Kaliyli oʼgʼitlarning tuproq bilan oʼzaro taʼsiri
Maʼlumki, barcha kaliyli oʼgʼitlar suvda yaxshi eriydi. Tuproqqa kiritilganda ular tezda eriydi va tuproq, singdirish kompleksi (TSK) dagi kolloid zarrachalar bilan almashinuvchan va almashinmaydigan tarzda taʼsirlashadi. Kaliyning tuproqda almashinmaydigan holatda yutilishi oʼgʼit qoʼllanilgandan keyin 24 soat oʼtgach tugallanishi va bunda oʼgʼitni qoʼllash muddati hamda chuqurligi ahamiyatsiz ekanligi aniqlangan.
Kaliyning fizikaviy-kimyoviy usulda karbonatli va nordon tuprokdarda singdirilishini sodda koʼrinishda quyidagicha ifodalash mumkin:
Kaliy kationlari tuproqqa almashinuvchan tarzda yutilganda, oʼziga ekvivalent miqdorda H+, Al3+, Ca2+, Mg2+ va boshqa kationlarni siqib chiqaradi va bu jarayon oʼz navbatida o’simliklarning oʼsishi va rivojlanishiga taʼsir koʼrsatadi. Oʼz tabiatiga koʼra barcha kaliyli oʼgʼitlar fiziologik jihatdan nordon hisoblanadi, chunki oʼgʼit tarkibidagi Cl-, SO2-4 anionlariga nisbatan K+ o’simliklar tomonidan tez yutiladi.
Kaliyning almashinmasdan (fiksatsiyalanib) yutilishi turli tuprokdarda turlicha boʼlsada, ancha kata miqdorni (kiritilgan oʼgʼitning 80% ga yaqini) tashkil etadi. Kaliyning fiksatsiyalangan kationlari Usimliklarning oʼzlashtirishi uchun layoqatsiz boʼlib, ayrim hollarda oziqlanish jarayoniga salbiy taʼsir koʼrsatishi ham mumkin.
Kaliyning tuproqda almashinmasdan yutilishi uch qavatli, boʼkuvchan panjara hosil qiladigan montmorillonit guruhining loyli minerallari va gidroslyudalar guruhi minerallariga xosdir. Аyniqsa, vermikulit koʼp miqdorda kaliyni fiksatsiyalab oladi. Kaolinit guruhining ikki qavatli panjara hosil qiluvchi, minerallari kaliyni fiksatsiyalash qobiliyatiga ega emas.
Fiksatsiyalanish mexanizmini quyidagicha tasavvur qilish mumkin: yuqorida taʼkidlangan minerallarning qatlamlari orasiga kirib qolgan kationlar tuproqning qurishi jarayonida mustahkam oʼrnashib, tetraedrik qatlamlar orasida qolib ketadi. Tuproqlarning qurishi, ayniqsa, dam qurib, dam namlanishi kaliyning fiksatsiyalanishini kuchaytiradi. Shu sababdan kaliyli oʼgʼitlarni tuproqning ancha chuqur qatlamlariga (tsaydalma qatlam ostiga) kiritish lozim.
Yirik kristalli yoki donadorlashtirilgan kaliyli oʼgʼitlar qoʼllanilganda, tuproq bilan kamroq muloqotda boʼlishi tufayli kaliyning almashinmaydigan holatda yutilishi ancha kamayadi. Shu narsa diqqatga sazovorki, barcha turdagi kaliyli oʼgʼitlarning fiksatsiyalanishi bir xil tezlikda kechadi. Serkarbonat tuproqlarda fiksatsiyalangan kaliyning o’simliklar tomonidan oʼzlashtiriladigan holatga oʼtishi ancha qiyin kechadi. Bu bevosita chirindining tuproq kolloidlarini oʼziga xos yupqa parda bilan oʼrab olishi va uni kaliyli minerallarning kristall panjaralaridan chiqib ketishiga yoʼl qoʼymasligi bilan bogʼliqdir.
Muntazam ravishda yuqori meʼyorda kaliyli oʼgʼitlar kiritiladigan tuproqlarda harakatchan kaliyning mikdori ortib boradi.
Tuproqdagi kaliy shakllari urtasidagi munosabatni quyidagicha ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |