Кириш (СЎз боши)



Download 0,82 Mb.
bet16/36
Sana14.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#668908
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
metodik qollanma

Muammoli metodlar. Bunday metodlar tafakkuriga, ularning ijodiy faoliyatlariga yo‘naltirilgan ta’lim metodlaridir.
Muammoli metodlar ham maktab tajribasida sof holda qo‘llanmaydi. Muammolarni qo‘yish va izohlash jarayonida suhbat, hikoya metodlaridan foydalaniladi. Shuningdek, ma’ruza paytida ham turli muammolar hal qilinishi, ko‘rgazmali vositalar bilan ishlayotganda ham muammolarga murojaat qilinishi mumkin. Muammoli ta’lim metodlarini quyidagi turlari farqlanadi.
Muammoli hikoya – dars davomida hikoya metodidan foydalanib hikoya boshida yoki hikoya oxirida muammo qo‘yish orqali o‘quvchilar qiziqishini orttirish mumkin. Masalan, “nutq tovushlari va ularning hosil bo‘lishi” mavzusi yuzasidan shunday muammoli vaziyat hosil qilinib uni bajarishda o‘quvchilarning faol ishtirokini tashkil qilish mumkin: Ularga
1. Nutq organlarining vazifasini ayting.
2. Har biringiz nutq tovushlari hosil qilib ko‘ring.
3. Nutq tovushlari hosil qilishda qaysi nutq organlari aktiv ishtirok etadi?
Yoki o‘qituvchi tahlil natijasida hosil bo‘lgan tushunchalarga asoslanib mustaqil xulosa chiqarishni o‘quvchilarning o‘ziga havol etadi. Masalan, “Fe’llarning orttirma nisbati” mavzusi o‘tilayotganda o‘qituvchi avvalo, ish – harakatning boshqa kishi ta’sirida bajarilishini bildirgan fe’llarga misollar topib ular ishtirokida gap tuzishni, orttirma nisbatdagi fe’llar ma’nosiga e’tibor berishni topshiradi. Shundan keyin muammoli savollarni o‘rtaga tashlashi mumkin.
1. Qanday fe’llarni orttirma nisbatdagi fe’llar deb tushunasiz?
2. Kuzatishlaringiz asoslanib orttirma nisbatdagi fe’llarning qanday hosil bo‘lganini aniqlang.
Bunga o‘xshash vaziyatni sifat darajalariga nisbatan ham qo‘llash mumkin.
Muammoli ma’ruza. Bu metod ma’ruzadan oldin o‘quvchilarni ma’ruzaga qiziqtirish maqsadida yoki ma’ruza oxirida o‘quvchilar oldiga muammolar qo‘yish yo‘li bilan ta’lim maqsadiga erishiladi.
Materialning qiyin o‘rinlarda ma’ruza yo‘li bilan nisbatan yengilroq qismi savollar yordamida muammo qo‘yish yo‘li bilan ham o‘rgatilsa bo‘ladi. Masalan, “So‘z birikmasi” haqida ma’lumot berilayotganda, so‘z birikmasining nutq birligi haqida tushuncha berilsa, muammoli vaziyat hosil qilish uchun qator muammolar qo‘yiladi:
1. So‘zning har qanday birikishini ham so‘z birikmasi deb bo‘ladimi?
2. Nima uchun “kuz keldi” tipidagi bog‘lanishni so‘z birikmasi deb bo‘lmasligini isbotlang.
Yoki ma’ruzani boshlashdan oldin so‘z birikmasi, so‘zlar qo‘shilmasi, qo‘shma so‘z, sodda yig‘iq gapli birikuvlardan iborat bo‘lgan matndan so‘z birikmalarini ajratib olib daftarlariga yozish keyin bu birikuvlarning shaklan so‘z birikmasi bo‘lsa-da, so‘z birikmasi sanalmaslik sabablari aniqlanib ma’ruza boshlansa, yuqorida qo‘yilgan muammoning yechimi oydinlashadi hamda mavzular integrasiyasi hosil bo‘ladi.
Mustaqil ishlash metodlari. Bu metodlar ta’limning hamma o‘rinlarida qo‘llanadi. Hozirgi kunda uning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
1. Darslikdagi qoida va ta’riflar ustida mustaqil ishlash. Darslikdagi qoida va ta’riflarni o‘qish, ularga oid dalillarni ajratish hamda tahlil qilish; qoida va ta’riflarni mantiqiy guruhlash, terminlarga izoh berish; ma’ruza, hikoya, suhbat paytida o‘qituvchi chiqarilgan xulosalarni darslik va qo‘llanmalarga solishtirish.
2. Darslikdagi amaliy materiallar ustida mustaqil ishlash. Darslikda berilgan mashq va topshiriqlarni guruhlarga ajratib musobaqalashgan holda bajarish. Mustaqil ish o‘quvchilarni mustaqillikka o‘rgatadi. Bu ayni paytda kishining shaxsiy fazilati hisoblanadi.
Darhaqiqat o‘quvchilarning tafakkur faoliyatini rivojlantiruvchi, mustaqil ishlashga o‘rgatuvchi didaktik vositalardan biri – darslikdagi mashqlar hisoblanadi. Bizning qanday ta’lim berganimizning natijasi ana shunday amaliy ko‘nikmalar orqali o‘lchanadi. Mashq bajarish katta amaliy ahamiyatga ega, chunki bu jarayonda o‘quvchilar topshiriqni bajarish uchun bilimlarini xotirada tiklaydilar, mustaqil fikr yuritib, ijodiy izlanadilar, o‘qituvchi rahbarligida faoliyat ko‘rsatadilar. Mashq bajarishning yana bir qulayligi mashq matniga bir tomondan, matn mazmuniga ham ijodiy yondashadilar, mustaqil fikrlab tarbiyaviy – didaktik tomoniga daqqatini qaratadilar.
Mustaqil ishlash metodikasidan foydalanishda qator qoidalarga amal qilish zarur: o‘quvchilarni mustaqil ishlashga tayyorlash; mustaqil ishni yaxshilab tushuntirish; mustaqil ishlash jarayonida o‘quvchilar bilan individual munosabatda bo‘lish; mustaqil ish uchun yetarli vaqt ajratish; eng asosiysi mustaqil ish natijasini tekshirish.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish