Nasihat.
…Tag`in bir toifa odamlar hunarmandlardir, ular o`z rizq-ro`zlari uchun hunarmandchilik qiladilar.
Bular ham senga kerakli kishilardir, ularni o`zingga yaqin tut, manfaatlari tegadi, ey bahodir.
Temirchilar, etikdo`zlar, o`ymakor, duradgorlar, bo`yoqchilar, rassomlar, o`qsozlar va yoysozlar shu toifadan bo`ladilar.
Bu dunyoning go`zalliklari ulardan chiqadi, olamdagi hayratomuz ishlarni shular sodir qiladilar.
Bularga o`xshashlar ko`p, sanayversa suv cho`ziladi, sen o`zing tushunib ol, men so`zni tamomlayman.
“To`kin dasturxon” o`yini. Bu o`yinda o`qituvchining stoliga sun`iy mevalar terib qo`yiladi. Har bir mevaga qog`ozga so`z yozib yopishtirib qo`yiladi. Har qaysi guruhdan vakil chiqib, stoldagi mevalardan faqat o`zakdoshlarini topib patnisga terib olishi kerak. Topshiriqni to`g`ri bajargan guruh bir balli bo`ladi. So`zlar:
Bog` Bo`y Qirq
1. Bo`yinbog` 1. Bo`ydor 1. Qirqbo`g`in
2. Belbog` 2. Bo`ydoq 2. Qirqim
3. Bog`cha 3. Bo`yin 3. Qirqilmoq
4. Bog`dorchilik 4. Bo`ydoqlik 4. Qirqkokil
5. Bog`siz 5. Badbo`y 5.Qirqma
6. Bebog` 6. Bo`yinbog` 6. Qirqmoq
7. Bog`la 7. Bo`yinturuq 7. Qirqoyoq
8.Bog`im 8. Bo`yincha 8. Qirqquloq
9. Bog`ich 9. Bo`yli 9. Qirqtirmoq
10. Bog`bon 10. Bo`ychang 10. Qirqog`ayni
Eslatma: Mevalarni tayyorlash qiyinchilik tug`dirsa, so`zlarning sonini kamaytirish mumkin. Aynan shu so`zlardan boshqa ham o`zakdosh so`zlarni qo`yish mumkin.
“Uch so`z ” o`yini. Maktablardagi doskalar uch qismdan iborat. Shuning uchun har bir qismga bittadan “Bilim”, “Botir”, “Do`st” so`zlari yozib qo`yiladi. Har bir guruhdan vakillar chiqib, doskaning o`zlari uchun ajratib qo`yilgan qismiga shu so`zlar ishtirok etgan maqollardan yozishlari kerak. Bu o`yinda vaqt chegaralanadi. Besh daqiqa ichida qaysi guruh ko`p maqol yozsa, o`sha guruh g`olib sanaladi. (Har bir maqol uchun bir ball beriladi). Masalan,
Bilgan o`zar, bilmagan to`zar.
Bilagi zo`r birni yiqar, Bilimi zo`r – mingni.
Bilim aql chirog`i.
Bilim baxt keltirar.
Bilimli kishi o`zar, Bilimsiz kishi to`zar.
Botirdan o`lim ham qo`rqadi.
Mo`ltonidan “botir ” chiqsa, chodiriga o`t qo`yar.
Botir topsa barcha yer, Baxil topsa, bosib yer.
Botir yovda bilinear, So`zchi dovda bilinar.
Botir qilichsiz ham botir.
Dushmaningni qarg`ama, do`stingga tegar.
Do`st achitib so`zlar, Dushman – kuldirib.
Do`st boshga boqar, Dushman – oyoqqa.
Do`sting ming bo`lsa ham – oz, Dushmaning bir bo`lsa ham – ko`p.
Do`st boshinga ish tushganda bilinadi.
“So`z tarkibi adashdi” o`yini. Doskaga har bir guruh uchun alohida-alohida beshtadan so`z yozilgan qog`oz(plakat) osib qo`yiladi. Har bir guruhdan vakillar chiqib, morfemalari adashtirib yozilgan so`zlarning asos va qo`shimchalarini chaqqonlik bilan o`z o`rniga qo`yishi kerak. Bu o`yin bilan muammoli vaziyat ham hosil qilish mumkin.
1 – guruhga 2 – guruhga 3 – guruhga
Lang`ayratditir Lashtirmurakkabmoq Imdonbillik
Likningxong`azal Markazganlashiltir Bilmoqjirat
Likchiquyonning Chidorbog`ninglik Rasionalirlik
G`allagikordalik Nuqsonbegina Malaisitgan
Likg`ildira Kaparvarvatanlik Lannafratditir
Asos va qo`shimchalarning o`rniga qo`yilgani (javobi)
G`ayratlantirdi Murakkablashtirmoq Bilimdonlik
G`zalxonlikning Markazlashtirilgan Biljiratmoq
Quyonchilikning Bog`dorchilikning Irrasionallik
G`allakorlikdagi Benuqsongina Isitmalagan
G`ildirakli Vatanparvarlikka Nafratlantirdi.
Topshiriqni tez bajargan guruhga bir ball beriladi.
“Hashar” o`yini. Doskaga birorta rasm osiladi(ilinadi). Har bir guruh birgalikda rasmga qarab “hashar” yo`li bilan (ya`ni har bir guruh a`zosi o`z jumlasi bilan qo`shilib) matn tuzish kerak. Tez va chiroyli matn tuzgan guruh bir ball oladi.
Guruhlarning bu topshiriq(o`yin-topshiriq)larni bajarganliklarini baholashda o`quvchilarning so`z qo`llashi, ijodiy fikrlashi, ijodkorlik qobiliyatlari, nutqining ravonligi e`tiborga olinadi va dars yakunida eng ko`p ball to`plagan guruh g`olib deb e`lon qilinadi. (Birorta rasm).
Biz yuqorida takrorlash, qayta xotirlash tipidagi mashg`ulotlarga mo`ljallangan topshiriqlar, o`yin-topshiriqlar,grammatik o`yinlar, topishmoqlardan namunalar keltirdik. Bular, o`ylaymizki, o`qituvchilar (metodikadan amaliy mashg`ulotga tayyorlanayotgan talabalar) uchun qo`llanma vazifasini o`taydi. Shunday prinsp(tamoyil)lar asosida istagancha o`yin-topshiriqlar yaratib dars davomida qo`llashlari mumkin.
Yuqorida ta`kidlanganidek, ona tili ta`limining bosh maqsadi o`quvchilarni ijodiylikka, mustaqil fikrlashga, ijodiy faoliyat mahsulidan o`z vaqtida o`rinli foydalanishga o`rgatishdan iborat bo`lar ekan, o`quvchilar o`z fikrlarini isbot-dalillar bilan asoslay olishlari kerak bo`ladi. Buning uchun asosiy e`tiborni o`quvchilarda nutqiy ko`nikmalarni shakllantirishga qaratilmog`i zarur. Demak, har qaday sharoit(holat)da ham o`quvchilar mustaqil fikrlab gapirishlari zarur. Bunday faoliyatning ko`rinishlari juda ko`p. Shulardan biri o`quvchilarga muammoli savollar bilan murojaat qilishdir. Bunda o`quvchiga tayyor ma`lumotlarga asoslangan savollar emas, fikrlashga undaydigan, chuqur mulohaza qiladigan, mulohaza natijasini mustaqil ravishda javob beradigan savollar berish maqsadga muvofiq sanaladi. Masalan, Fonetika bo`limiga oid darslarda shunday muammoli vaziyat hosil qilish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |