Кириш (СЎз боши)



Download 0,82 Mb.
bet12/36
Sana14.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#668908
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
metodik qollanma

S o‘zlovchi Tinglovchi
obyekt.
borliq odam ongi til predmet obraz so‘z

Bu formulada obyektiv olamni ko‘rish va uni ifodalash markaziy o‘rinda turibdi. Demak, til obyektiv borliqni ifodalaydi. Bu ifodalash yuqorida aytilganidek, jonli til vositasida bo‘lmog‘i kerak. O‘zlashtirilgan qolip ham umrboqy bo‘lmaydi, ham tushunilishi noqulay bo‘ladi. Chunonchi, “Ismi, otasining ismi” o‘rniga “Ismi, sharifi” deyish, “To‘pni raqibiga oldirishga muvaffaq bo‘ldi” deyish, “samimiy” tabriklash o‘rniga “chin qalbdan” tabriklash (ruscha “ot vsego sersa”), “Paxta zavodi” o‘rniga “Paxta tozalash zavodi” deyish, “Sut zavodi” o‘rniga “Sutni qayta ishlash zavodi” deyish, “Bay ochish” o‘rniga “Pochin” deyish, “To‘rt muchchasi” o‘rniga “To‘rt muchali” deyish tilimizni siyoqallashtiradi, ohorini to‘kadi, jozibasini susaytiradi. Bularning hammasi o‘ziga qolip asosida paydo bo‘lgan unsurlardir. Olmon olimi V.Gumboldtning so‘zlariga qaragandi: “Sivilizasiya xalqning o‘zidan chiqishi mumkin va shundagina u xalqning ruhiy, ma’naviy yuksakligini ko‘rsata oladi. Lekin, sivilizasiya boshqa mamlakatdan majburiy olib kirilsa, u juda tez tarqalishi, jamiyatning barcha sohalariga kirib borishi mumkin, ammo, u xalqning ruhi va tabiatiga benihoya sekinlik bilan ta’sir qiladi”.


Keltirilgan faktlar o‘quvchi shaxsi kamolida, ma’naviy barkamol bo‘lib yetishishida ijobiy rol o‘ynaydi.
MAVZU: AN’ANAVIY VA NOAN’ANAVIY DARS ShAKLLARI,
ULARNING O‘ZARO FARQI
REJA:
1. An’anaviy ta’limda qo‘llaniladigan metodlar.
2. Noan’anaviy dasturlar.
3. An’anaviy va noan’anaviy davrlar qiyosi.


Adabiyotlar:
1. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun. Toshkent. 1998. 1.04.
2. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 1998. 1.04.
3. B.To‘xliyev., M.Shamsiyeva., T.Ziyadova. o‘zbek tili o‘qitish metodikasi. Toshkent. 2006.
4. O.Roziqulov., M.Mahmudov., B.Adizov., A.Hamroyev. Ona tili didaktikasi. Toshkent. 2005.
5. Sh.Yusupova. O‘qituvchi kitobi, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, Akademik lisey o‘qituvchilar uchun. Toshkent. 2003.
6. A.G‘ulomov. Ona tili o‘qitish prinsplari va metodlari. Toshkent, 1992.

Ona (o‘zbek) tili ta’limi ijtimoiy faol shaxslarni shakllantirishda asosiy vositalardan biri bo‘lib keldi va shunday bo‘lib qoladi. O‘quvchi faoliyatida ona tili darslari beqiyos o‘rinni egallaydi. Bu darsda o‘quvchi mustaqil ishlash (faoliyat ko‘rsatish) ko‘nikmalarini egallaydi; o‘quv qiyinchiliklarini bartaraf etishga o‘rganadi, o‘ziga ishonchli, qat’iyatli, sabotli, matonatli bo‘la boradi. Bir so‘z bilan aytganda ona tili darslari o‘quvchini rivojlantiradi. To‘g‘ri o‘quvchi rivojida, tafakkur taraqqiyotida boshqa fanlarning ham o‘rni bor. Ammo ona tili mashg‘ulotlarini o‘quvchi tafakkuri taraqqiyotida o‘rni beqiyosdir. Ona tili mashg‘ulotlarining o‘ziga xos tomonlari shundaki, mashg‘ulotlarda biror til hodisasini o‘rganish bilan birga o‘sha tahlil va tavsif qilinayotgan til hodisasi bilan birga matnda ifodalangan mazmun ham o‘quvchilarga ham tushuntira boriladi. Shuning uchun ham ona tili mashg‘ulotlarida har qanday matn emas, balki grammatik hodisalar bilan birga ijtimoiy talab taqozo qiladigan axloq–odob, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, ibrat–namunalari aks etgan; tinchlik, do‘stlik, mehr–oqibat g‘oyalari singdirilgan matnlar darsliklarga kiritilgan va ular tahlil qilinadi. Boshqacha qilib aytganda matnlar bolalarning zamon talablariga mos holda voyaga yetishida asosiy rol o‘ynaydi.


Ta’lim tizimi tarixining ildizlari juda qadimga borib taqaladi. Bizning o‘lkamizda ta’limning oiladagi ta’lim – tarbiya faoliyati, yakkata’lim, guruhli ta’lim, ota onasi kasbini o‘rganish ta’limi, jamoatchilik ta’lim – tarbiyasi, ustoz–shogird ta’lim va tarbiyasi kabi turlari keng tarqalgan.
XVII asrda chex pedagogi va faylasufi Ya.A.Kamenskiy tomonidan jamoatchilikka, kiritilgan an’anaviy ta’lim nomi bilan mashhur bo‘lgan sinf–dars tizimi ta’limi juda keng tarqalgan. An’anaviy ta’limning hukmron metodi deduksiya metodidir. An’anaviy ta’limda qator yutuqlarga erishgan rus tili darslarining o‘ziga xos tomonlarini o‘rgangan metodist–olimlardan Yu.K.Babanskiy metodlarni uchta katta guruhga ajratadi: o‘quvchilarning o‘quv – biluv faoliyatini rag‘batlantirish metodlari; o‘quvchilarning o‘quv – biluv faoliyatini nazorat qilish metodlari. A.V.Tikuchev esa o‘qituvchining bayoni, suhbat, til materiallarini kuzatish va tahlil qilish, badiiy asar tilini tahlil qilish, grammatik tahlil, mashq, darslik va qo‘llanmalar ustida ishlash, ko‘rgazmali qurollardan foydalanish kabi metodlarni ko‘rsatadi. O‘zbek metodist olimlari ona tili o‘qitishning o‘ituvchi bayoni, suhbat, til faktlarini analiz qilish, mashqlar, darslik va qo‘llanmalar bilan ishlash, texnik vositalaridan foydalanish, ekskursiya kabi metodlarni ko‘rsatishgan.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish