7 – topshiriq. Ish-harakat bir kishi tomonidan bajarilsa-da, nima sababdan “men bajardim” deyish o`rniga ko`pchilik hollarda “biz bajardik ” deyiladi?
8 – topshiriq. “ Sizlarning yaxshingiz xushxulq, shirin suhbatlaringizdir” deyilgan hadisda “siz” so`zini qo`llash ham mumkin bo`lgan holda nega “sizlar ” so`zi qo`llanilgan?
9 – topshiriq. “Kishining ishi to`g`rilik bo`lsa, bu uning uchun eng yaxshi maqtovdir” degan gapdagi “u” va “bu” so`zlari olmoshning qaysi turlariga mansub va nima uchun?
Berilgan har uchala (7-,8-,9-) topshiriq kishilik olmoshlariga aloqador, ya`ni men, sen, u, biz, siz, ular olmoshlarining birlik yoki ko`pligiga misol qilingan. O`quvchiga muammo tug`dirayotgan holat mazmun jihatdan birlik (7-8-topshiriqlar) shakl jihatdan ko`plikda kelayotganidir. Yoki kishilik olmoshining III- shaxsdagi holati bilan ko`rsatish olmoshi bir xil ko`rinishga ega.
Bu topshiriqlar musobaqa tarzida bajartiriladi. Qaysi qator (maktablarda o`quvchilar sinfda asosan uch qator bo`lib o`tirishadi)dagi o`quvchilar tezroq va to`g`ri javob bersa, musobaqada o`sha qator(guruh) g`olib sanaladi .
Har qanday musobaqada guruhlar taqdirlanishi kerak, chunki rag`bat va maqtov yosh(o`quvchi)larni oldinga intilishga chorlaydi.
10-topshiriq.Harflarning joyini o`zgartirib, joy nomlari hosil qiling ?
mal-xab ─ Baxmal
anor – ohang ─ Ohangaron
zo`r – nav ─ Navro`z
qolub- almul ─ Mullabuloq
oq- lalmi ─ Olmaliq
boyagi-don ─ Yangiobod
armon-haq ─ Qahramon
o`st- kild ─ Do`stlik
kek-ko`tar ─ Ko`kterak
lolag`- laro ─ G`allaorol
11-topshiriq. “Chopmoq”, “Yugurmoq” fe`llarining mazmunan(semantik) farqli va yaqinlashadigan o`rinlarini aniqlang !
“Bola ko`chaga qarab chopdi (yugurdi)” gapida chopmoq va yugurmoq fe`llari bir- biriga yaqinlashadi. Ularni yaqinlashtiradigan harakat bolaning chopishi va yugurishi. Aslida ular o`rtasida ham ma’no nozikligi bor. Bola shiddat bilan yugurib ketsa, unda chopdi bo`ladi (Bola chopib ketdi). Unday harakat bo`lmasa, “yugurib ketdi” bo`ladi. Ko`pchilik holatda bolaga buyruq beramiz “chopib bor!”.
Aslida “chopmoq” fe`li qo`l harakati bilan bog`liq bo`lib, “bolta bilan chopmoq”, “yer chopmoq”, “qilich chopmoq” nazarda tutiladi. Xulosa qilganda “chopmoq” qo`lga aloqador, “yugurmoq” oyoqqa aloqador harakatni anglatadi.
Hayotda uchraydigan narsa va hodisalarga o`quvchilarni munosabat bildirishga o`rgatish ularning fikrlarini tiniqlashtirib boradi.
Darsda muammoli vaziyat yaratishda fanlararo integratsiya ham yordam beradi. Masalan, o`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish maqsadida iqtisodiy mavzudagi “Rivoyat” tahlil qilinishi mumkin. Bunda rivoyatning bir qismi (birinchi qismi) O`qilgan qismidan topshiriqlar beriladi. Topshiriqlarni bajargandan keyin rivoyatning ikkinchi qismi o`qiladi. O`quvchilar topshiriqni bajarishda chiqargan xulosalarini u bilan taqqoslaydilar. “Rivoyat”.
“ Kunlarning birida, kechasi bir boy daryodan o`tayotganida suvga o`n tanga puli tushib ketdi. Shunda boy ishchi yollab, pullarning hammasini topishni buyurdi. Buni kuzatib turgan bir kishi bu ishning foydasidan zarari ko`pligini, odam yollash, mash`ala sotib olish uchun ko`p pul sarflanishini aytdi…” Shu joyga kelganda yuqoridagi matn asosida topshiriqlar beriladi.
I topshiriq. Matndagi fe`llarni aniqlang .
II topshiriq. Fe`llar qanday gap bo`lagi vazifasida kelmoqda?
III topshiriq. O`quvchilarning iqtisodiy bilimlarini va kuzatuvchanligini hisobga olib quyidagi savollar beriladi:
Kuzatuvchining gapini siz qanday baholaysiz?
Boyning o`rnida bo`lganda siz nima qilar edingiz?
Bu savollarga javob berish bilan o`quvchilarda hayotda uchraydigan narsa, hodisalarga o`z munosabatini bildirish ko`nikmalari shakllana boradi.
Shundan so`ng rivoyatning davomi o`qiladi. “…Boy kuzatuvchining fikriga e`tiroz bildirib, aytdi: ─ Bu ishda xasislik qilish kerak emas, chunki sarflangan pul yo`qolib ketmaydi, kishilarga foyda keltiradi. Suvga tushgan pul esa butunlay yo`q bo`lib ketadi.”
Do'stlaringiz bilan baham: |