,  dizentriya,  paratif,  kampilobakterioz  va  boshqa 
kasalliklar mansub. Diariyada suv miqdori 85-90% oshadi va  ich kelishi kuniga 2-
3  martadan  ko‘p  bo‘ladi.  Diet  ratsioniga  regidratatsiya  va  suv-elektrolitlar 
almashinuvini  me’yorlovchi  taomlar,  ya’ni  tuzli  go‘sht  buloni,  yorma,  guruch 
qaynatmalari, glyukoza-elektrolit eritmalari kiritiladi. Regidratatsiya eritmasi Jahon 
Sog‘liqni  Saqlash  tashkiloti  tomonidan    quyidagi  tarkibda  tavsiya  etiladi  (natriy 
xlorid-3,5, glyukoza-20,0 gr/l).  Ichishga sutkada 2-3 litr suyuqlik tavsiya etiladi. 
 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish