Aminokislotalar almashinuvining tug‘ma nuqsonlari
Aminokislotalar – oqsil molekulalarining tarkibiy qismlaridir. Agar tug‘ilgan
bolada u yoki bu aminokislotani parchalovchi maxsus ferment bo‘lmasa, bu
aminokislota qonda, siydikda, orqa miya suyuqligida to‘planadi.
Bunday nuqsonlar bola hayotining dastlabki oylari, hatto haftalarida markaziy
asab tizimi, jigar, buyraklarning og‘ir o‘zgarishlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Ko‘plab tug‘ma ferment patologiyalarini davolashning maxsus vositasi dieta
hisoblanadi. Bu dieta organizmda o‘zlashtirilmaydigan ovqatlanish omilini
ratsiondan olib tashlash printsipi asosida quriladi. Qator holatlarda dieta bilan birga
medikamentoz davolash ham qo‘llaniladi. Aminokislotalar almashinuvinig
nuqsonlaridagi parhez ovqatlanish maxsus yaratilgan dietik preparatlar yordamida,
vitaminlar va mineral komponentlarni qo‘shib, odatiy mahsulotlarni iste’mol
qilishdan iborat, ya’ni, preparatlarni va maxsus mahsulotlar to‘plamlarini birgalikda
qo‘llash printsip bo‘lib xizmat qiladi. Bunda ayrim ovqat mahsulotlarining
aminokislota tarkibini bilish juda muhimdir.
Fenilketonuriya.
Yagona davolash metodi dietoterapiya bo‘lgan nasliy kasalliklar qatoriga
kiradi. Barcha irqlarga mansub xalqlarda kuzatiladi, lekin shimol xalqlarida ko‘proq
uchraydi. Kasallik turli yosh kategoriyalarida – 6 haftdalikdan 70 yoshgacha bo‘lgan
235
odamlarda namoyon bo‘ladi. Erkaklarda ham, ayollarda ham uchraydi, lekin ayollar
ko‘proq kasallanadi, nasldan naslga o‘tadi, bunda odatda bemorning ota-onasi
kasallik namoyon bo‘lmaydi.
Gendagi o‘zgarishlar natijasida jigarda meyorda fenilalanin aminokislotasini
tirozinga aylantiruvchi maxsus ferment (fenilalaninoksidaza) bo‘lmaydi, yoki kam
miqdorda bo‘ladi. Buning o‘rniga fenilalanin toksik moddalar – fenilpirouzum,
fenilsut va fenilsirka kislotalarining manbai bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, qon va
to‘qimalarda o‘zgartirilmagan fenilalaninning miqdori sezilarli ortadi (0,02 g/l
o‘rniga 0,2 g/l gacha), asab tizimini rivojlanishi uchun juda zarur bo‘lgan tirozin
etishmaydi. Agar fenilalanin deyarli barcha oqsillarning asosiy tarkibiy qismi
ekanligini ham hisobga olsak, organizm o‘sish va rivojlanishi buzlishining ko‘lami
yaqqol namoyon bo‘ladi.
Bu kasallik fenilpirouzumli oligofreniya nomi bilan ham ma’lum. Bu ham
tasodif emas, chunki eng katta zararni markaziy asab tizimi ko‘radi va bu oxir
oqibatda aqliy zaiflikka olib keladi. Buning barchasiga sabab, o‘sayotgan miya
to‘qimalariga tirozin aminokislotasining etarli miqdorda bormasligi bo‘ladi.
Funktsiyalarning spontan yaxshilanishi hech qachon kuzatilmagan, shuning
uchun, kasallikni iloji boricha erta aniqlab, kerakli dietani belgilash juda muhimdir.
Davolashda kasallikni erta aniqlab, uni maxsus ovqatlanishga o‘tkazish uning
meyorl nerv-psixik rivojlanishini kafolatlaydi. Dietoterapiya ovqat bilan tushuvchi
fenilalaninni keskin chegaralash printsipi asosida quriladi. Har qanday oqsil 8 %
gacha fenilalanin tutadi, shuning uchun oqsil miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlar
(go‘sht, baliq, jigar, kolbasa, tuxum, tvorog, non mahsulotlari, yormalar, loviya,
no‘xat, yong‘oq, shokolad) ratsiondan umuman olib tashlanadi. Sut, sabzavot va
mevalar ular tarkibidagi fenilalanin miqdorini yaxshilab hisoblab, so‘ng dietaga
kiritiladi.
Iste’mol qilinishi mumkin bo‘lgan tabiiy mahsulotlarga kam oqsilli yormalar,
makkajo‘xori yostiqchalari, qo‘ziqorinlar, kungaboqar yog‘i, sabzavotlar, mevalar,
sharbatlar, asal, jemlar kiradi.
Fenilalaninning sutkalik miqdori 1 kg tana vazni uchun 15-50 mg ni tashkil
qiladi, bola yoshi kattalashgan sari mazkur aminokislotaga bo‘lgan ehtiyoj kamayib
boradi. Bolalar o‘rta hisobda tabiiy mahsulotlardan kuniga 3,5 dan 8 g gacha oqsil
qabul qiladi, lekin bu oqsil bolaning meyorl o‘sishi uchun etmaganligi sababli,
ovqatga oqsil gidrolizati ko‘rinishidagi maxsus oqsil komponenti qo‘shiladi.
Amalda oqsil gidrolizati to‘liq sutning o‘rnini bosib, ovqat ratsionidagi asosiy
mahsulotga aylanadi. U meva va sabzavot sharbatlari, pyure va sho‘rvalar bilan
birga – kuniga 2 mahal, ertalab va kun yarmida sharbatlar yoki shirin choy bilan
qabul qilinadi. Preparat ratsionga asta-sekin kiritiladi, dastlab u sutkalik dozaning
1/3 qismini tashkil etib, 1-2 hafta ichida etarli miqdorgacha oshiriladi, shu bilan
birga tabiiy mahsulotlar oqsilining miqdori kamaytirib boriladi. Dietadagi yog‘lar
miqdori 35 % ni tashkil qiladi.
Uglevodlarga bo‘lgan ehtiyoj sabzavotlar, mevalar, shakar, kraxmal tutuvchi
mahsulotlar hisobiga qondiriladi. Dietadagi uglevodlar miqdori umumiy quvvatni
60 % ini ta’minlaydi.
236
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun oqsil gidrolizati aralashmasini tayyorlash
usuli
O‘simlik yog‘iga makkajo‘xori kraxmali, ko‘krak suti, shakar qo‘shilib,
barchasi yaxshilab aralashtiriladi. Suv qo‘shiladi (umumiy miqdorning 1/2
qismicha), 2 daqiqa qaynatiladi (qo‘shiladigan suv miqdori bolaning sutkalik
suyuqlikka bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, sharbatlar va sho‘rvalar miqdorini
inobatga olgan holda hisoblanadi).
Qolgan suvga kerakli miqdordagi oqsil gidrolizati qo‘shiladi va qaynatiladi,
ikkala suyuqlik aralashtiriladi, sharbat qo‘shilib, idishlarga quyib chiqiladi va
aralashma sovutgichda saqlanadi.
Agar bola sun’iy ovqatlantirishga o‘tkazilgan bo‘lsa, maxsus aralashma ona
sutiga yaqinlashtirilgan quruq aralashmalar asosida tayyorlanadi. Fenilketonuriya
bilan kasallangan bolalar sabzavotli va mevali konservalar bilan erta oziqlana
boshlanadilar. Ular uchun bo‘tqalar oqsilsiz yormalar asosida tayyorlanadi.
6 oygacha bo‘lgan (tana massasi – 5 – 6 kg) fenilketonuriya bilan kasallangan
bolalar uchun taxminiy sutkalik ratsion (grammlarda):
ko‘krak suti – 350, shakar – 20, glyukoza – 20, saryog‘ – 8, o‘simlik yog‘i –
10, makkajo‘xori kraxmali – 20, olma sharbati – 50, olma pyuresi – 30, baliq yog‘i
– 1 choy qoshiq, oqsil gidrolizati – 23.
Fenilketonuriya bilan kasallangan bolalar hayotining ikkinchi yarim yilligi
uchun (tana massasi – 10 kg) taxminiy sutkalik ratsion (grammlarda):
ona sutining o‘rnini bosuvchi aralashma – 250, sagodan tayyorlangan bo‘tqa
(20 % li) – 100, sabzavotli pyure – 100, olma pyuresi -50, olma sharbati – 50, shakar
– 20, glyukoza – 20, saryog‘ – 8, o‘simlik yog‘i – 10, makkajo‘xori kraxmali – 15,
baliq yog‘i – 2 choy qoshiq, oqsil gidrolizati – 32.
1 yoshdan oshgan bolalar uchun ratsion turli meva, sabzavotlar, oqsilsiz non va
makaron mahsulotlar hisobiga kengaytiriladi.
Fenilketonuriya bilan kasallangan 1 yoshdan 1,5 yoshgacha bo‘lgan bolalar
uchun mahsulotlarning o‘rtacha sutkalik miqdori (grammlarda):
oqsilsiz vermishel – 6, oqsilsiz yorma – 14, ona sutining o‘rnini bosuvchi
aralashma – 13, sun’iy sago – 37, saryog‘ – 26, shakar – 68, olma -246, tuzlangan
bodring – 3, piyoz – 12, sabzi – 122, tomat sharbati – 32, o‘rik sharbati – 42, olcha
sharbati – 28, olma sharbati – 28, olxo‘ri sharbati – 42, uzum sharbati – 21, o‘simlik
yog‘i – 25, karam – 97, kartoshka – 85, lavlagi – 54, murabbo – 10, qora olxo‘ri
qoqisi – 2, tomat pastasi – 3, makkajo‘xori kraxmali – 3, smetana – 1, shpinat – 34,
o‘rik pyuresi – 28.
Leytsinoz - Ingliz va amerika adabiyotlarida bu kasallik ko‘proq zarang siropi
kasalligi nomi bilan ma’lum. Chunki, ushbu kasallikda siydik hidi zarang daraxtidan
olinadigan siropning hidiga o‘xshaydi.
Bu nasliy kasallik leytsin, izoleytsin, valin kabi aminokislotalar
almashinuvining
buzilishi
bilan
bog‘liq:
bolaning
organizmi
ushbu
aminokislotalarni o‘zlashtirmaydi. Siydikning xarakterli hidi unda leytsindan hosil
bo‘luvchi moddaning bo‘lishi bilan bog‘liq.
237
Kasallik bola tug‘ilganidan 3 – 14 kun o‘tib namoyon bo‘lishni boshlaydi: bola
ovqatdan bosh tortadi, past ovozda yig‘laydi, tez-tez kekirish va hatto qayt qilish
kuzatiladi. Agar o‘z vaaqtida shifokorga murojaat qilinmasa, alohida guruh
mushaklarining ehtiyorsiz qisqarishlari paydo bo‘lishi, mushaklar tonusi ortib,
shuning hisobiga butun tana cho‘zilib, oyoqlar chalishib qolishi mumkin.
Agar kasallik og‘ir kechsa, nafas olish va es – hush buzilishlari sodir bo‘ladi,
bola hayotining birinchi haftalaridanoq davo choralari ko‘rilmagan bo‘lsa,
kasallikning oqibati yomon bo‘ladi. Bunday bolalar tana vazni va psixomotor
rivojlanish bo‘yicha darhol ortda qola boshlaydilar.
Diagnoz kasallikning xarakterli simptomlari, siydikning xarakterli hidi va
undagi leytsin, izoleytsin, valin aminokislotalarining miqdoriga qarab qo‘yiladi.
Davolash qon plazmasida leytsin, izoleytsin, valin aminokislotalarining
miqdorini kamaytirishga qaratiladi. Buning uchun, oqsil o‘rniga 18 xil
aminokislotadan iborat maxsus mikstura belgilanuvchi dieta qo‘llaniladi. Bu
miksturadagi aminokislotalarning nisbati ona suti bilan bir xil bo‘ladi. Yog‘lar bu
miksturada makkajo‘xori yog‘i ko‘rinishida bo‘ladi, uglevodlar esa dekstrin-maltaza
bilan almashtiriladi. Shuningdek, mineral moddalar va vitaminlar ham qo‘shiladi.
Bolaning umumiy ahvoli yaxshilanib, ishtaha paydo bo‘lganda, mushak tonusi
meyorllashganda, ratsionga oz miqdorda sigir suti kiritiladi. Meva va sabzavotlar
ham oz miqdorda oqsil tutganligi uchun, ularni bolaga 3 oylikdan boshlab berishga
ruxsat etiladi. 6-8 oylikda ratsionga yuqorida sanab o‘tilgan aminokislotalarni
tutmaydigan jelatin kiritiladi. 9,5 oylikdan boshlab sutning har kunlik miqdori 120
ml ni tashkil qiladi.
Turli mahsulotlarda leytsin va izoleytsinning mos ravishda miqdori (100 g
mahsulot uchun, grammlarda):
1.
Ona suti – 0,108 va 0,62.
2.
Sigir suti – 2,278 va 0,182.
3.
Kefir – 0,263 va 0,173
4.
Tvorog – 0,924 va 0,548.
5.
Tovuq tuxumi – 1,130 va 0,83.
6.
Mol go‘shti – 1,730 va 1, 06.
7.
Tovuq go‘shti – 1,620 va 1,117.
8.
Mol jigari – 1,543 va 0,800.
9.
Treska – 1,222 va 0,879.
10.
Guruch yormasi – 1,008 va 0,369.
11.
Mannaya yormasi – 0,364 va 0,258.
12.
Grechka yormasi – 0,702 va 0,301.
13.
Suli yormasi – 0,672 va 0,302.
14.
Bug‘doy yormasi – 1,040 va 0,244.
15.
Perlovka yormasi – 0,584 va 0,258.
16.
No‘xat – 1,204 va 0,780.
17.
Bug‘doy uni – 0,567 va 0,29.
18.
Makaron mahsulotlari – 0,690 va 0,380.
19.
Qora non – 0,275 va 0,146.
238
20.
Bug‘doy noni – 0,550 va 0,25.
21.
Pechene – 0,357 va 0,171.
22.
Kartoshka – 0,107 va 0,083.
23.
Sabzi – 0,061 va 0,034.
24.
Oq karam – 0,059 va 0,040.
25.
Apelsin – 0,019 va 0,019.
26.
Limon – 0,013 va 0,016.
27.
Olma sharbati - 0,015 va 0,009.
28.
Apelsin sharbati – 0,150 va 0,010.
29.
Limon sharbati – 0,016 va 0,014.
Gistidinemiya.
Ushbu kasallik nisbatan kam uchrovchi (1:17000) kasallik hisoblanadi, chunki
bunday patologiyasi bor bolalarni faol aniqlash endi boshlanmoqda.
Gistidin almashinuviga javob beruvchi maxsus ferment (gistidaza) faolligining
etarli bo‘lmasligi tufayli paydo bo‘ladi. Gistidin, o‘z navbatida organizmda to‘planib
qolib, bosh miyaning qaytarib bo‘lmas o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi.
Bolaning umumiy holati yomonlashadi, holsizlik, yig‘loqilik, ovqatdan bosh
tortish kuzatiladi. Bundan keyin bosh miya zaharlanishining simptomlari ham paydo
bo‘ladi. Bular: mushaklar tonusining o‘zgarishi, bola umumiy rivojlanishining
sekinlashishi kuzatiladi.
Kam miqdorda gistidin tutuvchi mahsulotlar: mol jigari, treska, makkajo‘xori
uni, piyoz, kartoshka, sabzi, lavlagi, mevalar, o‘simlik yog‘i, saryog‘, ko‘krak suti,
konservalangan yashil no‘xat, pomidor hisoblanadi.
Ko‘p miqdorda gistidin tutuvchi mahsulotlar: mol go‘shti, buzoq go‘shti,
jo‘jalar, tovuq go‘shti, yaxlit tuxum, uning sarig‘i, oqi, sigir suti, tvorog, pishloq,
no‘xat, arpa, javdar, bug‘doy uni, guruch va boshqalardir.
Parhez ovqatlanishni tashkil etishdagi qiyinchilik shundan iboratki, gistidin
bolaning meyor rivojlanishi uchun zarur bo‘lib, bola hayotining birinchi yilida
mazkur aminokislotaning yagona manbai bo‘lib shu aminokislotani tutuvchi
ovqatlar hisoblanadi. Ko‘krak bilan boqiladigan bolaning gistidinga minimal
sutkalik ehtiyoji 16-34 mg/kg ni tashkil qiladi, gistidinning bu miqdori 100 ml ona
sutining tarkibida bo‘ladi.
Kattaroq bolalar uchun 13 ta aminokilotadan iborat, gistidinsiz, yog‘lar,
glyukoza, vitamin va mineral qo‘shimchalar bilan boyitilgan, bolaning ehtiyojlariga
javob beradigan maxsus oqsilli aralashma tayyorlanadi. Bunda gistidinning bola
meyorli rivojlanishiga imkon beradigan, shu bilan birga organizmga zaharli ta’sir
qilmaydigan miqdori aniqlanadi.
Parhez ovqatlanishni qo‘llash va shu vaqtning o‘zida qondagi gistidin
miqdorini nazorat qilish ovqatlanishga kerakli korrektsiyalarni kiritib borish
imkonini beradi. Shu yo‘l bilan gistidin doimiy ravishda meyor miqdorda (0,01 –
0,03 g/l) bo‘lishiga erishish mumkin.
Turli mahuslotlardagi gistidin miqdori (100 g mahsulot uchun grammlarda):
1.
Ona suti – 0,028.
2.
Sigir suti – 0,081.
239
3.
Kefir – 0,075.
4.
Tvorog – 0,306.
5.
Tovuq tuxumi – 0,294.
6.
Mol go‘shti – 0,805.
7.
Tovuq go‘shti – 0,697.
8.
Mol jigari – 0,439.
9.
Treska – 0,54.
10.
Guruch yormasi – 0,135.
11.
Mannaya yormasi – 0,186.
12.
Grechka yormasi – 0,203.
13.
Suli yormasi – 0,137.
14.
Bug‘doy yormasi – 0,137.
15.
Perlovka yormasi – 0,152.
16.
No‘xat – 0,395.
17.
Bug‘doy uni – 0,096.
18.
Makaron mahsulotlari – 0,133.
19.
Qora non – 0,118.
20.
Bug‘doy noni – 0,106.
21.
Pechene – 0,247.
22.
Kartoshka – 0,027.
23.
Sabzi – 0,024.
24.
Oq karam – 0,028.
25.
Pomidor – 0,016.
26.
Apelsin – 0,007.
27.
Limon – 0,018.
28.
Olma sharbati – 0,010.
29.
Apelsin sharbati – 0,009.
30.
Limon sharbati – 0,016.
Tirozinemiya – Tirozin aminokislotasi almashinuviga javob beruvchi jigardagi
ferment (p-gidroksifenilpirouzum oksidaza) faolligining etarli bo‘lmasligi ushbu
kasallikning kelib chiqish sababi hisoblanadi.
Kasallik jigar tsirrozi, vitamin D yordamida davolab bo‘lmaydigan raxit,
shuningdek teri pigmentatsiyasining oshib ketishi sifatida namoyon bo‘ladi.
Bola tug‘ilgach, ko‘p o‘tmay qayt qilish, ich ketishi, hansirash, ensa sohasida
terlash, yig‘loqilik kuzatiladi, shishlar hosil bo‘ladi, jigar va taloqning kattalashishi
hisobiga qorin kattalashadi, bolaning bo‘yi va vazni yaxshi o‘smaydi, boshini tik
tutishni va o‘tirishni kech boshlaydi.
Agar davo choralari ko‘rilmasa, bola hayotining birinchi yarim yilligida jigar
etishmovchiligidan nobud bo‘ladi. Bugungi kunda yagona samarali davolash
vositasi dietotrapiya hisoblanadi.
Bola meyoriy rivojlanishi, ham tirozinemiya bilan kasallanmasligi uchun kerak
bo‘lgan tirozinning dozasi sutkasiga 1 kg tana vazniga 25 – 40 mg ni tashkil etadi.
Barcha taklif qilinadigan dietalar tarkibida tabiiy oqsillar kam miqdorda bo‘lib,
qolgan oqsil miqdori tirozinsiz, kerakli aminokislotalarni tutuvchi maxsus
240
aralashmalar (oqsil gidrolizatlari) hisobiga qoplanadi. Dietaga sut, maxsus oqsilsiz
non, mevalar (banandan tashqari), oqsil miqdori kam bo‘lgan sabzavotlar, jo‘xori
yoki guruch uni, qora smorodina pyuresi, shakar, maxsus oqsilsiz mahsulotlar kiradi.
Qo‘shimcha tarzda mineral moddalar va V guruh vitaminlari belgilanadi. Davolash
samaradorligi qon tahlillari (aminokislotalar, kaliy va fosfor miqdori) va
antropometrik ko‘rsatkichlar (bolada har oyda qo‘shilgan tana vazni va bo‘yi)
asosida baholanadi.
Turli mahuslotlardagi tirozin miqdori (100 g mahsulot uchun grammlarda):
1.
Ona suti – 0,060.
2.
Sigir suti – 0,119.
3.
Kefir – 0,112.
4.
Tvorog – 0,456.
5.
Tovuq tuxumi – 0,515.
6.
Mol go‘shti – 0,596.
7.
Tovuq go‘shti – 0,660.
8.
Mol jigari – 0,470.
9.
Treska – 0,439.
10.
Guruch yormasi – 0,176.
11.
Mannaya yormasi – 0,158.
12.
Grechka yormasi – 0,16.
13.
Suli yormasi – 0,234.
14.
Bug‘doy yormasi – 0,226.
15.
Perlovka yormasi – 0,148.
16.
No‘xat – 0,227.
17.
Bug‘doy uni – 0,149.
18.
Makaron mahsulotlari – 0,253.
19.
Qora non – 0,293.
20.
Bug‘doy noni – 0,162.
21.
Pechene – 0,088.
22.
Kartoshka – 0,027.
23.
Sabzi – 0,013.
24.
Oq karam – 0,020.
25.
Pomidor – 0,010.
26.
Apelsin – 0,007.
27.
Limon – 0,006.
28.
Olma sharbati – 0,024.
29.
Apelsin sharbati – 0,006.
30.
Limon sharbati – 0,004.
Giperglitsinemiya - Jigar fermentlari funktsiyasining pastligi tufayli glitsinning
seringa aylanishining buzilishi ushbu kasallikning sababi hisoblanadi. Bunday
bolalar siydigida glitsin, shuningdek, oksalatlar va keton tanachalarining miqdori
yuqori bo‘ladi.
Kasallikning namoyon bo‘lishi glitsin almashinuvining zararli mahsulotlari
(keton tanachalari) ning miqdoriga bog‘liq. Bola hayotining dastlabki kunlaridayoq
241
ko‘p uxlash, tirishish fonida qayt qilish holatlari kuzatilishi mumkin. Qayt qilishlar
kuchli bo‘lib, davo choralari ko‘rilmasa suvsizlanishga, undan keyin esa koma va
o‘limga olib kelishi mumkin.
Bolaga maxsus oqsil almashtirgich (kazein gidrolizati) dan iborat dieta
belgilanadi (sutkasiga 1 kg tana vazni uchun 0,5 g hisobida). Bugungi kunda leytsin,
izoleytsin, valin, metionin aminokislotalarining toksik ekanligi ma’lum. Lekin, shu
bilan birga albatta boshqa tekshiruvlar ham o‘tkaziladi, chunki kasallikning mazkur
shakli ko‘pincha boshqa modda almashinuvi buzilishlari bilan birga keladi.
Turli mahuslotlardagi glitsin miqdori (100 g mahsulot uchun grammlarda):
1.
Ona suti – 0,042.
2.
Sigir suti – 0,03.
3.
Kefir – 0,056.
4.
Tvorog – 0,184.
5.
Tovuq tuxumi – 0,37.
6.
Mol go‘shti – 1,447.
7.
Tovuq go‘shti – 1,519.
8.
Mol jigari – 0,903.
9.
Treska – 0,525.
10.
Guruch yormasi – 0,630.
11.
Mannaya yormasi – 0,263.
12.
Grechka yormasi – 0,796.
13.
Suli yormasi – 0,453.
14.
Bug‘doy yormasi – 0,220.
15.
Perlovka yormasi – 0,308.
16.
No‘xat – 0,480.
17.
Bug‘doy uni – 0,149.
18.
Makaron mahsulotlari – 0,215.
19.
Qora non – 0,217.
20.
Bug‘doy noni – 0,264.
21.
Pechene – 0,172.
22.
Kartoshka – 0,053.
23.
Sabzi – 0,041.
24.
Oq karam – 0,048.
25.
Pomidor – 0,029.
26.
Apelsin – 0,020.
27.
Limon – 0,016.
28.
Olma sharbati – 0,018.
29.
Apelsin sharbati – 0,018.
30.
Limon sharbati – 0,013.
Giperlizinemiya - Lizin aaminokislotasi almashinuvida ishtirok etuvchi AD-
oksireduktaza fermentining etishmasligi kasallikka sabab bo‘ladi.
Kasallik qayt qilish, mushaklarning extiyorsiz qisqarishlari, tirishish va
keyinchalik hushni yo‘qotish (koma) bilan namoyon bo‘ladi. Qonda ammiakning
242
yuqori miqdori aniqlanadi, bu o‘tgan kun is’temol qilingan ovqatdagi oqsil
miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Davoga - kam miqdorda oqsil tutuvchi dieta belgilanadi, uning miqdori 1 kg
tana vazni uchun 1,5 g dan oshmaydi. Ma’lumki, ovqat mahsulotlaridagi lizin
miqdori 100 mg/kg dan yuqori bo‘lmasa, kasallik rivojlanmaydi. Maxsus jadvallar
yordamida har kunlik menyu tuziladi, unga kartoshka, sabzi – 200 g dan, 3% li
guruch uni – 100 g, tuxum oqsili – 50 g, krem – 100g, banan – 50 g, dekstrin-maltoza
– 30 g kabi mahsulotlar kiritiladi.
Bug‘doy uni, kleykovina, soya va kungaboqar yog‘i, kraxmal, dekstrin-
maltoza, vitaminlar va tuzlardan iborat maxsus aralashma qo‘llaniladi.
Turli mahuslotlardagi lizin miqdori (100 g mahsulot uchun grammlarda):
1.
Ona suti – 0,082.
2.
Sigir suti – 0,218.
3.
Kefir – 0,209.
4.
Tvorog – 0,725.
5.
Tovuq tuxumi – 0,883.
6.
Mol go‘shti – 2,009.
7.
Tovuq go‘shti – 1,975.
8.
Mol jigari – 1,295.
9.
Treska – 1,551.
10.
Guruch yormasi – 0,142.
11.
Mannaya yormasi – 0,320.
12.
Grechka yormasi – 0,431.
13.
Suli yormasi – 0,394.
14.
Bug‘doy yormasi – 0,226.
15.
Perlovka yormasi – 0,286.
16.
No‘xat – 0,984.
17.
Bug‘doy uni – 0,120.
18.
Makaron mahsulotlari – 0,139.
19.
Qora non – 0,132.
20.
Bug‘doy noni – 0,103.
21.
Pechene – 0,080.
22.
Kartoshka – 0,113.
23.
Sabzi – 0,043.
24.
Oq karam – 0,061.
25.
Pomidor – 0,026.
26.
Apelsin – 0,032.
27.
Limon – 0,024.
28.
Olma sharbati – 0,022.
29.
Apelsin sharbati – 0,049.
30.
Limon sharbati – 0,032.
Gipervalinemiya - Valin aminokislotasining o‘zgartirilish (dezaminlanish)
jarayonlarining buzilishi mazkur kasallikning rivojlanishiga olib keladi.
243
Eng kuchli toksik ta’sirni markaziy asab tizimi qabul qiladi, natijada qayt
qilish, holsizlik, mushaklarning o‘z-o‘zidan qisqarishi, nistagma (ko‘z olmalari
harakati) kuzatiladi, bola o‘sishdan orqada qoladi, boshini tik tutishni, o‘tirishni
kech o‘rganadi. Davo choralari qo‘llanilmasa, intellektning umumiy pasayishi ro‘y
beradi.
Dietoterapiyaning ahamiyati shundan iboratki, ovqat mahsulotlaridagi
valinning dozasi bolaning 1 kg tana vazni uchun 75-100 mg dan oshmasligi lozim.
Bunday davolashning fonida tez orada qayt qilishlar to‘xtaydi, bola meyorli bo‘y va
vazn to‘plashni, rivojlanishni boshlaydi. Miya elektrik aktivligining dinamikada
o‘rganilishi bunday dietaning samaradorlik mezoni bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Turli mahuslotlardagi valin miqdori (100 g mahsulot uchun grammlarda):
1.
Ona suti – 0,072.
2.
Sigir suti – 0,189.
3.
Kefir – 0,183.
4.
Tvorog – 0,695.
5.
Tovuq tuxumi – 0,895.
6.
Mol go‘shti – 1,156.
7.
Tovuq go‘shti – 1,024.
8.
Mol jigari – 0,987.
9.
Treska – 0,929.
10.
Guruch yormasi – 0,425.
11.
Mannaya yormasi – 0,386.
12.
Grechka yormasi – 0,343.
13.
Suli yormasi – 0,384.
14.
Bug‘doy yormasi – 0,333.
15.
Perlovka yormasi – 0,313.
16.
No‘xat – 0,804.
17.
Bug‘doy uni – 0,387.
18.
Makaron mahsulotlari – 0,412.
19.
Qora non – 0,062.
20.
Bug‘doy noni – 0,286.
21.
Pechene – 0,054.
22.
Kartoshka – 0,090.
23.
Sabzi – 0,053.
24.
Oq karam – 0,053.
25.
Pomidor – 0,018.
26.
Apelsin – 0,013.
27.
Limon – 0,014.
28.
Olma sharbati – 0,012.
29.
Apelsin sharbati – 0,011.
30.
Limon sharbati – 0,016.
Gomotsistinuriya - Jigardagi maxsus ferment (gistationsintetaza) ning faolligi
pasayishi natijasida bola organizmida metionin va gomotsistin to‘planib qolib,
244
organizmning bir qator sistemalariga (suyak va markaziy asab tizimi) zararli ta’sir
ko‘rsatadi, natijada gomotsistinuriya rivojlanadi.
Bola hayotining birinchi yili davomida asta-sekin kuchsiz namoyon bo‘luvchi
o‘sishdan orqada qolish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunda bolaning ishtahasi
meyorda bo‘lib, me’da – ichak traktining funktsiyasida o‘zgarish bo‘lmaydi, lekin
bola ovqatlanishini yaxshilash maqsadida tvorog yoki kefir ko‘rinishidagi
qo‘shimcha oqsillarni kiritishga bo‘lgan urinishlar vaziyatni yomonlashtiradi.
Liqildoqlarning kech bitishi, qo‘l-oyoqlar qiyshiq o‘sishi kuzatiladi, bola
yig‘loqi bo‘lib, uyqusi yomon bo‘ladi, tana vazni defitsiti oshib boradi.
Ushbu kasallikning ikki xil shakli mavjud bo‘lib, ulardan birini katta
dozalardagi V6 vitamini (sutkasiga 50 – 500 mg) bilan davolash mumkin, ikkinchisi
esa dietani talab qiladi. Dieta kam oqsil tutuvchi bo‘lib, metioninning miqdori
chegaralanishi, qo‘shimcha tarzda kaltsiy, temir, vitaminlar kiritilishi kerak.
Dietoterapiyada metioninning miqdori bolaning 1 kg tana vazni uchun 29-45
mg ni tashkil qilishi kerak. Buning uchun ratsiondan hayvon mahsulotlari olib
tashlanishi (yoki kamaytirilishi) kerak.
Maxsus mahsulotlarga aminokislotalar aralashmasini tutuvchi jelatin konfetlar,
oqsilsiz non, saxaroza, dekstrin-maltoza kiradi.
Taklif etiladigan tabiiy mahsulotlar: jelatin, sut, makkajo‘xori qalamchalari,
guruch, yasmiq, araxis va jo‘xori yog‘lari, kartoshka, boshqa meva va
sabzavotlardir.
Metionin miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlar: tvorog, pishloq, tovuq tuxumi, mol
go‘shti, quyon go‘shti, tovuq go‘shti, seld, treska, mol jigari, mol buyragi, soya,
no‘xat, bug‘doy uni hisoblanadi.
Metionin miqdori kam bo‘lgan mahsulotlar: sigir suti, echki suti, ona suti,
guruch, sabzi, lavlagi, kartoshka, yashil no‘xat yangi va konservalangan holda,
pomidor, banan, apelsin, mandarin.
Metioninning qonda meyorl miqdorda (0,01 g/l) bo‘lishi va siydikda
gomosisteinning bo‘lmasligi davolashning samaradorlik kriteriyalari bo‘lib xizmat
qiladi.
Turli mahuslotlardagi metionin miqdori (100 g mahsulot uchun grammlarda):
1.
Ona suti – 0,022.
2.
Sigir suti – 0,068.
3.
Kefir – 0,063.
4.
Tvorog – 0,263.
5.
Tovuq tuxumi – 0,378.
6.
Mol go‘shti – 0,528.
7.
Tovuq go‘shti – 0,494.
8.
Mol jigari – 0,345.
9.
Baliq – 0,488.
10.
Guruch yormasi – 0,223.
11.
Mannaya yormasi – 0,103.
12.
Grechka yormasi – 0,183.
13.
Suli yormasi – 0,198.
245
14.
Bug‘doy yormasi – 0,207.
15.
Perlovka yormasi – 0,173.
16.
No‘xat – 0,160.
17.
Bug‘doy uni – 0,108.
18.
Makaron mahsulotlari – 0,120.
19.
Qora non – 0,062.
20.
Bug‘doy noni – 0,088.
21.
Pechene – 0,054.
22.
Kartoshka – 0,010.
23.
Sabzi – 0,028.
24.
Oq karam – 0,013.
25.
Pomidor – 0,003.
26.
Apelsin – 0,007.
27.
Limon – 0,006.
28.
Olma sharbati – 0,011.
29.
Apelsin sharbati – 0,004.
Tsistinuriya - Buyrak kanalchalari darajasida tsistin almashinuvining buzilishi
ushbu kasallikka olib keladi. Tsistin yomon eriydigan aminokislota bo‘lganligi
uchun, organizm suyuqliklarida, asosan kislotali muhitga ega suyuqliklarda
to‘planadi.
Kasallik tsistin almashinuvi mahsulotlarining ta’sirida turli organlardagi
yallig‘lanish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi (jumladan, gastrit, o‘n ikki barmoq
ichakning yallig‘lanishi, yara kasalligi, pielonefrit, siydik pufagi va yo‘llarining
yallig‘lanishi).
Agar bolada tsistinuriya borligi gumon qilinsa (siydikda tsistinning miqdori
yuqori bo‘lsa), uning oilasida esa siydik va o‘t yo‘llari kasalliklari holatlari mavjud
bo‘lsa, bu dietoterapiya belgilash uchun asos bo‘ladi.
Dieta
tsistin
aminokislotasining
o‘tmishdoshi
bo‘lgan
metionin
aminokislotasining ovqat mahsulotlari bilan tushadigan miqdorini chegaralashga
asoslangan. Buning uchun tvorog, baliq, pishloq, qo‘ziqorinlar, tuxum oqsili
ratsiondan to‘liq olib tashlanadi. Qolgan barcha hayvon oqsillarini faqat ertalabki
soatlarda iste’mol qilishga ruxsat beriladi, tushlik va kechki ovqatda esa
vegeteriancha stolga amal qilish tavsiya qilinadi. Buning sababi shundaki, tsistin
organizmda aynan kechki va tungi soatlarda to‘planadi.
Dietoterapiyadan tashqari farmokologik preparatlar – vitaminlar (piridoksin,
askorbin kislotasi), shuningdek natriy tuzlari ham qo‘llaniladi. Kasallik
o‘tkirlashgan davrda 2-3 haftaga hayvon oqsillari to‘liq cheklanadigan
vegeteriancha (sabzavotli) dieta belgilanadi.
O‘tkir davri uchun taxminiy menyu:
Birinchi nonushta: kartoshkali pyure bilan olma, sabzi, karam, smetanali salat;
kofe.
Ikkinchi nonushta: qaynatilgan kartoshka bilan piyoz, o‘simlik yog‘i
qo‘shilgan holda: na’matak damlamasi.
Tushlik: Sabzavotli sho‘rva, sabzavotli ragu, kompot.
246
Kun o‘rtasi: olma, zefir.
Kechki ovqat: vinegret, murabboli pirog, meva sharbati.
Har kuni – oq non, saryog‘.
Kunning ikkinchi yarmida va kechasi tsistinning tuzlar ko‘rinishida cho‘kishini
oldini olish maqsadida siydik muhitini ishqoriy tomonga siljitish uchun meva
sharbatlari, mineral suvlar tavsiya qilinadi
Oksaluriya – Glitsin aminokislotasi va glioksil kislotasi almashinuvining
buzilishi natijasida siydikda oksalatlar (shavel kislotasining kaltsiyli tuzlari) miqdori
ortib ketadi, bu esa o‘z navbatida yallig‘lanish kasalliklariga (buyrak – tosh
kasalligiga) olib keladi.
Oksalatlarning hammasi emas, balki 40 % glitsin almashinuvining buzilishi
natijasida paydo bo‘ladi, shuning uchun, kasallikni ovqat bilan tushayotgan glitsin
miqdorini cheklash yo‘li bilan davolash yaxshi samara bermaydi.
Dietoterapiya mazkur patologiya uchun asosiy davolash usuli hisoblanadi,
lekin uning asosi glitsin miqdorini cheklashga emas, oksalatlarga boy mahsulotlarni
cheklashga qaratiladi.
Agar shavel kislota tutuvchi mahsulotlar 0,9 g/kg dan ko‘p is’temol qilinmasa,
kasallik rivojlanmaydi. Tarkibidagi shavel kislotasining miqdoriga ko‘ra barcha
mahsulotlarni to‘rtta guruhga bo‘lish mumkin:
1.
10 g/kg dan 1 g/kg gacha shavel kislotasi kakao, shokolad, lavlagi,
selder, ismaloq, shavel, petrushka, rovochda bo‘ladi.
2.
1 g/kg dan 0,3 g/kg gacha – sabzi, sachratqi, yashil loviya, piyoz,
pomidor, choyda bo‘ladi.
3.
0,3 g/kg dan 0,05 g/kg gacha – yangi karam, o‘rik, banan, smorodina,
bryussel karamida bo‘ladi.
4.
0,05 g/kg dan kam – baqlajon, qo‘ziqorin, gulkaram, bodring, salat,
no‘xat, qovoqda bo‘ladi.
Oksaluriyani davolashda qo‘shimcha usul sifatida glitsin almashinuviga ta’sir
qilish uchun klyukvali mors qo‘llaniladi. Uning tarkibida natriy benzoati bo‘lib, u
glitsinning gippur kislotasiga aylanishini ta’minlaydi. Shuningdek glitsinni
organizm uchun xavfsiz boshqa mahsulotlarga aylantira oladigan V guruhi
vitaminlari ham tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |