207
13-BOB. ALLERGIK KASALLIKLARDA DIETOTERAPIYA
Allergik kasalliklar tasnifi
Allergik kasalliklar allergik reaktsiya turiga qarab bir qancha guruhlarga
bo‘linadi.
1. Anafilaktik shok, qichima, Kvinke shishi, rinitlar, bronxial astma. Bu
kasalliklarning asosida darhol yuzaga keluvchi allergik reaktsiyalar yotadi. Bunda
allergen va antitela o‘rtasida reaktsiya sodir bo‘lib, biologik faol moddalar
(gistamin, serotonin) ajralib chiqadi.
2. Allergik reaktsiyaning ikkinchi turida allergen dastlab hujayra bilan aloqaga
kirishadi, so‘ng antitelalar “allergen – hujayra” kompleksi bilan bog‘lanadi.
3.
Sekinlashtirilgan
turdagi
gipersezgirlik
reaktsiyasi
allergenning
sensibilizatsiyalangan qon hujayralari bilan ta’sirlashuvi sodir bo‘lib, natijada toksik
moddalar ajralib chiqadi.
Yuqoridagi reaktsiyalarning barcha turlari bitta bemorda bo‘lishi ham mumkin.
Allergen rolini ovqat mahsulotlari, kimyoviy moddalar, dori vositalari,
organizmning kasallik sababli o‘zgargan xususiy oqsillari, mikrob va viruslar
bajarishi mumkin.
Oqsillarning hazm jarayonida fermentativ ishlanishi uning antigenlik
xususiyatlarining yo‘qolishiga olib keladi, lekin, ayrim patologik holatlarda ovqat
hazm qilish jarayonida yangi ikkilamchi ovqat allergeni shakllanishi mumkin.
Huddi shunday fenomen termik ishlov berilgan ovqatda ham kuzatilishi
mumkin.
Allergenlar ekzogen va endogen guruhlarga ajratiladi. Birinchi guruh
allergenlar organizmga nafas olganda, ovqatlanganda tashqaridan tushsa, ikkinchi
guruh allergenlar organizmning o‘zida, to‘qimalarning shikastlanishi natijasida hosil
bo‘ladi.
Ekzogen allergenlar:
- maishiy va epidermal (uydagi chang, mog‘or zamburug‘lari, uy
hayvonlarining yunglari, qushlarning pat va parlari, qazg‘oq, akvarium baliqlarining
ovqati), turli daraxt va o‘tlarning changlari, bakterial va virusologik, dorivor,
vaksina va zardoblar,
qon preparatlari va boshqa bo‘lishi mumkin.
Shamol yordamida changlanuvchi o‘simliklar changi allergik kasallik –
pollinozni keltirib chiqaradi. Zamburug‘ allergiyasi uy-joy, ofislarda uchrovchi
zamburug‘larning sporalari tufayli yuzaga keladi.
Allergenlarning alohida katta guruhini dori vositalari tashkil qiladi, jumladan
antibiotiklar, sulfanilamidlar, analgetiklar, vitaminlar, gormonlar, kosmetika, kir
yuvish kukunlari, tozalovchi vositalar, laklar, bo‘yoqlar, erituvchilar tarkibiga
kiruvchi kimyoviy moddalar teridagi yallig‘lanishga, hatto bronxial astma va
neyrodermitning qo‘zg‘alishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Oziq-ovqat allergenlari
Ovqat mahsulotlari – eng keng tarqalgan allergenlar guruhi bo‘lib, ularni
allergiya darajasi quyidagicha: sut va sut mahsulotlari – 76,9 %, tuxum – 40,4 %,
baliq – 36,5 %, sabzi – 35,6 %, tsitrus mevalari – 28,8 %, tovuq – 13,5 %, bug‘doy
208
– 12,5 %, suli – 12,5 %, mol go‘shti – 9,6 %, shokolad – 8,7 %, grechka – 7,7 %,
qulupnay – 7,7 %, smorodina – 7,7 %, guruch, pomidor, kartoshka, lavlagi,
olma, qo‘ziqorin, uzum, javdar, karam, yashil no‘xat, ikra, anor, malina – 7 %dan
kam.
Ovqat allergiyasi simptomlari ovqat mahsulotlariga texnologik ishlov berish
jarayonida qo‘shiladigan turli ballast moddalar tufayli ham paydo bo‘lishi mumkin.
Jumladan: rang beruvchilar,
konservantlar (oltingugurt oksidi, natriy benzoat,
efir 4- gidroksibenzoat), quyiltirgichlar, suyultirgichlar, tam kuchaytirgichlar,
aromatizatorlar (salitsilatlar, mentol), emulgatorlar.
Eng salbiy ta’sirga tartrazin (konfetlar, rangli zefir, makaronlar, pryaniklar,
tayyor pudinglar, muzqaymoq, gazli ichimlik va sharbatlarda bo‘ladi) kabi
qo‘shimchalar ega bo‘ladi.
Yashirin allergenlarga antibiotiklar (sutda), soya (go‘shtli yarim tayyor
mahsulotlarda), yong‘oqlar, kimyoviy aromatizatorlar (qandolat mahsulotlarida)
kiradi.
Allergik kasalliklar turlicha namoyon bo‘lishiga qaramay, ularning asosida
o‘xshash jarayon yotadi, bu barcha allergik kasalliklarni davolashda umumiy
yondoshuvlarga asoslanish imkonini beradi. Har qanday allergik reaktsiyada dastlab
allergiyani chaqirgan moddaning ta’sirini to‘xtatish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |