Ortiqcha vazn va semizlik kasalligi tashhisi va dietoterapiyasi
Orticha vazn va semizlik – surunkali kasallik bo‘lib, inson tanasida modda
almashinuvi buzilishi natijasida patologik ortiqcha yog‘ to‘qimalarini to‘planishidir.
Inson organizimida ko‘p miqdorda yog‘ to‘qimalarga to‘planishi ortiqcha vazn
va semizlik bo‘lib, u quvvatni musbat muvozanati natijasida yuzaga keladi.
Rivojlangan davlatlarda 58-60% erkaklar va 50% ayollar ortiqcha vaznga ega,
shuningdek 20-22% erkaklar va 24-26% ayollar semizlik kasalligiga duchor
bo‘lgan.
O‘rta va yosh odamlarda yurak – qon tomir, insult, qandli diabet va boshqa
kasalliklardan o‘lim holati semizlik darajasiga proportsional o‘smoqda. Dunyo
axolisining 1.4 miliardga yaqini ortiqcha vaznga ega, hamda 500 millioni semizlik
222
kasalligiga duchor bo‘lgan. AQSh da 65% va Evropaning 46 davlatida semizlik
kasalligi tarqalishi axolini 45-50% ini tashkil etadi. Respublikamiz 45-64 yoshdagi
axolisining 44.6% noratsional ovqatlanish, jismoniy xarakatning keskin kamligi,
ortiqcha vazn va semizlikdan aziyat chekib kelmoqda. Jaxon sog‘liqni saqlash
tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra ortiqcha vazn va semizlik asosida rivojlanadigan
kasalliklar ko‘pincha noratsional ovqatlanish, gipodinamiya va kun tartibini
noto‘g‘ri tashkil etishdan kelib chiqadi. Lekin, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki
semizlik kasalliigini kelib chiqishi va rivojlanishida genetik omillar ham muxim
axamiyatga egadir. Eksperemental tadqiqotlarda ishtaxani boshqaruvchi beshta
genlar aniqlanib, birinchisi yog‘ to‘qimalaridagi oqsil bo‘lib leptinni kodlashtiradi,
ikkinchi leptin retseptorni miya to‘qimasida va qolgan uchta genlar esa nerv
impulsini leptin retseptorlari orqali o‘tkazishiga ta’sir ko‘rsatadi. Yana bir necha
genlar indentifikatsiya qilingan bo‘lib, ular tashqi va ichki omillar ta’sirida
mutatsiyaga uchraydi va semizlikka olib kelishi mumkin. Shuningdek, gipotireoz va
Kushing sindromi tana vaznining bemorlarda keskin oshishiga sabab bo‘ladi.
Semizlik ko‘pchilik noinfektsion kasalliklar va o‘lim holatini ko‘paytirdi. Semizlik
oqibatida ko‘pincha arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, 2- tip qandli diabet,
endokrin kasalliklar, metobolik sindrom, bo‘g‘imlarda degenerativ o‘zgarishlar,
nafas a’zolari kasalliklari, insult, psixosotsial o‘zgarishlar kuzatiladi. Semizlik
kasalligda yo‘g‘on ichak, to‘g‘ri ichak, biliar tizimda rak kasalligi, ayollarda esa
bachadon va ko‘krak bezlari kasalliklari, o‘t qopida tosh, xoletsistit,
tromboemboliya holatlariini ham rivojlanish xavfi yuqori.
Semizlik ta’sirida a’zo va to‘qimalarning kasallanishi:
Yurak koronar tomirlar patologiyasi, kardiomegaliya, yurak etishmovchiligi,
arterial gipertenziya, qandli diabet, metobolik sindrom, tromboemboliya va
tromboflebit, o‘pka gipoventilyatsiyasi, giperlipidemiya, o‘t qopi tosh kasalligi,
jigar tsirrozi, menstrual davrni buzilishi, artrozlar, ayniqsa katta bo‘g‘imlarda,
hujayra immunitetini va to‘qima regeneratsiyasini kuchsizlanishi.
Semizlik kasalligini tashxisi. Bemorlar anamnezida kasallikni dastlabki
belgilari ya’ni tana vaznini ortishi darajasi, kasbiy va oilaviy anamnez, ovqatlanish
xususiyatlari, tartibi, yot illatlar (chekish, spirtli ichimliklar istemol qilish,
giyoxvandlik), jismoniy faollik, vaznni kamaytirishga qaratilgan choralar, ayniqsa
garmonal preparatlar, biologik aktiv qo‘shimchalar, diuretik, ich ketkazuvchi
preparatlar qabul qilgani, shuningdek psixologik va ijtimoiy omillarni aniqlash
muximdir.
Semizlik klassifikatsiyasi: Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti 1997 yil semizlik
kasalligining darajalari klassifikatsiyasini tana vazni indeksini TVI aniqlash asosida
taklif etdi.
TVI 18.5 -24.9 kg/m²meyoriy vazn bo‘lib, bu holatda kasallik va o‘lim
ko‘rsatkichlari kam miqdorda bo‘ladi.
TVI 25.0 – 29.9 kg/m² meyoridan ko‘p bo‘lib, ortiqcha tana vaznini ko‘rsatadi
va semizlik oldi holati hisoblanadi.
TVI 30.0 – 34.9 kg/m² tana vazni yuqori bo‘lib, semizlikni I darajasi
xisoblanadi.
223
TVI 35.0 – 39.9 kg/m² tana vazni juda yuqori bo‘lib, semizlikni II darajasi
xisoblanadi.
TVI 40.0 kg/m² va unda yuqori bo‘lsa, tana vazni xaddan tashqari yuqori
bo‘lib, semizlikni III – IV darajasi xisoblanadi.
Tana vazni haqqoniy va ideal holatlarini qiyosiy tekshiruvida semizlik IV
darajada tafovut etiladi, ya’ni I darajada ortiqcha tana vazni 29 % gacha, II darajada
tana vazni 39-40% dan yuqori, III darajada 50-99% va IV darajada esa haqqoniy
tana vazni ideal vazndan 2 va undan ortiq marotaba oshadi.
Ideal tana vazni quyidagi formula orqali aniqlanadi:
R - Bo‘y o‘lchami (sm) – 100 ꞊ M – Tana vazni (kg) ± 10 %
Tana vaznini bo‘y uzunligiga mos kelishini bo‘y – og‘irlik ko‘rsatkichi
quyidagi formula bilan aniqlanadi:
I =(M ×100)/R
M – og‘irlik (kg), bo‘y uzunligi (sm).
I – indeks meyorida 37-40 bilan ifodalanadi.
Bo‘y va ko‘krak qafasi aylanasi o‘rtasidagi proportsionallik indeks:
I = (R ×100)/O
R – bo‘y uzunligi (sm), O – ko‘krak qafasi aylanasi (sm).
I – indeks meyorida 50-55 ga teng.
Pine indeks: Uchta ko‘rsatkich, ya’ni bo‘y uzunligi - (R sm), vazn – (M kg),
ko‘krak aylanasi (O sm).
I ꞊ R – (O + M)
I – indeks me’yorida 20 atrofida bo‘ladi.
Semizlik kasalligi kuchayib boruvchi, stabil (turg‘un) va reziduval (ozishdan
so‘ngi qoldiq) holatlarda kechishi mumkin.
Vazn ortishi va semizlik tana vazni indeksini (TVI) ortishi bilan aniqlanadi.
TVI 25 kg/m² dan yuqori bo‘lsa ortiqcha vazn, 30 kg/m² dan yuqori ko‘rsatkich
semizlik hisoblanadi.
Semizlik III daraja bosqichda kechadi, ya’ni TVI 30-35 kg/m² engil bosqich I
daraja, TVI 35-40 kg/m² holda II daraja o‘rta og‘irlikda va 40 kg/m² dan yuqorisi III
og‘ir darajali hisoblanadi. TVI dan tashqari tanada ortiqcha yog‘ qatlamlari
joylashuvini taqsimlanishiga axamiyat berish lozim, jumladan qorin, ko‘krak, bel
soxalari yoki tanani pastki qisimlarini semirishi. TVI dan tashqari bel soxasini
aylanma o‘lchami ham axamiyatga ega bo‘lib, u erkaklarda o‘rtacha 100-105 sm,
ayollarda esa 88-90 sm ni tashkil etadi. Bel aylanma o‘lchamini ikki son aylanma
o‘lchamlariga nisbatini ortishi (erkaklarda 1.0 ayollarda 0.85 dan yuqori) turli
kasalliklar, jumladan yurak – qon tomir kasalligi, metobolik sindrom, qandli diabet,
insult va boshqa kasalliklarga yuqori moyillik tug‘diradi.
Qorin bo‘shlig‘ida ortiqcha yog‘ moddasini yig‘ilishi TVI birday bo‘lgan holda
teri osti yog‘ kletchatkalarida to‘planishi salomatlik uchun xavfli hisoblanadi.
Klinik tekshiruv bosqichlari
Semizlik darajasini aniqlash uchun TVI hisoblash, ya’ni tana vazni (kg)/ bo‘y
o‘lchami (m²). TVI 25-40 kg/m² va ortiq holati ortiqcha tana vazni va semizlik
kasalligini uch bosqichdagi darajasini ko‘rsatadi.
224
Tanada ortiqcha yog‘ qatlamini taqsimlanishini belgilash uchun bel aylanma
o‘lchamini oyoq sonlarining aylanma o‘lchamlari nisbati aniqlanadi.
Musbat quvvat muvozanatini aniqlash uchun haqqoniy ovqatlanish holati va
ovqatlanish tartibi bilan tanishiladi.
Asosiy modda almashinuvi aniqlanadi.
Teri osti yog‘ kletchatkasi qalinligi aniqlanadi.
Semizlik kasalligi ta’sirida tana a’zolar va tizimlaridagi o‘zgarishlarni aniqlash
uchun quyidagi laboratoriya va tibbiy jixozlar yordamida tekshiruv o‘tkaziladi.
- Arterial qon bosimni o‘lchash va arterial gipertoniya darajasini aniqlash.
- Qand zardobida xolesterin, triglitseridlar, lipoproteinlar (yuqori va past
zichlikdagi) miqdori, lipaza, diastaza fermentlar aktivligini aniqlash yordamida yog‘
almashiruvi buzilishini belgilash.
- Qon va siydikda glyukoza miqdori, glikemik profil va glyukozaga moyillik
testi orqali qandli diabetni 2 tipini aniqlash mumkin.
- Qon zardobida siydik kislotasini aniqlash giperurikemiyani xarakterlaydi.
- EKG va Exokardiografiya tekshiruvlari yordamida yurak – qon tomir
kasalliklarini tashxislash mumkin.
- Bosh miya qon tomirlarini angiografiyasida insult asoratlari aniqlanadi.
- Rentgenografik tekshiruvda bo‘g‘imlarda osteoartroz kasalligi aniqlanadi.
Ortiqcha vazn va semizlik kasalliklarida dietoterapiya tamoyillari.
Ovqat ratsionida ozuqaviy quvvatni uglevod va yog‘ mahsulotlari hisobiga
kamaytirish.
Oqsil miqdorini oziq – ovqat mahsulotlarida meyorida yoki ozgina ko‘p
miqdorda bo‘lishii. (To‘qimalarda oqsil kamayishini oldinii olish, to‘qlik xissini
saqlash va quvvatni asosiy qismini oqsil xisobiga qoplanishi uchun).
Uglevodlarni keskin cheklash, avvalo qand, qandolatlar, shirin ichimliklar,
bug‘idoy oq unidan tayyorlangan non, xamirli taomlar va boshqalar.
Yog‘ mahsulotlarini cheklash, asosan o‘simlik yog‘i kun davomida 30-35 gr
istemol qilinishi lozim, chunki ular yog‘ moddalarinii parchalaydigan fermentlar
faolligini stimulyatsiya qiladi.
Osh tuzi miqdori kun davomida meyorida, ya’ni JSST tavsiyasiga ko‘ra 5
grammdan oshmasligi kerak. Tuzni kam miqdorda istemol qilish ochlik xissini va
ishtaxani pasaytiradi va tanada ortiqcha suv to‘planishini oldini oladi.
Suv istemolini faslga bog‘liq holda cheklash qaysiki yog‘ parchalanishini
tezlatadi. Ishtaxani oshiruvchi va quvvatni ko‘paytiruvchi spirtli va boshqa
ichimliklar istemoli taqiqlanadi.
Ishtaxa markazini qo‘zg‘atuvchi taomlar va mahsulotlar (tuzli, achchiq,
dudlangan, konservalar, marinad qilingan mahsulotlar) ratsionga kiritilmaydi.
Semizlikni darajasiga mos holda davolash jarayonida 8, 8a va 8-o parhez
dasturxonlari qo‘llaniladi.
Semizlikni II-III darajasida, ya’ni tana vaznini 15-50% ga oshish holatida 8 –
parhez dasturxoni tavsiya etiladi va uni kimyoviy tarkibi quyidagicha:
Oqsillar 120 gr (50% xayvon oqsili).
Yog‘lar 90 gr
225
Uglevodlar 120 gr.
Quvvat darajasi 1800 kkal dan
Suv miqdori yuqori – 1- 1.2 litr.
Parhezda oqsil moddalari asosan go‘sht, baliq, dengiz mahsulotlari, sut
mahsulotlari, tuxum oqsili va dukkaklilar xisobidan bo‘lishi kerak.
Yog‘ moddalari o‘simlik yog‘lari, sariyog‘ va smetana shaklida qabul qilinishi,
uglevodlar esa sabzavotlar va mevalar shaklida qabul etiladi.
Kun davomida 5-6 marotaba ovqatlanish tavsiya etiladi va ovqatlanish
o‘rtasida meva va sabzavot istemol qilish tavsiya etiladi.
Parhezda mumkin bo‘lmagan mahsulotlar:
Oliy va 1- navli bug‘idoy unidan tayyorlangan mahsulotlar va taomlar.
Makaron, kartoshkali, yormali, sutli sho‘rvalar.
Yog‘li go‘shtlar, o‘rdak, g‘oz go‘shtlari, sosiskalar, kanserva mahsulotlari.
Yog‘li qaymoq, tvorog, ryajenka, shirin yogurtlar, sho‘r va yog‘li pishloqlar.
Yog‘li navdagi baliq, ikra, dudlangan va yog‘dagi konserva baliqlar.
Yormalarni aksariyati grechka va perlovka bundan istisno.
Yog‘li, tuzli va o‘tkir sousi mahsulotlar, taomlar.
Shakar, shirin mevalar, muzqaymoq, qandolat mahsulotlari, qaxva, kakao.
Hayvon yog‘lari (mol, qo‘y, cho‘chqa va boshqalar)
Semizlikni 3 darajasida vazn 51-100% ga oshganda 8a parhez dasturxoni
tavsiya etiladi va kimyoviy tarkibi quyidagicha:
Oqsillar 80 gr (70 gr xayvon oqsili).
Yog‘lar 60-70 gr (35 gr o‘simlik yog‘i).
Uglevodlar 90-100 gr.
Quvvati 1200-1300 kkal
8a parhez 8 parhez dasturxonidan uglevodlarni keskin cheklanishi va suv
istemolini 0.8-1.0 litrgacha cheklanishi bilan farq qiladi.
Semizlikni III-IV darajasida RF “Ovqatlanish instituti” tomonidan taklif etilgan
8-0 parhez dasturxoni tavsiya etiladi. U 8 va 8a parhez dasturxonlari etarli darajada
samara bermaganda statsionar sharoitda 1 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda
belgilanadi.
Kimyoviy tarkibi:
Oqsillar 40-50 gr.
Yog‘lar 30-40 gr.
Uglevodlar 50-70 gr.
Quvvat 600-800 kkal.
Semizlik kasalligida, shuningdek “vazn kamaytiruvchi” – maxsus parhez
usullari qo‘llaniladi. Ushbu usullar semizlikda dietoterapiyasidan so‘ng 5-7-9
kundan so‘ng qo‘llash tavsiya etiladi. Ayniqsa vazn uyg‘unlashgandan so‘ng,
insulyar apparatni faoliyatini engillashtirish va yog‘ qatlamlaridan ortiqcha suvni
chiqarish uchun. Avval oqsilli, tvorogli yoki yog‘ moddali maxsus parhez usullari
tavsiya etiladi.
Vazn kamaytiruvchi oziq moddali maxsus parhezlar quyidagilar.
226
Oqsilli – go‘sht yoki baliq yog‘siz navi 80 gr miqdorda kun davomida 5 mahal
400 gr va sabzavotlar 100-150 gr 5 maxal 600-900 gr istemol qilinadi (pamidor,
karam, sabzi, bodring). 1-2 stakan shirin bo‘lmagan choy ichish mumkin.
Tvorogli parhez: yog‘siz yoki yog‘i 9% dan oshmagan tvarog 100 gr dan 5
mahal kun davomida 400-600 gr miqdorida istemol qilish va 2 stakan choy, 1 stakan
namatak damlamasi va 2 stakan yog‘siz qatiq (kefir), umuman 1 litr suyuqlik ichish
tavsiya etiladi.
Yog‘li (smetanali) maxsus parhezda 20-30% 80 gr smetana kun davomida 5
mahal, ya’ni 400 gr va 1-2 stakan namatak damlamasi tavsiya etiladi.
Ochlik bilan kechuvchi maxsus parhez turlari:
Olmali parhez: 1.5 kg olmani (dimlangan holda ham mumkin), kun davomida
5 mahal istemol qilinadi.
Sutli yoki qatiqli (kefir) parhez: ushbu mahsulotni 250-300 gr 5 mahal
umuman 1.2-1.5 litr kun davomida istemol qilish kerak.
Sharbatli parhez: 600 ml meva yoki sabzavot sharbati 200 gr suvda
aralashtirib, yoki 800 ml namatak damlamasi 200 ml dan 4 mahal qabul qilinadi.
Arpali (ovsyannaya) parhez: 140 gr bo‘tqani 5 mahal, ya’ni 700 gr 1-2 stakan
namatak damlamasi bilan qabul qilinadi.
Bodringli parhez: 1.5 kg bodring 300 gr dan 5 mahal tuzsiz istemol etish
lozim.
Salatli parhez: 1.3-1.5 kg sabzavot yoki mevadan tayyorlangan salatni 250-
300 gr dan 5 mahal istemol qilish, o‘simlik yog‘i tuzsiz smetana bilan.
Maxsus parhezni to‘liq ochlik usuli 1-2 kun muddatga belgilanib, odatda
engillashtiruvchi parhez turlari foyda bermagan holda kun davomida 1.5-2 litr
mineral suv (Barjomi shaklidagilar) istemol qilinadi va polivitaminlar tavsiya
etiladi.
Shuningdek ortiqcha vazn va semizlikni davosida o‘simliklar ham qo‘llaniladi.
Zanjabil (Imbir) – bu ta’m beruvchi ildizdan tayyorlangan ziravor davolovchi
xususiyatga ham ega: organizmni modda almashinuvini yaxshilaydi va tezlashtiradi,
shlaklar chiqishini ta’mirlaydi hamda qondagi xalesterin miqdorini kamaytiradi.
Zira – ovqatga solinadigan va yog‘ xujayralarining to‘planib qolishini
kamaytirish orqali ozishga yordam beruvchi ajoyib ziravor. Bu ziravor ortiqcha vazn
yig‘ilishining oldinii olishdan tashqari, oldindan mavjud bo‘lgan ortiqcha
kilogrammlardan qutilishga ham yordam beradi.
Vanil – juda foydali ziravor bo‘lib, u past kaloriyali taomlarga unutilmas maza
berib va ularni engil desert holiga keltiradi. Vanilin sababli organizm tezroq to‘yadi
hamda o‘zining jalb qiluvchi nozik xidi bilan kayfiyatni ko‘taradi.
Qalampirmunchoq – turli xil marinadlar, sous, pishiriqlarni tayyorlashda
hamda go‘sht va sabzavotlarni dimlashda ishlatiladigan ziravvor vaznni sezilarli
darajada kamayishiga yordam beradi. O‘zining mast qiluchi xidi va o‘tkir achchiq
ta’mi tufayli qalampirmunchoq kichik miqdorda glintveyn ichimligini tayyorlashda
ishlatiladi, halq tabobatida esa antiseptik vosita sifatida ishlatiladi.
Qora murch – tarkibida ortiqcha yog‘ni erishiga xizmat qiluvchi hamda
ortiqcha kaloriyani sarf qiladigan “piperin” moddasi mavjud. Bundan tashqari
227
murch qorin dam bo‘lishida va ovqat hazm bo‘lmasligida yordam beradi – u
organizmni isitadi, bu bilan undagi moddalar almashinuvini tezlashtiradi.
Gorchitsa (Xantal) – parhezli ovqat ratsionining eng kerakli va foydali
ziravoridir. Bu ziravor ham organizimdagi moddalar almashinuvini tezlashtiradi va
o‘z – o‘zidan ortiqcha vaznning ketishiga xizmat qiladi.
Kardamon – bu zanjabilgullilar oilasiga mansub bo‘lgan dorivor yog‘ erituvchi
xususiyatga ega bo‘lib, ichaklarni tozalaydi, organizmdan tuz va shilimshiqlarni
chiqarib yuboradi.
Kurkuma – juda foydali ziravor bo‘lib, qondagi qand miqdorini
meyorlashtiradi, organizmdagi kaloriya va yog‘ni eritadi hamda ichaklarda qulay
mikroflorani yaratadi.
Yalpiz – dorivor o‘simlik, uning barglari ovqat hazm qilish yo‘lini
yaxshilovchi, safro xaydovchi va ko‘ngil aynashini bosuvchi xususiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |