Tadqiqotchilar dars jarayonining ikkiyoqlama: o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham ishtirok etishini isobga olib ona tili o‘qitish metodlaridan o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlar va o‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan metodlarga ajratishdir. Bu ayni paytda an’anaviy ta’lim metodlaridan o‘zgacha o‘qitish usullarini izlashdir.
An’anaviy ta’lim o‘quvchi dars jarayonining passiv tinglovchisi, obyekt hisoblanar edi. Darhaqiqat, o‘quvchilarga yetarli darajada, nazariy bilimlar berilar, ammo u bilimlar amaliyotda deyarli qo‘llanilmas (ishlatilmas)di. An’anaviy ta’lim mazmunini ham dars jarayonida o‘qituvchining yakka hukmronligiga qaratiladi. Davrning o‘tishi bilan ta’lim tizimiga munosabat, unga qo‘yiladigan talablar ham o‘zgara boradi. Natijada, o‘qitish metodlarining o‘quvchi faoliyatini ham qamrab olishi zarurligi namoyon bo‘ldi. Metodlarning o‘quvchi faoliyati bilan bog‘liqligi o‘quvchining dars jarayonida bevosita faoliyat ko‘rsatishi demakdir. Bu, albatta, ta’lim mazmunini yangilash bilan bog‘liq bo‘lgan yangi–yangi muammolarni keltirib chiqardi. Dars jarayoniga nazar soladigan bo‘lsak o‘qish–o‘qitish ishlari degan atama mexanik holda ko‘p qo‘llaniladi. Bu deganing darsning ikki tomonlama faoliyat ekanligini ko‘rsatadi. Dars o‘qish va o‘qitishning o‘zaro ta’siridan iborat. O‘qituvchi o‘quvchiga ta’sir qila olmas ekan u metod emas. Ayni paytda o‘quvchi ham u yoki bu yo‘sinda o‘quvchiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Natijada, o‘quvchining o‘tilayotgan (o‘tilayotgan) mavzuga o‘qituvchi og‘zaki bayon, hikoya (kirish hikoyasi, bayon shaklidagi hikoya, yakunlovchi hikoya), ma’ruza, suhbat (evristik, noevristik), ko‘rgazmali metodlar (illyustrasiya, demonstrasiya metodlari, tabiiy ko‘rgazmalar), muammoli izlanish tipidagi metodlar (muammoli hikoya, muammoli ma’ruza), mustaqil ishlash metodlari (darslikdagi qoidalar bilan ishlash, darslikdagi mashqlar bilan ishlash), didaktik o‘yinlar, amaliy metodlar (mashq qilish) kabilar vositasida amalga oshiradi.
Og‘zaki bayon metodlari: hikoya, tavsiya, suhbat, ma’ruzalarni o‘z ichiga olib, ular o‘quvchi xotirasiga mo‘ljallab tashkil qilinadi. Ular, evristik suhbatdan boshqa metodlar, tashkil qilinish jihatidan bir ko‘rinishga ega: o‘qituvchi asosiy vazifani bajarib til hodisasini (mavzuni) tushuntiradi, o‘quvchilar tinglaydi, dars jarayonining obyektiga passiv tinglovchiga aylanadi. Og‘zaki bayon metodlaridan namunalar:
Hikoya. Ta’limning turli o‘rinlarida qo‘llanib bir necha ko‘rinishga ega: kirish hikoyasi – o‘quvchilarni o‘rganishi kerak bo‘lgan mavzuga tayyorlash maqsadida tashkil qilinib, yangi mavzu uchun zaruriy bilimlar esga tushuriladi; bayon shaklidagi hikoya – o‘qituvchi o‘quv materiali mazmunini to‘liq aytib beradi, uning asosiy ikkinchi darajali o‘rinlarini izohlaydi; yakunlovchi hikoya – dars oxirida o‘tkazilib, mavzuga yakun yasaydi.
Ma’ruza. O‘rta maktabning yuqori sinflarida, lisey, kollej, oliy o‘quv yurtlarida amalga oshiriladi. Ma’ruza jarayonida darslik materiallaridan, ko‘rgazmali vositalardan foydalanilgan holda o‘qituvchi o‘z nutqini rang – barangligini ta’minlashi zarur. Ko‘rgazmali vositalarga dalillarni tahlil qilish, darslikdagi ta’rif va qoidalarga munosabat bildirish orqali o‘quvchilarning faolligini oshirish mumkin bo‘ladi. Ayrim izohtalab o‘rinlarni o‘quvchilarning o‘zlariga xulosa chiqarishni taklif qilish bilan dars samaradorligini oshirish mumkin.
Suhbat. Bu metod juda keng tarqalgan va natijali faoliyat metodlaridan sanalib, ko‘p hollarda effektli qo‘llaniladi. Uni dars jarayonining hamma bosqichlarida qo‘llash mumkin. Suhbat metodida suhbatdoshlar o‘rtasida suhbat qilish uchun mavzuning umumy mundarijasidan habardorlik xissi bo‘lmog‘i zarur. Suhbatning ikki turini farqlaymiz: noevristik va evristik.
Noevristik suhbatlar o‘quvchilar xotirasida qayta esga tushirish faoliyatiga mo‘ljallab o‘tkaziladi. Ular:
-yakunlash suhbati – mashg‘ulotlarda umumiy va yakuniy xulosalar chiqariladi;
-mustahkamlash suhbati – yangi mavzu o‘tilgandan keyin uyushtiriladi;
-takrorlash suhbati – ikki yoki undan ortiq mavzu o‘tilgandan keyin uyushtiriladi;
-umumlashtiruvchi suhbat – katta bo‘limlar o‘tilgandan keyin uyushtiriladi;
-kirish suhbati – yangi mavzu izohidan oldin;
-nazorat suhbati – bilimlarni sinab ko‘rish maqsadida uyushtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |