Кириш (СЎз боши)


MA’NAVIY BARKAMOL SHAXSNI TARBIYALASH



Download 0,82 Mb.
bet11/36
Sana14.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#668908
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
metodik qollanma

3. MA’NAVIY BARKAMOL SHAXSNI TARBIYALASH

Ta’lim – tarbiya amaliyotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar ijtimoiy taraqqiyot talablari darajasida bo‘lsa-da, barkamol ma’naviyat egalarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari hozirdanoq belgilab qo‘yildi deyish mumkin.


Ma’naviy barkamollik iqtisodiy salohiyatidan yuqori turadi. Yurtning kuch–qudrati uning moddiy boyliklari bilan emas, balki xalqning ma’naviy barkamolligi bilan belgilanadi. Yurtning ma’naviy salohiyati (fuqarolarning yuksak ma’naviyati) asrlar osha yashaydi: X-XII asrlardagi ma’naviy barkamol ajdodlarimiz...
Ma’naviyat ko‘p qatlamli, ammo, bir tarkibli hodisadir. Ma’naviyat yo pok bo‘ladi, yoki aslo ma’naviyat bo‘lmaydi.
Shaxs (fuqro)ning barkamolligi avvalo uning sog‘lomligi, sog‘lom ma’naviyatidir. Sog‘lomlik tushunchasi faqat jismoniy baquvvatlik emas, balki ma’naviylik tushunchasi hamdir. Sog‘lom ma’naviyat va uning belgilarini, asoslarini aniqlash ijtimoiy xarakterga ega.
Ma’naviy barkamol shaxs o‘z manfaatlarini o‘zgalar manfaatiga qarshi qo‘ymaslik va o‘zinikini afzal bilmaslikdir. Boshqalarni ham o‘zi singari inson his qilish, boshqalarga halal bermasdan yashash ham san’atdir. Demak, sog‘lom ma’naviyat – o‘zini yengmoq, o‘z istak – mayllarini boshqarmoq, jilovlamoq, xudbinlikni yenga bilmoq, makonda yashab makon manfaatlaridan, zamonda yashab zamoiy tuslanishlardan yuqoriroq tura olmoqdir. Ma’naviy markamol odam o‘z faoliyatiga begonalar ko‘zi bilan qaray oladi va xolisona baholay oladi.
Ta’lim bilan tarbiya uyg‘unligi ma’naviy barkamol shaxs kamolida asosiy vosita hisoblanadi. Buyuk ajdodimiz Forobiy ta’limni so‘z va o‘rgatish bilan tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan bo‘lishini uqtiradi. Amaliy fazilatlarni ikki yo‘l bilan hosil qilishni tavsiya qilib, birinchi yo‘l – “qanoat baxsh” so‘zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so‘zlar yordamida hosil qilinadi... Donishmand birinchi yo‘l bilan uqtirib bo‘lmaydigan, qaysar (shaharliklar) kishilarga nisbatan ikkinchi usulni qo‘llashni tavsiya qiladi. Bunday fikr o‘tmish donolarimizning hammasida ham u yoki bu tarzda mavjuddir. Gyugo: “Tarbiya – vijdon ishi, ta’lim esa fanning vazifasi. Keyinchalik, inson voyaga yetgach, bilimning bu ikki turi bir – birini to‘ldiradi” – deydi. Allomalarning bunday fikrlaridan shunday xulosaga kelish mumkin, ta’lim ham, tarbiya ham ilmlar bo‘lib ular bir – birini to‘ldirib boradi.
Ta’limni nazariy fikrlar yordamida amalga oshirish mumkin bo‘lsa, tarbiya ko‘proq amaliy ishlar, namuna ko‘rsatish, aytilganlarni bajarish orqali bo‘lar ekan. J.J.Russo aytadi: “Bir soatlik ish bir kunlik tushuntiruvdan ko‘proq narsa beradi, chunki men bolani ustaxonada mashg‘ul qilar ekanman, uning qo‘llari aqli uchun ishlaydi: u o‘zini bor – yo‘g‘i hunarmand hisoblagan holda faylasufga aylanadi”, - deydi.
B.Rollanning: “Gap iloji borcha ko‘p bilim to‘plashda emas, gap shundaki, bu bilim ko‘pmi, yo ozmi, tanho seniki bo‘lishi, u qoning bilan yo‘g‘rilishi, sening erkin va mustaqil harakatlaringning mevasi bo‘lishi zarur”, degan fikrlari aynan ma’naviy barkamol shaxs takomiliga qaratilgandir.
Ma’naviy barkamol shaxs tarbiyasida ona tili ta’limning o‘rni beqiyosdir. Ona tili ta’limi yoshlarga dunyoni ko‘rish, eshitish, idrok etish vositasidir. Bu albatta, shaxs kamolotida asosiy vosita.
Ma’naviy barkamol shaxs uzluksiz axloqiy tarbiya, insoniylik sifatlarini singdirish orqali, insoniyat yaratgan bilimlarni egallay borish orqali shakllana boradi, yuksaladi. O‘zi egallagan bilimlar uning hayotida asqotsagina foydali bo‘ladi.
Har qanday tafakkur, tushuncha so‘z (ona tili materiali) orqali ifodalanadi. Xuddi shuningdek, har qanday so‘z (yaxshi va yomon) bir og‘izdan chiqadi. U yoki bu so‘zga xoslangan ovoz (so‘z) yo‘q. Shunday ekan, dunyoni ko‘rish, uning ekologik sof (toza) ligini his qildirish ham tilimiz orqalidir. Har bir til (xalq)ning o‘ziga xosligi, hamda umumiyligi bor. Chunonchi, tovushga, harakatga, rang–tusga oid umumiy tushunchalar tilimizda xususiy tomonlari bilan namoyon bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tovuqning bolasi chiqaradigan tovushni “jip - jip” tarzida eshitadi, shuning uchun “jo‘ja” deb ataladi, o‘ris esa “sip - sip” deb eshitgani uchun “sыplyonok” deb ataydi. Yoki “chittak” degan qushni nomlashda o‘zbek harakatini asos qilib (chittak) olgan bo‘lsa, o‘ris uning rangini dastlab ko‘rib, uni asos qilib “sinisa” deb nomlagan. Ba’zi hollarda hamma tillar uchun ham obyektning bir xususiyati asos bo‘lishi mumkin: o‘zbek “ko‘karchin” desa, tojik “kabutar”, rus (golub) deb atashgan.
Bulardan shunday xulosaga kelamizki, har bir til o‘zi xizmat qiladigan xalqning o‘ziga xos tomonini, milliyligini, milliy tafakkur tarzini namoyon qiladi. Bu albatta, shaxs ma’naviyati kamolida harakatlantiruvchi faktor sanaladi.
O‘quvchi shaxsining kamolida matn bilan ishlashning ahamiyati katta. O‘quvchilarga tavsiya qilinadigan matn til va uslub jihatdan raso va mukammal bo‘lmog‘i zarur. Tanlangan matnda o‘zbek tilining qiyossiz ohori, ohangi, jozibasi bolaning yuragini jizillatmasa ko‘zlangan natijaga erishib bo‘lmaydi. Umuman ona tili ta’limida tirik, jonli, jozibali o‘zbek tili o‘rganilmog‘i darkor.
O‘quvchi ma’naviy kamolida ona tilining ahamiyati beqiyosdir. Chunki ona tili to‘g‘ri va ifodali nutqni shakllantirish bilan birga shaxsni rivojlantiruvchi hamdir. Bunda o‘qituvchi diqqat markazida so‘zlovchi va tinglovchi munosabati bo‘lmog‘i zarur. Chunki so‘zlovchi mundarijan forma (shakl)ga borsa, tinglovchi shakldan mundarijaga boradi. So‘zlovchi obyektiv borliq, odam ongi, til, ya’ni predmet, obraz, so‘z mavjud. Tinglovchiga so‘z, obraz, predmet tarzida boradi.



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish