Кириш (СЎз боши)



Download 0,82 Mb.
bet10/36
Sana14.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#668908
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Bog'liq
metodik qollanma

2. PEDAGOGIK HAMKORLIK.
Pedagogika ilmida pedagogik hamkorlik deb ataluvchi va o‘qituvchi bilan o‘quvchining birgalikdagi faoliyatini anglatuvchi bu tushuncha hozirgi kunda tarbiyashunoslikning yetakchi tushunchalariga aylanib bormoqda. Chunki hozirgi dolzarb vazifa o‘quvchi (tarbiyalanuvchi) ni faollashtirish, dars jarayonining faol ishtirokchisiga, o‘qituvchining hamkoriga aylantirishdan iboratdir. “Noqobil o‘qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi – qo‘yadi, yaxshisi esa uni topishga o‘rgatadi”, - degan edi V.O.Disterng. Haqiqatni topish jarayonida o‘quvchi (tarbiyachi) bilan o‘quvchi (tarbiyalanuvchi) o‘rtasida hamkorlik shakllari boradi va o‘zluksiz aloqaga aylanadi. Muammoni yechish jarayonida suhbat, dars o‘tishning turli yangi ko‘rinishlarini qo‘llash, muammoli vaziyat hosil qilish kabilarni qo‘llash orqali o‘quvchining faolligini oshirish mumkin. Bu o‘rinda tafakkurni shakllantirish vositasi ona tilining o‘rnini, uning imkoniyatlarini o‘quvchilarga singdira borish zarur. Bu orqali o‘quvchilar fikrlashidagi o‘ziga xosliklar yuzaga chiqadi, natijada o‘ziga xos hamkorlik namoyon bo‘ladi.
Har bir xalqning o‘ziga xos milliy tafakkur tarzi mavjud. Chunonchi, amerikalik mashhur tilshunos Benjamin Li Uorf: “Agar Nyuton inglizcha gapirmaganida edi, uning koinot haqidagi buyuk kashfiyoti boshqacharoq bo‘lar edi” deganida o‘ziga xos ingliz tafakkurini nazarda tutgan. Til orqali reallashadigan tafakkur tarzining o‘ziga xosligi, borliqni bilishning ham o‘ziga xosligidir. Gumboldning “Yer yuzidagi tillarning xilma – xilligi faqat tovushlarning turlichaligida emas, balki xalqlardagi dunyoni ko‘rishning xilma - xilligidadir”, degan fikri ham bunga monanddir.
Demak, ona tilimiz atrofimizdagi olamni, yorug‘ dunyoni bilish vositasi hamdir. Ayni paytda allomalar aytganlaridek, shu til egasi bo‘lgan xalqning ruhi, bo‘y – basti, butun borlig‘ini aks ettiradi. O‘qituvchi bilan o‘quvchi hamkorligining asosiy vositalaridan biri matn ustida ishlashdir. Shu orqali o‘qituvchi bilan o‘quvchi muloqotga kirishadi, o‘quvchining ham og‘zaki, ham yozma nutqi takomillasha boradi. Bu masadaga yangicha yondashuvlar, bular yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiya va metodik ko‘rsatmalar ona tili ta’limi rivojiga hissa bo‘lib qo‘shiladi.
Yangicha pedagogik hamkorlik ta’lim bilan tarbiyaning o‘zaro munosabatiga yangicha yondashuvni taqozo qilmoqda. An’anaviy ta’lim – tarbiyada asosiy e’tibor ta’limga qaratilib, yaxshi o‘qigan bola tarbiyalash hisoblanardi.
Tarbiyaning tajribasi esa buning aksini ko‘rsatadi. Bolalarning tarbiyasizligi ularning yaxshi bahoga o‘qmaganligidan emas, balki o‘qimayotganligi yetarlicha tarbiya ko‘rmaganligidandir. Bu tajribada necha martalab sanalgan. Bola qandaydir miqdordagi bilimlarni egallasin deb maktabga berilmaydi. Ona – otaning ezgu niyati bolasining ma’naviy – axloqiy sifatlarga ega bo‘lishini ko‘zlab uni ta’lim muassasasiga yo‘llaydi. Shuning uchun ham hozirgi paytda ta’lim – tarbiyaning muhim tarkibiy qismi deb hisoblanib kelinmoqda.
“Tarbiyadagi eng katta xato, o‘ta shoshqaloqlikdir”,-degan edi J.J.Russo. Demak, tarbiyaning markazida shaxs va uning kamoli turadi.



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish