Seliakiyda parhez davo
Donli mahsulotlar oqsili bo‘lgan glyutenni ko‘tara olmaslik bilan bog‘liq og‘ir
nasliy kasallik.
Kasallik bolalarning o‘sishdan orqada qolishi, mushak massasi etishmasligi,
qorin shishishi, axlatning rangpar va yoqimsiz hidli bo‘lishi bilan keladi.
Kasallik Dji – Gerter – Geybner kasalligi, ichak infantilizmi, glyutenli
enteropatiya, notropik Spru nomlari bilan ma’lum. Davolash usuli 1921 – yilda
topilgan bo‘lib, u donli mahsulotlarsiz (bug‘doy, javdar, arpa, suli) dieta tutishdan
iborat.
Kasallik simptomlarining qay darajada namoyon bo‘lishi ovqatdagi glyutein
asosiy tarkibiy qismi gliadin miqdoriga bog‘liqdir. Agar gliadin iste’mol qilinishi
to‘xtatilsa, ichaklar faoliyati 2 oydan so‘ng meyorga keladi. Lekin donli mahsulotlar
iste’mol qilinishi boshlangan zahotiyoq, kasallik to‘la kuchi bilan namoyon
bo‘lishni davom etadi.
Bu kasallik faqat nasliy bo‘lmaydi – u boshdan kechirilgan infektsiyalar, yoki
uzoq vaqt qabul qilingan antibiotiklar sababli ham vujudga kelishi mumkin. Bu
haqida bir nechta gipotezalar mavjud, jumladan immunologik, ekzematik va aralash
turlari.
Kasallik simptomlari bolaga qo‘shimcha ovqatlantirish belgilanganda: mannka
bo‘tqasi, bug‘doy, suli, javdar, arpa unili aralashmalar berila boshlanganda yuzaga
keladi. Ich ketishi tez-tez kuzatilmasada, uning miqdori ko‘p va suyuq bo‘ladi.
Bemorning xarakterli tashqi ko‘rinishi: qariyalar kabi yuz ifodasi, qorin keskin
kattalashgan, qo‘l – oyoqlar ingichka (“o‘rgimchak ko‘rinishi”). Kasallik
rivojlanishning og‘ir buzilishlari kuzatilishi mumkin (distrofiya va marazm).
Bolalar juda yig‘loqi, og‘ir holatlarda esa – atrofdagilarga befarq bo‘ladilar.
Shu bilan birga, teri va shilliq qavatlar quruq va rangpar bo‘ladi, teri pigmentatsiyasi
bir tekis bo‘lmaydi, sochlar ingichka va sinuvchan bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘ida
yallig‘lanish jarayonlari kuzatiladi. Buning barchasi poligipovitaminozning
256
namoyon bo‘lishidir. Teri osti yog‘ qavati yo‘qolib, terida burmalar oson hosil
bo‘ladi. Kaltsiy etishmovchiligi holatlarida alohida mushak guruhlarining tirishishi,
spontan suyak sinishlari (qovurg‘alar, o‘mrov, qo‘l - oyoqlar) bilan namoyon
bo‘luvchi osteoporoz bo‘lishi mumkin. Agar infektsiya ham qo‘shilsa, pnevmoniya
rivojlanadi.
Bunda bolaning ishtahasi nafaqat saqlanib qolishi, balki kuchayishi ham
mumkin. Faqat og‘ir holatlardagina qayt qilish va ovqatdan bosh tortish paydo
bo‘ladi.
Ichakning to‘lib ketishi va uning atoniyasi (mushaklar tonusining bo‘lmasligi)
hisobiga qorin kattalashadi, ich ko‘p ketadi va yog‘li yaltirashga ega bo‘ladi. Bemor
ahvoli yaxshilanganligining birinchi belgisi bo‘lib, axlat miqdorining kamayishi va
ich ketishining to‘xtashi hisoblanadi. Shundan keyin esa tana vazni ortib, anemiya
va gipovitaminoz belgilari yo‘qoladi.
3 – 4 oylikkacha bo‘lgan bolalarga faqat ona suti ruxsat etiladi. Suli, arpa,
bug‘doy aralashmalarni berish mumkin eams. Katta yoshdagi bolalarga non,
pechene, manka va suli yormalari, suxarilar berilmaydi. Makkajo‘xori va guruch
uni, kartoshka, go‘sht, baliq ruxsat etilgan.
Distrofiyaning o‘ta og‘ir holatlarida reanimatsiya va intensiv davo bo‘limlarida
seliakiyani davolashda parenteral ovqatlantirish qo‘llaniladi. Uning tarkibida yurak
faoliyatini qo‘llab – quvvatlovchi, infektsiyalar rivojlanishining oldini oluvchi
preparatlar, organizm funktsiyalarining buzlish darajasidan kelib chiqqan holda
ozuqa ingredientlari (oqsillar, yog‘lar, uglevodlar) hamda suyuqlik bo‘ladi.
Organizm xususiy oqsil strukturalarining parchalanib ketmasligi uchun zarur
bo‘lgan minimal ehtiyoj sutkasiga 0,6 – 0,9 g/kg ni tashkil qiladi. Parenteral
ovqatlantirish oqsil sutkalik ehtiyojining pastki chegarasidan (0,6 g/kg) boshlanadi,
chunki bunday holatdagi bemorlar oqsilni yaxshi ko‘tara ilmaydi.
Keyingi kuni oqsil miqdori 1 g/kg dan hisoblanadi va asta-sekin 2 – 3 g/kg
gacha oshirib boriladi. Parenteral ovqatlantirishda oqsilga bo‘lgan ehtiyoj asosan
maxsus aminokislotali aralashmalar hisobiga qoplanadi.
Ichak sindromi yo‘qola boshlab, zarur suyuqlik miqdori to‘ldirilgach, oqsilning
dozasi 4 g/kg gacha oshiriladi, bunda ovqat bilan tushadigan oqsil miqdori oshirib,
aminokislota preparatlari ko‘rinishidagisi esa, kamaytirib boriladi.
Og‘ir holatlarda o‘tkaziladigan davoning yana bir dieta komponenti yog‘li
emulsiyalar sanaladi, ular boshqa eritmalardan alohida (3 – 4 marta), yog‘ tromblari
va embollari hosil bo‘lishining oldini oluvchi preparatlar bilan birga kiritiladi.
Bunday emulsiyalar uzoq vaqt qo‘llanilganda qonning ivishi, jigarning biokimyoviy
ko‘rsatkichlari tekshiriladi, o‘pkalar rentgenologik tekshiruvi o‘tkaziladi.
Bemorning ahvoli yaxshilangach yog‘lar ovqat ko‘rinishida, maxsus preparatlar –
yog‘li enpitlarni qo‘llagan holda kiritiladi, yog‘ enpitlari yaxshi so‘rilish va
hazmlanish xususiyatiga ega.
Parenteral ovqatlantirishda bemorning uglevodlarga bo‘lgan ehtiyoji glyukoza
va fruktozaning 5, 10, 20% li eritmalarini vena ichiga yuborish orqali qoplanadi,
bunda qondagi qand miqdori nazorat qilib turiladi.
257
Bunday ovqatlanishning dastlabki 2 – 3 kunida shishlarning yo‘qolishi hisobiga
bemorlar tana vaznini yo‘qotishi mumkin, keying 2 – 3 kunda tana vazni
stabillashadi, hafta oxirida esa bemorning tana vazni tiklana boshlaydi. Holsizlik va
harakat qilishga ishtiyoqning bo‘lmasligi 3 – 4 kundan keyin yo‘qoladi, ikkinchi
xaftaning oxiriga kelib, bemorlar o‘rnidan turadi va mustaqil harakatlanadi. Qayt
qilish davolashning birinchi kunidayoq to‘xtaydi, defekatsiyalar miqdori sutkasiga
3 martagacha kamayadi. Glyutensiz dietani keyingi qo‘llanilishining istiqboli ijobiy
bo‘ladi. Kuchli glyutensiz dietaga kamida 8 – 10 oy amal qilish kerak, deb
hisoblanadi. So‘ng, asta-sekin, ehtiyotkorlik bilan glyuten tutuvchi mahsulotlarni
kiritish mumkin bo‘ladi, lekin yana ich kelishi ko‘paysa, darhol avvalgi dietaga
qaytish kerak bo‘ladi.
Kasallikda ta’qiqlangan mahsulotlar:
1.
Bug‘doy, javdar, arpa va sulidan tayyorlangan barcha bo‘tqalar
(mannka, sulili, bug‘doyli, perlovkali, arpali va boshqalar).
2.
Suli va bug‘doy qaynatmasi yoki unini tutuvchi sutli aralashmalar, suli
va bug‘doy qaynatmasi yoki unini tutuvchi qatiq mahsulotlari.
3.
Konservalangan go‘sht, un, vetchina tutuvchi gomogenlashtirilgan
go‘shtli konservalar, suxarilar, yoki non qo‘shilgan barcha mahsulotlar (yarim
tayyor mahsulotlar, kotlet va sirniklar), kolbasa, sosiska, sardelkalar.
4.
dudlangan yoki unda pishirilgan baliq konservalari.
5.
Bug‘doy yoki suli uni, arpa qo‘shilgan sabzavotlar va sabzavot
konservalari.
6.
Bug‘doy, arpadan tayyorlangan mahsulotlar, biskvit, pechene,
pryaniklar.
7.
Konservalangan mevali kompotlar.
8.
Barcha qandolat mahsulotlari, konfet, karamel, shokolad. Bug‘doy,
javdar va grechka unidan uyda va sanoatda tayyorlangan mahsulotlar (non, sushka,
suxari, tort, pirojnoe).
9.
Jo‘xori yostiqchalari.
10.
Souslar, gorchitsa, bulyon kubiklari.
11.
Pivo, aroq, gazlangan ichimliklar.
12.
Banan, xurmo.
Ruxsat etilgan mahsulotlar:
1.
Guruch, makkajo‘xori, grechka.
2.
O‘simlik yog‘i, tabiiy sigir qaymog‘idan tayyorlangan sariyog‘.
3.
Yangi smetana, qaymoq (sanoatda tayyorlanmagan).
4.
Turli sutlardan uy sharoitida tayyorlangan tvorog, pishloq, qatiq
mahsulotlari.
5.
Go‘sht, tuxum, baliq, o‘z shirasi yoki yog‘dagi baliq konservalari.
6.
Ikra.
7.
Tabiiy ko‘rinishdagi barcha mevalar (banan va xurmodan tashqari),
barcha sabzavotlar.
8.
Shakar, asal, butun kofe donalari (maydalangan holda), bargli choy.
9.
Uyda tayyorlangan konservalar (go‘sht, povidlo, murabbo).
258
10.
Sanoat konservalari
(shprot, dengiz karami, konservalangan
makkajo‘xori).
11.
Tish kukuni, “Bolalar uchun”, “Glitserinli”, “Vazelinli” sovunlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |