Evristik suhbat. Bunda o‘zaro (o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi) ta’sir (o‘qituvchining bergan savoliga) ta’sir javovi tarzida uyushtiriladi. Bu metod o‘quvchi tafakkuri rivojiga mo‘ljallangan bo‘lib, bunday suhbat o‘quvchini mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Evristik suhbatning o‘ziga xos tomonlari mavjud. Buni “So‘z birikmasi” mavzusi misolida quyidagicha tashkil qilish mumkin.
O‘qituvchi tomonidan dars mavzusi, maqsadi e’lon qilinadi (o‘quvchilarga so‘z ma’nolari rang – barangligi, so‘zlarning o‘zaro birikuvida ma’no konkretlashuvi) so‘zlarning o‘zaro birikuvi natijasida murakkab ma’no anglatishi haqida ma’lumot berish.
O‘qituvchi: Biz gaplarni kengaytirish vositasi bo‘lgan hol, aniqlovchi, to‘ldiruvchi haqida ma’lumotga ega bo‘ldik. Bugun “so‘z birikmasi” mavzusini o‘rganamiz. Agar men bergan savollarga diqqatni qaratib, to‘g‘ri javob bera olsangiz bu mavzuni mustaqil o‘rganamiz.
O‘qituvchi quyidagi savollar bilan murojaat qilishi mumkin: Bugun biz qanday mavzuni o‘rganamiz? So‘z birkmasining asosiy belglarini ayting? O‘rtog‘ingizning bergan savollariga javob yozing? Bir o‘quvchi doskaga chiqib: “bugun biz “So‘z birikmasi” mavzusini o‘rganamiz”, - deb yozadi. So‘z ibrikmasining asosiy belgilari qayd qilinadi: yaxlit fikr ifodalamasligi, o‘zaro tobe hokim munosabatda bo‘lishi, tobe so‘zining hokim so‘zdan oldin kelishi.
O‘quvchilarning mustaqil xulosa chiqarishlari uchun yana quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
-Mustaqil so‘zlarning o‘zaro munosabati qanday bo‘lishi mumkin?
- Har qanday mustaqil so‘zlar tobe hokim munosabatda bo‘lishi mumkin?
- So‘z birikmasi deb nimaga aytiladi?
Bu savollarga o‘quvchilar o‘z bilganlarcha javob qaytarishadi. Javoblar bir necha variantda bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini (xulosalarini) to‘ldirib umumlashtiradi.
Mustaqil so‘zlar o‘zaro tobelanish asosida munosabatga kirishishi mumkin. Ammo hamma mustaqil so‘zlar ham tobelanish asosida munosabatga kirishavermaydi. O‘zaro tobelanish asosida munosabatga kirishgan so‘zlar so‘z birikmasi sanaladi. So‘zlarning o‘zaro tenglashish asosida birikishi so‘zlar (tizmasi – A.G‘ulomov) qo‘shimchasi sanaladi.
Bu o‘rinda o‘quvchilar hokim–tobe munosabatini o‘lashtiradilar. Bu holatni o‘qish–o‘qitishning turli o‘rinlarida qo‘llash mumkin bo‘ladi: ega va kesim munosabatida, qo‘shma gap komponentlari orasidagi munosabatda mustahkamlanib boradi.