Кириш (СЎз боши)



Download 0,82 Mb.
bet17/36
Sana14.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#668908
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
metodik qollanma

Didaktik o‘yinlar. Keyingi yillarda ilg‘or tajribali o‘qituvchilar ta’lim o‘yinlardan ham ta’lim metodlari sifatida foydalanishmoqda. Bu o‘yinlarning samaradorligi shundaki, didaktik o‘yinlar vositasida ta’lim – tarbiya ishlari hayotga yaqinlashadi hamda o‘quvchilar egallagan bilimlarda og‘zaki bayon, ko‘rgazmalilik, amaliy metodlar elementlari qo‘llanadi.
Dars jarayonida ham metodik, ham ma’naviy boyitib borish shu kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. O‘qituvchi – ijodkor, u qaysi dars o‘tish metodini tanlamasin unga ijodiy yondashish orqali samarali natijalarni tanlay oladi.


III. An’anaviy va noan’anaviy darslar qaysi.
Shukunga kelib ta’lim tizimini ikki qismga ajratamiz. An’anaviy ta’lim hamda yangilangan ta’lim. Ta’lim tizimi juda boy tarixiy ildizga ega. Davr o‘tishi bilan jamiyat taraqqiyoti natijasida ta’lim tizimida ham tup o‘zlarishlar sodir bo‘lmoqda: ta’lim metodlaridan foydalanishning yangi – yangi usullari yuzaga keldi. Bu usullarsiz ta’limda yutuqlarga erishish mumkin emas. Hozirgi zamon bolasi texnika taraqqiyotining so‘nggi yutuqlaridan xabardor. Ularga an’anaviy usul – deduksiya metodi asosida dars o‘tish – bilim berish kutilgan (ko‘zlangan) natijani bermay qo‘ydi. DTS sharhida aytilganidek “standart ta’lim mazmunining ijtimoiy talab taqozo qilgan majburiy hajmini” belgilab berar ekan o‘quvchi talab – ehtiyojini qondiradigan bilimlarni berish, ularni dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishdek vazifani bajarish zaruriyati tug‘iladi.
Dars ikki tomonlama jarayon – o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatining oliy darajasi. Har bir dars prosessida o‘qituvchi o‘quvchiga u yoki bu yo‘sinda ta’sir qiladi. Ayni paytda o‘quvchi ham o‘qituvchi faoliyatining umumiy yo‘nalishiga ta’sir qiladi. Aks holda dars bir tomonlama sa’y – harakat tusini oladi: o‘quvchi dars jarayonining passiv ishtirokchisiga aylanadi. Hatto bir mavzu uchun metod tanlashda ham o‘quvchilar – sinfning umumiy holati katta rol o‘ynaydi. Hozirgi davr nuqtai nazaridan yondashilsa, o‘quvchini dars jarayonining faol ishtirokchisi sifatida tan olishimiz va shunga mos holda ularga yondashishimiz zarur bo‘ladi. Bu ham ko‘rsatadiki, zamonaviy metodlar asosida dars o‘tish an’anaviy metodlarda dars o‘tishga nisbatan har tomonlama ustundir.
Masalan, eng qadimgi ayni paytda eng ko‘p qo‘llanadigan metodlardan biri suhbat metodi sanaladi. Uning mustahkamlash, takrorlash kabi turlariga diqqatni qaratadigan bo‘lsak, bu suhbatlarning hyech biri o‘quvchining ijodkorligiga (ijodiy faolligiga qaratilgan emas, balki ularning xotirasi, esga tushurish, eslay olish qobiliyatiga asoslangandir. Masalaga davr talabi nuqtai nazaridan yondashilsa, ta’lim mazmunining tarkibiy qismlaridan biri ham o‘quvchini ijodiy faoliyat usuliga o‘rgatishdir. O‘z davrida B.Rollanning: “Gap iloji borcha ko‘p bilim to‘plashda emas, gap shundaki, bu bilim ko‘pmi, yo ozmi, tanho seniki bo‘lishi, u qoning bilan yo‘g‘rilishi, sening erkin va mustaqil harakatlaringning mevasi bo‘lishi zarur”, degan gaplari o‘quvchini ijodiy faoliyat usuliga o‘rgatish bilan hamohangga o‘xshaydi.
O‘quvchilarga beriladigan savollar, qo‘yiladigan muammolar ularning hayotiga, turmush tarziga yaqin bo‘lmog‘i zarur. Masalan, suvning umumiy belgilarini so‘rash mumkin: qirg‘oqqa egaligiga, qirg‘oqdan pastligi, to‘lchinlanish xususiyatiga egaligini o‘quvchilar osongina topa olmadilar, o‘ylashga, fikrlashga majbur bo‘ladi. Bu o‘rinda o‘quvchi xotirasidagina tiklaydilar, esga tushurmaydi, balki mustaqil fikrlaydi. Mustaqil fikrlash, mustaqillik turmush tarzini kulminasiyasidir. Yangilangan ta’lim mazmuni ham egallangan bilimlarni amaliyotga mustaqil tadbiq qilishni talab qiladi. To‘g‘ri, o‘quvchiga bilim ham kerak, ammo mustaqil fikrlab, istaklarini, mo‘ljaldagi rejalarini mustaqil bayon etishga ne yetsin.


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish