Klinik dietologiya va nutrisiologiya


Eliminasion dieta va ovqat kundaligi



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Eliminasion dieta va ovqat kundaligi 
 El  elkalar,  qazi,  ot  go‘shti  iste’mol  qilish  mumkin  emas.iminatsion  dietani 
tuzish  uchun  kasallikka  sabab  bo‘luvchi  ovqat  moddalarini  aniqlovchi  ovqat 
kundaligi tutiladi. 
Ovqat  kundaligi  –  iste’mol  qilingan  barcha  mahsulotlarni  sana,  oy  va  soat 
ko‘rsatilgan holda qayd qilib boriladigan daftar. Bunda alohida ustunlarda teri rangi, 
nafas olish va ovqat hazm qilish sistemalarining holati ko‘rsatiladi. Oxirgi ustunda 
umumiy  ahvol,  uyqu,  ishtaha,  dorilarning  qabul  qilinishi,  ovqatga  yaqqol  dahldor 
bo‘lmagan simptomlar aks etadi.  
Ovqat  kundaligini  yuritish  davomida  gormonlarni,  shuningdek  antigistamin 
preparatlarni qabul qilish mumkin emas. 
Turli manbalarga ko‘ra ovqat kundaligi 20 kundan 2 oygacha yuritiladi, bunda 
haftada kamida bir marta barcha ma’lumotlar vrach tomonidan ko‘zdan kechiriladi. 
Agar  mazkur  dieta  fonida  kasallikning  qo‘zg‘alishi  bir  necha  marotaba  ma’lum 
mahsulotlar bilan mos tushsa, bu mahsulotlar kamida 2 hafta muddatga dietadan olib 
tashlanadi.  Kasallik simptomlari  yo‘qolgach,  tekshirish  uchun  dietaga  cheklangan 
mahsulotlardan  biri  qo‘shiladi.  Agar  uni  har  kuni  iste’mol  qilganda  kasallik 
o‘tkirlashmasa, 7 kundan so‘ng boshqa bir cheklangan mahsulot qo‘shiladi va h.k. 
Individual dietani tuzishning umumiy tamoyillari: 
Ovqat kundaligini analiz qilganda quyidagi variantlar bo‘lishi mumkin. 
1. Birinchi guruh obligat allergenlarga nisbatan allergiya aniqlandi (shokolad, 
kakao, tsitrus mevalari, anor, qovun, smorodina, qulupnay, malina, asal, baliq, ikra, 
yong‘oq, qo‘ziqorinlar) va bu holatda nospetsifik gipoallergen dieta belgilanadi. 
2. Ikkinchi guruh obligat allergenlarga nisbatan allergiya xolati aniqlandi (sut, 
tuxum). 
3.  Noobligat  allergenlarga  nisbatan  allergiya  xolati  aniqlandi  (donli 
mahsulotlar, go‘sht, sabzavotlar). 
Ikkinchi va uchinchi holatlarda aniqlangan allergenni dietadan chiqarish lozim, 
buning uchun shifokorga murojaat qilish va uning tavsiyalariga amal qilish kerak. 
Ko‘krak yoshidagi bolalar uchun dietadavo taktikasi. 
1.  Ona  va  bolaga  nospetsifik  gipoallergen  dieta  belgilanadi  ya’ni  sanoatda 
ishlab  chiqarilgan,  konservantlar,  emulgatorlar,  bo‘yoqlar  va  aromatizatorlar 
tutuvchi  barcha  mahsulotlar  cheklanadi.  Ichaklar  shilliq  qavatini  ta’sirlantirishi 
mumkin bo‘lgan ekstraktiv ovqatlar (baliq va go‘shtli bulyonlar) cheklanadi va bu 
bosqichda sut va qatiq mahsulotlari ham cheklanadi. 


211 
 
2. Allergik reaktsiyani chaqiruvchi mahsulot aniqlangach, 3 oydan 6 oygacha 
bo‘lgan muddatga individual dieta tuziladi. 
Sigir sutiga allergiya bo‘lganda ovqatlanish. 
Sigir  suti  tarkibiga  kiruvchi  uchta  oqsil:  α-laktoalbumin,  β-laktoglobulin  va 
kazein eng kuchli senzibilizatsiyalovchi faollikka ega.  
Ulardan birinchisi (α-laktoalbumin) qaynatish, quritish, bijg‘itish jarayonlarida 
parchalanadi,  shu  sababli  quruq  sut,  qaynatilgan  sut  va  qatiq  allergik  reaktsiya 
chaqirmaydi. Allergiyaning bu turi katta yoshli bolalar va kattalarda uchraydi. 
Agar  sutning  termostabil  oqsillariga  (β-laktoglobulin,  kazein)  nisbatan 
allergiya paydo bo‘lsa, sigir suti ratsiondan umuman chiqarib tashlanadi. 
Bir  yoshgacha  bo‘lgan  bolalar  uchun  sigir  sutini  qabul  qila  olmaslikda  bir 
yoshgacha ona suti bilan oziqlantirish, qo‘shimcha ovqatlarni tayyorlashda ham ona 
sutidan  foydalanish  optimal  variant  bo‘ladi,  lekin  tashqari  ona  ham  sigir  suti 
iste’molini  cheklashi  lozim.  Agar  bola  sun’iy  ovqatlantirishda  bo‘lsa,  boshqa 
hayvonlar  (echki,  ot)  sutidan  yoki  o‘simlik  sutlaridan,  ya’ni  soya  aralashmalari, 
bodom sutidan foydalanish mumkin.  
Agar  soya  aralashmalariga  nisbatan  ham  allergiya  rivojlansa,  ular  oqsil 
gidrolizatlari bilan almashtiriladi. 
Soya  aralashmalarini  qo‘llash  qoidalari  shundan  iboratki,  bola  5  oydan  katta 
bo‘lishi  kerak,  aralashma  asta-sekin  hafta  davomida,  boshqa  ovqatlar  o‘rniga 
kiritiladi, sut mahsulotlari ratsiondan olib tashlanadi va soya aralashmalari 3 oydan 
kam bo‘lmagan muddat davomida qo‘llanadi. 
Hozirgi  kunda  bolalar  uchun  turli  xildagi  gipoallergen  aralashmalar  mavjud. 
Ko‘pchilik bolalarga 6 oydan o‘tiboq dietaga sut mahsulotlarini qo‘shish mumkin. 
Bunda saryog‘dan boshlab asta-sekin aralashmalarga o‘tish tavsiya etiladi. 
Tovuq tuxumiga allergiya bo‘lganda ovqatlanish. 
Tovuq  tuxumining  oqi  va  sarig‘i  turli  sensibilizatsiyalovchi  faollikka  ega, 
chunonchi ko‘proq hollarda allergiyaga tuxum oqini iste’mol qilish sabab bo‘ladi. 
Shu  bilan  birga  tuxum  oqi  va  sarig‘iga  allergiya  bir  vaqtda  bo‘lmasligi  mumkin. 
Tuxum oqsillari ham tarkib jihatdan turlicha, ya’ni ularda termolabil va termostabil 
komponentlar  mavjud.  Agar  allergiya  termolabil  antigenlarga  qarshi  rivojlansa, 
yaxshi qaynatilgan tuxum allergiya chaqirmaydi. Qaynatilgan tuxumning allergiya 
chaqirishi  esa,  termostabil  oqsillarga  nisbatan  sensibilizasiyadan  darak  beradi. 
Oxirgi  holatda  tuxum  va  tarkibida  tuxum  tutuvchi  mahsulotlardan  (makaron 
mahsulotlari, pudinglar, konfet, zefir, mayonez, sous, kotlet, salat, krem, biskvitlar) 
umuman cheklanish lozimdir.  
Tovuq  tuxumi  va  go‘shti  oqsillari,  A  vitamin,  V  guruh  vitaminlari,  temir 
manbai  hisoblanadi.  Ularning  o‘rniga  teng  qiymatli  mahsulot  sifatida  baliqdan 
foydalanish  mumkin,  uning  oqsillari  qiymat  va  o‘zlashtirilishi  jihatidan  tovuq 
go‘shtiga  yaqin  turadi.  Tam  jihatdan  quyon  go‘shti  qush  go‘shtini  eslatadi, 
shuningdek u temir, kaliy, fosfor va marganetsga boy.  
Ratsionga  temir  tutuvchi  qo‘shimcha  mahsulotlarni  (mayiz,  pista,  kakao, 
dukkaklilar),  V  guruh  vitaminlarini  tutuvchi  mahsulotlarni  (quruq  pivo  achitqisi, 


212 
 
yong‘oq,  pishloq),  mis  tutuvchi  mahsulotlarni  (sarimsoq  piyoz,  avokado,  dengiz 
karami) kiritish ham foydali bo‘ladi. 
Tovuq tuxumining o‘rnini bedana tuxumi bilan bosish mumkin, ularni taomlar 
tayyorlashda  ham  ishlatish  mumkin.  Tuxumlarning  o‘rnini  soya  uni  ham  bosishi 
mumkin  (2  osh  qoshiq  un  2  osh  qoshiq  suvda  aralashtiriladi,  bu  aralashmaning 
qiymati bitta tuxumniki bilan teng bo‘ladi). 
Don mahsulotlarga allergiya bo‘lganda ovqatlanish. 
Barcha  turdagi  don  mahsulotlarini  qabul  qila  olmaslik  –  juda  kam  uchrovchi 
holatdir.  Odatda  allergiya  bitta  yoki  bir  nechta  don  mahsulotlariga  nisbatan 
sensibilizatsiya bilan kechadi. Ko‘krak bilan oziqlantiriladigan bolalarda allergiya 
qo‘shimcha  tarzda  bo‘tqalar  berish  natijasida  paydo  bo‘lishi  mumkin.  Sun’iy 
ovqatlantirishda bo‘lgan bolalarda esa, allergiya simptomlari avvalroq  –  yormalar 
qo‘shilgan sut aralashmalari berila boshlaganda paydo bo‘ladi.  
Eng  kuchli  allergen  bug‘doy  hisoblanadi.  Hayotning  birinchi  yilida  mannka 
yormasi  berila  boshlaganda  bug‘doyga  nisbatan  allergiya  rivojlanadi.  Bunda, 
allergiyaning sababi sutmi, yoki yormami degan savolga javob topish lozim bo‘ladi. 
Buning uchun suvda qaynatilgan  va saryog‘ qo‘shilmagan  mannka  yormasi sinov 
tarzida berib ko‘riladi.  
Bug‘doyga  allergiya  bo‘lganda  ratsiondan  mannka  yormasi,  makaron 
mahsulotlari,  bug‘doy  noni,  bug‘doy  asosidagi  kofe,  qandolat  mahsulotlari, 
muzqaymoq,  pivo,  viski,  bug‘doy  arog‘i,  konservalangan  sho‘rvalar,  bulyon 
kubiklari, quruq ziravorlar, sosiska, kolbasa va konservalar chiqarib tashlanadi. Unni 
panirovkada va souslar tayyorlashda ishlatish mumkin emas. 
Allergiya chaqirish chastotasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda suli va grechka turadi. 
Juda kam hollarda guruch, javdar, arpaga allergiya paydo bo‘ladi.  
Donli  mahsulotlar  tarkibidagi  uglevodlarning  o‘rnini  kartoshka,  dukkaklilar, 
banan  hisobiga  to‘lg‘azish  mumkin.  Vitamin  va  mikroelementlarni  esa  sut 
mahsulotlari, baliq, go‘sht, ko‘katlardan olish mumkin. 
Hayvonlar go‘shtiga allergiya bo‘lganda ovqatlanish. 
Hayvonlar  go‘shtini  allergik  qabul  qila  olmaslik  qush  go‘shtini  qabul  qila 
olmaslikka  nisbatan  juda  kam  uchraydi.  Bunda  hayvon  go‘shtiga  nisbatan 
sensibilizatsiya kesishgan xarakterga ega bo‘lmay, bir turdagi hayvon go‘shti bilan 
cheklanadi.  Ko‘p  holda  quyon  va  mol  go‘shtiga  nisbatan  allergiya  uchraydi, 
allergiya chaqirmaydigan go‘sht turlari ovqat kundaligi yordamida aniqlanadi.  
Hayaon juniga  va  go‘shtiga  nisbatan allergiya bo‘lish  imkoniyati  mavjud (ot 
qazg‘og‘i  va  ot  go‘shti,  quyon  juni  va  quyon  go‘shti).  Go‘shtli  va  tovuqli 
bulyonlarga  qarshi  allergiya  paydo  bo‘lsa,  bu  har  doim  ham  go‘shtga  nisbatan 
allergiyani bildirmaydi, balki bu reaktsiya bulyon tarkibidagi ekstraktiv moddalarga 
nisbatan  paydo  bo‘lgan  bo‘lishi  ham  mumkin.  Bunday  holatlarda  go‘shtni 
ratsiondan olib tashlash kerak emas balki bul’yoni ratsiondan chiqarilishi lozim. 


213 
 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish