Кириш (СЎз боши)


MAVZU: TA’LIM JARAYONINI INDIVIDUALLASHTIRISH



Download 0,82 Mb.
bet6/36
Sana14.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#668908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
metodik qollanma

MAVZU: TA’LIM JARAYONINI INDIVIDUALLASHTIRISH
REJA:

  1. O‘quvchilar bilan individual ishlashda ta’lim mazmuni.

  2. O‘quvchilar bilan individual ishlash jarayonida ta’limiy o‘yinlarning o‘rni (ahamiyati).

  3. Individual ishlash –o‘quvchi leksik imkoniyatlarini oshiruvchi vosita.

ADABIYOTLAR:



  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darajali tabaqalashtirib o‘qitish konsepsiyasi. Loyiha. “Ma’rifat” 26.01.2005.

  2. O.Rahimova. Ona tili darslarida interfaol metodini qo‘llash. TAT. 2003 y. 4-son.

  3. Sh.Mamajonov. Ko‘p ma’noli so‘zlar ustida bahs-munozara darsi. TAT. 2002 y. 4-son.

  4. Sh.Yusupova. Ona tili darslarida mantiqiy fikrlash. TAT. 2002 y 4-son.

  5. M.Saidov. O‘quvchi tafakkurini o‘stirishda ijodiy topshiriqlar. TAT. 2000 y. 1-son.

  6. R.Normurodov. O‘quvchilar nutqida perifraza. TAT. 2002 y. 3-son.

Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan qobiliyat, iqtidor va imkoniyatlar yuzaga chiqadi, aniqlana boradi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchidagi ana shu xususiyatlarga qarab yondoshishni talab qiladi. Natijada bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning ham, iqtidorli o‘quvchilarning ham dinamik rivoji ijobiy natija beradi. Ta’lim jarayonidagi yuqori natijalarga erishish faktorlaridan biri o‘quvchilar sog‘ligi va uni muhofaza qilishdir.
Respublika Prezidentining 2004-2009 yillarda o‘rta maktabni rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida”gi farmonida ham sportni, xususan, qishloqda sportni rivojlantirish masalasi asosiy yo‘nalishlardan biri sanalib, bu albatta, o‘quvchini sog‘lomlashtirish va uning sog‘ligini muhofaza qilishdir.
Pedagogik texnologiyaning asosiy muammosi –o‘quv samaradorligini oshirish, o‘quvchilar bilim sifatini yaxshilash, o‘quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga yetishishdir. Yangi pedagogik texnologiyaning o‘ziga xosligi shundaki, ta’lim jarayonining o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda uni oldindan rivojlantiriladi, o‘quvchilar shunga tayyorlab boriladi.
Demak, yangi pedagogik texnologiya prinsplari (tamoyillari)dan biri –ta’lim-tarbiya jarayonini individuallashtirishdir. Ya’ni, ta’lim-tarbiyani o‘ziga xos yo‘nalishda olib borish bo‘lsa, ikkinchidan, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidir., ya’ni o‘quvchining dars jarayonining passiv ishtirokchisi, obyekti emas, balki faol ishtirokchisi bo‘lishi, o‘qituvchining esa o‘quvchi faoliyatini tashkil etuvchi, boshqaruvchi, asosiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan subyekti ekanligidir.
O‘quvchilar bilan individual ishlash ularda bo‘lgan qobiliyatni, iqtidorni yuzaga chiqaradi. Shu kun o‘qituvchisi oldida turgan talablardan biri va asosiysi, o‘quvchilar bilan ishlash ta’limi mazmunini aniqlab olishdir. Alohida o‘quvchilar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan ta’lim mazmunida o‘quvchilarning qobiliyat va imkoniyatlaridan tashqari temperamenti, xarakteri, idroki, xotirasi, tasavvuri, tafakkuri, diqqati, qiziqishi hisobga olinadi. O‘quvchilardagi ana shu imkoniyatlar hisobga olinib, ta’lim mazmuni ishlab chiqiladi. Bunda o‘quvchilarga beriladigan topshiriqni bajarishga ketadigan vaqt, o‘quvchining mustaqil ishlash mazmuni, mustaqil ishlashga layoqati va bosqichlar hisobga olinadi. O‘quvchilar bilan alohida (individual) ishlash orqali ularning yangi ta’lim mazmunini qay darajada o‘zlashtirishga tayyorgarligi aniqlanadi.
O‘quvchilar bilan individual ishlashda ta’lim mazmuni qat’iy bo‘lmaydi. Chunki, bu jarayonning o‘zi qat’iylikni talab qilmaydi. Individual ishlash o‘quvchining ta’lim jarayonida nimalarga qodirligi, layoqatini aniqlaydi. Mashhur pedagog V.Suxomlinskiy: “Bolani, uning aqliy rivoji, fikrlashi, qiziqishi, intilishi, qobiliyati, mayllarini bilmay turib, o‘quv-tarbiya ishlarini olibborish mumkin emas”, -degan edi. Darhaqiqat, o‘quvchilar bilan individual ishlash ularning shu kungi ta’lim-tarbiya jarayonini belgilash bilan birga ularning ertasi, kelajagi haqida ham rejalashtirish imkoniyatini yaratadi.
Ta’lim jarayonini individuallashtirish ijtimoiy jihatdan o‘quvchi imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga yordam beradi.
Didaktik tomondan o‘quvchi layoqatlarining yuzaga chiqishiga sharoit yaratadi. Bunda o‘quvchilarning shaxsiy qobiliyatlari hisobga olinib o‘qitishning barcha shakllari metod va vositalari ishga solinadi.
Psixologik jihatdan o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘ri va maqsadga muvofiq tashkil etishga sharoit yaratadi. Chunki, bu jarayonda ham o‘qituvchi, ham o‘quvchi shaxsining hamma qirralari namoyon bo‘ladi.
Metodik jihatdan darsda va darsdan tashqaridagi mashg‘ulotlarda pedagogik texnologiya joriy qilinadi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish