6-topshiriq. 1. Rasmga qarab grammatik topshiriqli matn tuzing (masalan, qo`shma otlarning imlosi, sifatlarning yasalishi, qo`shma gaplarni biriktiruvchi vositalar ).
2. Matnga sarlavha qo`ying va uni izohlang.Matn.
Aka bilan uka dehqonchilik qilib, xalq oldida izzat va hurmat bilan yashar ekan. Lekin aka so`qqabosh bo`lib, ukasi esa aksincha serfarzand ekan. Aka: “Ukamning bola-chaqasi ko`p, ro`zg`oridan qiynalib qolmasin ”, - deb har kecha ukasining omboriga bir qop bug`doy to`kib ketar ekan. Uka bo`lsa: “Akamning ko`ngli yarim, unga ko`mak bo`lsin ”, - degan xayolda har kecha omboriga bir qopdan bug`doy tashlab ketar ekan.
Ana shuni aytishadi-da, ahllik bor joyda baraka hozir deb.
Ma`lumki, tafakkur mahsuli va fikr bayon qilish nutq orqali amalgam oshiriladi. O`quvchi tafakkuri qanchalik rivojlangan bo`lsa, uning fikr ifodalash mahorati shunchalik yuqori bo`ladi. Shuning uchun ham maktabda ona tili mashg`ulotlari uchun ajratilgan vaqtning ko`pchilik qismi bolalarda mustaqil va ijodiy fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda to`g`ri va ravon ifodalash ko`nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga qaratilgan. Bu qo`yilgan talab o`quvchilar tomonidan bajarilsa, ona tili mashg`ulotlari samarali bo`ladi. Buning uchun o`quvchilar bilan ko`proq ijodiy fikrlash mashg`ulotlari olib borish maqsadga muvofiqdir. Masalan, quyi sinf o`quvchilari bilan “Diqqat !” o`yinini o`tkazish mumkin. Bu o`yin qisqa muddatga mo`ljallangan bo`lib, uni quyidagicha tashkil qilish mumkin. O`yinda o`quvchilarga “Diqqat!” deyiladi. Shunda o`quvchilar qo`llarini stol yoki partaning ustiga qo`yib, ko`zlarini yumishadi, Tashqaridan eshitilayotgan tovushlarga va sinfdagi harakatlarga xayolan diqqatini qaratadilar.Har bir o`quvchi ko`zlari yumuq payt sezganlarini hikoya qilib beradi. Masalan, “ Bahor. Bahorgi ko`katlar, mevali daraxtlar gullarining hidi derazadan kelib turibdi. Ko`chada harakat qilayotgan mashinalarning gurillagan shovqini eshitilayapti. Yo`lakda yurayotgan kishilarning qadam sharpalari eshitilmoqda. Maktab hovlisi devori orqa tarafida kuchuk hurayapti. ” Eng mukammal va ravon hikoya qilgan o`quvchi g`olib hisoblanadi.
Bu o`yinda o`quvchining eshitish qobiliyati va eshitganlaridan ajratib aytib berish mahorati hamda so`z boyligi aniqlanadi.
O`quvchilarning nutqiy ko`nikmalarini o`stiruvchi ikkinchi o`yin – “Suratli kartochka”. Bu o`yinda sinf uch guruhga ajratilib yoki uch komanda tuzilib, ularga suratli kartochka tarqatiladi. 1 – guruh o`quvchilari suratga qarab iloji boricha ko`proq so`z topishlari, 2 - guruh gap tuzishlari, 3-guruh o`quvchilari esa rasmga qarab hikoya qilishlari kerak. Har bir guruhda eng oxirgi javobni bergan va undan keyin hech kim hech nima qo`sha olmagan o`quvchi g`olib sanaladi.
O`quvchilarning so`z boyligini oshirish va sinab ko`rish uchun “Zanjir” o`yinini qo`llasa bo`ladi. Bunda o`quvchilar qo`liga kubik beriladi. Kubikni birinchi olgan o`quvchi biror atoqli ot aytishi va kubikni ikkinchi o`quvchiga o`tkazishi kerak. Kubikni olgan o`quvchi aytilgan atoqli otning oxirgi harfidan boshlanadigan boshqa atoqli ot aytishi lozim. O`yin shu tariqa davom ettirilib, shartni bajara olmagan o`quvchi o`yindan chiqadi. Oxirida qolgan o`quvchi g`olib sanaladi.
Bu tavsiya qilingan grammatik o`yin-topshiriqlar mavzuning xarakteriga qarab har qanday mavzuda qo`llanishi mumkin.
Ona tilidan o`quvchilarda ko`nikma va malaka hosil qilishning sinalgan yo`llaridan biri ularning bilimlarini mustahkamlashdir. Buning uchun o`quvchilarning bilim darajalarini hisobga olgan holda turli grammmatik o`yinlar, savol- topishmoqlar tashkil qilish mumkin. Bular o`z o`rnida o`quvchilarni ijodkorlikka, ijodiy faoliyat ko`rsatishga da`vat etadi. Masalan, “So`z tarkibi va qo`shimchalar tasnifi” mavzusini mustahkamlash uchun quyidagicha o`yin-topishmoqdan foydalanish mumkin.
U bo`lmasa tarqoqmiz,
Der qo`shimchaning biri.
Bizni bag`riga olar
Tarkibimiz sarvari.
(O`zak, asos)
Turli qo`shimchalar olar,
O`z- o`zidan ko`payar.
(O`zakdosh so`zlar)
3. Ishsizni ishli qilar,
Beodobni odobli.
Zar zargarga aylanar,
Bu qanday qo`shimchalar.
(So`z yasovchi qo`shimchalar)
4. So`zlarni bog`lash uchun,
Belni bog`lab turaman.
Ma`noga ta`sir etmay,
Uni bir oz buraman.
(So`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar)
5. Uydan uycha yasaydi,
Qizlardan-chi qizaloq.
Deymiz doim erkalab
Dilbarxonni qo`g`irchoq.
(Shakl yasovchi qo`shimchalar)
6. “Suv”ga qo`shsang odam bo`lar’
“Osh”ga qo`shsang odam bo`lar.
(-chi va -paz qo`shimchalari)
Bu topishmoqlarni musobaqa tarzida o`tkazsa yanada yaxshi natija beradi.
Shuningdek, bu mavzu uchun “Eslab qol” o`yinini tavsiya qilish mumkin. Bu o`yinda o`quvchilar uch guruhga ajratiladi. Quyidagi matn o`qituvchi tomonidan yoki magnit tasmasiga yozilgandan ikki marta o`qib beriladi.
Birinchi guruh o`quvchilar so`z yasovchi qo`shimchali so`zlarni, ikkinchi guruh o`quvchilar lug`aviy shakl yasovchi qo`shimchali so`zlarni, uchinchi guruh o`quvchilar aloqa-munosabat hosil qiluvchi qo`shimchali so`zlarni eslab qolib ularni aytib berishlari kerak.Topshiriqni to`g`ri bajargan guruh bir ball oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |