Kirish 2 II. Asosiy qism



Download 1,09 Mb.
bet1/14
Sana14.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#359893
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kaliyli ogitlar (Автосохраненный)


Mundarija



I.

Kirish

2

II.

Asosiy qism

4

II.1.

Kaliyli oʼgʼitlar, ularning olinishi va xossalari

4

II.2.

Sanoat asosida olinadigan kaliyli oʼgʼitlar

7

II.3.

Tabiiy kaliyli tuzlar

9

II.4.

Kaliyli oʼgʼitlarni qoʼllash va o'simliklarda kaliy yetishmovchiligi

14

III.

Xulosa

18

IV.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

20



  1. Kirish

Kaliy tadqiqotchilarga oʼsimlik ishqori — potash sifatida azaldan maʼlum boʼlsada, uni sof holda 1807-yilda kimyogar olim Devi ajratib oldi. Oʼsimlik, tuproq va oʼgʼit tarkibidagi kaliyni K2O ga aylantirib ifodalash qabul qilingan.

Jonli va jonsiz tabiatda kaliy uchta izotop: 39K(93,08%), 40K(0,011%) va 41K(6,91%)larning aralashmasi sifatida uchraydi.

Oʼsimliklardagi kaliyning asosiy qismi citoplazma va vakuolalarda boʼlgani holda, yadroda uchramaydi. Yalpi kaliyning 20%ga yaqini oʼsimlik hujayralarining sitoplazma kolloidlari tomonidan almashinuvchan shaklda, 1%i mitoxondriyalar tomonidan almashinmaydigan shaklda yutiladi. 80%ga yaqin kaliy hujayra shirasida ion shaklida boʼlib, organik birikmalar tarkibiga kirmaydi. Shuning uchun uzoq va shiddatli yomgʼirlar taʼsirida bargdagi (ayniqsa eski barglardagi) kaliyning ancha qismi yuvilib ketadi.

Xloroplastlar va mitoxondriyalarda toʼplanadigan kaliy ularning tuzilishini maromiga keltiradi, fotosintetik va qaytariluvchan fosforlanish jarayonlarida energiyaga boy АTFlar hosil boʼlishiga yordam beradi. Kunning yorugʼ qismida kaliy ionining hujayra kolloidlari bilan bogʼlanishi kuchayadi, kechalari aksincha, susayadi, natijada uning bir qismi ildiz tizimi orqali tuproqqa ajraladi.

Kaliy birinchi navbatda sitoplazma kolloidlarining disperslanish darajasini oshirishi bilan ularning gidratlanishini kuchaytiradi. Bu oʼz navbatida oʼsimlikning suvni tutib turish qobiliyatini oshiradi va qisqa muddatli qurgʼoqchiliklarni yengib oʼtishiga yordam beradi.

Kaliy tanqisligi natijasida oddiy uglevodlarning ancha murakkab uglevodlar (di- va polisaxaridlar)ga aylanishi susayadi. U qand moddalarini barglardan usimlikning boshqa qismlariga oqib oʼtishini kuchaytiradi, uglevod almashinuvi fermentlari, jumladan amilaza faolligini oshiradi. Kaliy tanqisligida bir qator fermentlarning faolligi susayadi, oʼsimlikda uglevod va oqsil almashinuvi buziladi, qand moddalarning asosiy qismi nafas olish jarayoni uchun sarflanadi, puch donlar shakllanadi va donli ekinlar hosildorligi keskin kamayadi.

Kaliy o'simliklarda bir qator vitaminlarning (masalan tiamin va riboflavin) sintezlanishi va toʼplanishiga ijobiy taʼsir kursatadi.

Kaliy hujayra shirasining osmotik bosimini oshiradi, shu tufayli oʼsimliklarning sovuqqa chidamliligi oshadi.

Kaliy bilan yetarli darajada oziqlantirilgan usimliklarning turli kasalliklarga (gʼalla ekinlarining qorakuya va zang kasalliklari, sabzavotlar, kartoshka va ildiz mevalilarning chirish kasalligiga chidamliligi kuchayadi.

Kaliy — kaltsiy va magniy elementlari qatori qishloq xoʼjalik ekinlari tomonidan ammiak shakldagi azotning oʼzlashtirilishiga yordam beradi.

O’simliklarda kaliy yetishmasligining asosiy belgilari sifatida quyidagilarni koʼrsatish mumkin: qari (eski) barglar chekkasidan boshlab erta sargʼaya boshlaydi, keyinchalik ularning chekkalari qoʼngʼir (baʼzan zangsimon nuqtali qizil) va maʼlum muddatdan keyin barglarning chetlari nobud boʼladi va yirtilganga oʼxshab qoladi.

Kation sifatida yutilgan kaliy oʼsimlik xujayrasida zaryadlangan ion holida boʼlib, hujayra moddalari bilan juda kuchsiz bogʼlanadi va hujayradagi noorganik anionlar va polielektrolitlarning manfiy zaryadlarini moʼʼtadillashtirishda asosiy raddiion hisoblanadi.

Kaliyning yer qobigʼidagi oʼrtacha mikdori 2,14% ga teng. Koʼpchilik tuprokdar uchun ona jins vazifasini oʼtovchi choʼkindi jinslar tarkibida ham kaliy koʼp uchraydi. Tuproqdagi yalpi kaliyning mikdori azot va fosforning yigʼindi mikdoridan ancha koʼpdir. Haydalma qatlamdagi yalpi kaliyning mikdori azot mikdoriga nisbatan 5—50 marta, fosforga nisbatan 8— 40 marta koʼp.


  1. Asosiy qism

O'zbekiston tuproqlarning kaliy bilan taʼminlashini taqqoslab koʼrsak: eng koʼp kaliy boʼz va qora tuprokdarda, eng kami esa kizil tuprokdardauchraydi.

Kaliyning asosiy kismi tuprokning mineral qismi tarkibiga kiradi. Tuproqdagi kaliy turli-tuman birikmalar tarkibiga kiradi va ularni 5 ta guruhga boʼlish mumkin:

1. Birlamchi va ikkilamchi minerallar kristall panjaralari tarkibidagi kaliy. Bu guruhga mansub kaliyning eng koʼp mikdori alyumosilikatlar (dala shpatlari, muskovit, biotit, glaukonit, nefelin, leytsit va b.) tarkibiga kiradi. Dala shpatlari (ortoklaz) tarkibidagi kaliy oʼsimliklar tomonidan deyarli oʼzlashtirilmaydi. Muskovit, biotit va nefelindagi kaliydan oʼsimliklar bir qadar bahramand boʼlishi mumkin.

2. Tuproq kolloidlari yuzasiga almashinadigan holatda yutilgan kaliy. Qumoqlarda yalpi kaliyning 0,8%i, sozli tuproqdarda 1,5%i, boʼz va kora tuprokdarda 3,0% ga yaqini shu shaklda yutiladi. Ildiz tizimidan ajraladigan vodorod ionlari (H+) taʼsirida oʼsimliklar mazkur shakldagi kaliyni oʼzlashtira oladi.

3. Suvda eriydigan kaliy. Uning miqdori almashinuvchan kaliyning 1/5—1/10 qismini tashkil qiladi.

Bu shakldagi kaliyning yuzaga kelishi bir qator jarayonlar bilan uzviy bogʼliq:

a) kaliyli minerallarning gidrolizi;

b) minerallarning ildiz ajratmalari taʼsirida parchalanishi;

v) nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar tomonidan toʼplanadigan nitrat kislota va boshqa nordon mahsulotlarning taʼsiri;

g) tuproqqa kiritiladigan mineral oʼgʼitlar taʼsirida almashinuvchan kaliyning siqib chiqarilishi.

4. Mikroorganizmlar va o’simliklarning angʼiz va ildiz qoldiqlari tarkibidagi kaliy. Bu guruhga mansub kaliy faqatgina mikroorganizmlar nobud boʼlgach va angʼiz hamda ildiz qoldiqlari chirib, minerallashgandan keyin oʼsimliklar oʼzlashtiradigan shaklga oʼtadi.

5. Tuproq tomonidan fiksatsiyalangan kaliy. Tuproqda kaliyning qiyin eriydigan holatdan suvda eriydigan yoki almashinuvchan holatga oʼtishi bilan bir qatorda teskari jarayon, ularning harakatchan shakldan almashinmaydigan holatda oʼtishi ham sodir boʼladi. Mazkur jarayonga kaliyning fiksatsiyalanishi deyiladi. Kaliyning fiksatsiyalanishi tuproq yuza qatlamining goh namlanib, goh qurishi natijasida sodir boʼladi.

Eruvchanligi va oʼsimliklar tomonidan oʼzlashtirilishiga koʼra tuprokdagi kaliyni quyidagicha tasnif qilish mumkin:

1) suvda eriydigan kaliy (oʼsimliklar tomonidan oson oʼzlashtiriladi);

2) almashinuvchan kaliy (oʼsimliklar tomonidan yaxshi oʼzlashtiriladi);

3) harakatchan kaliy (suvda oson eriydigan va almashinuvchan kaliylar yigʼindisi);

4) almashinmaydigan-gidrolizlanadigan yoki qiyin eriydigan kaliy;

5) kislotada eriydigan kaliy — yuqorida aytilgan toʼrt xil kaliyni oʼz ichiga olib, kuchli kislotaning qaynoq eritmasi (0,2N yoki 10% li HCl) yordamida ajratib olinadi;

6) almashinmaydigan kaliy (yalpi va kislotada eriydigan kaliylar oʼrtasidagi ayirma asosida topiladi).

Аlmashinuvchan va almashinmaydigan — gidrolizlanadigan kaliylarning miqdori hisoblash yoʼli bilan topiladi: almashinuvchan kaliy — harakatchan va suvda eriydigan kaliylar oʼrtasidagi ayirmaga teng boʼlsa, almashinmaydigan-gidrolizlanadigan kaliy — kislotada eriydigan va harakatchan kaliy miqdorlarining ayirmasiga tengdir.

O’simliklarning oziqlanishida asosiy rol oʼynaydigan harakatchan kaliyning miqdori turli tuproq tiplarida yalpi kaliyning atigi 0,5—2,0% ni tashkil qiladi.

Tuproqdagi kaliy shakllarining muntazam ravishda bir turdan ikkinchi turga oʼtib turishi anikdangan.

Tuproqdagi almashinuvchan kaliyning 10—25% i suvda eruvchan, kislotada eriydigan kaliyning 5—25%i almashinuvchan. yalpi kaliyning 2—15% i kislotada eriydigan holatda boʼlishi isbotlangan.

Аgrokimyo fani va amaliyotida o’simliklar oziqlanishida muhim ahamiyatga ega boʼlgan harakatchan kaliy miqdorini anikdash muhim oʼrin tutadi.

Harakatchan kaliyning mikdori turli tuproqlarda turli usullar yordamida aniqlanadi. Masalan, boʼz tuproqlar va shuningdek, boshqa serkarbonat tuproqlarda

Machigin-Protasov (1% li ammoniy karbonat soʼrimi), chimli-podzol va sur tusli oʼrmon tuproqlarida Kirsanov (0,2N xlorid kislota soʼrimi), qora tuproqlarda Chirikov (0,5N sirka kislota soʼrimi), qizil va sariq tuproqlarda Oniani (0,1n sulfat kislota soʼrimi), Boltiq boʼyi tuproqlarida Egner-Rim-Domingo (sut va sirka kislotalari hamda sirka kislotaning ammoniyli tuzlaridan tayyorlanadigan bufer eritma) usullaridan foydalaniladi.

Аgrokimyoviy tahlil asosida tuproqlarning harakatchan kaliy bilan taʼminlanganligi boʼyicha agrokimyoviy xaritanomalari tuziladi va shu asosda har bir ekin turi uchun kaliyli oʼgʼit meʼyorlari belgilanadi.

Kaliyli oʼgʼitlarni keng miqyosda ishlatish Respublikamizda XX asrning 60-yillaridan boshlab yoʼlga qoʼyildi. Sobiq Ittifoq davrida kaliyli oʼgʼitlar toʼlaligicha Rossiya (Verxokamsk, Solikamsk), Belorus (Starobinsk) va Ukraina (Kalush-Galinsk) konlaridan olinadigan xomashyolar asosida ishlab chiqilar edi. Hozirgi kunda Oʼrta Osiyoning oʼzidagi bir qator konlarda, masalan, Turkmanistonning Tubegatan, Harluq konlari, Qashqadaryo viloyatidagi Tubakat, Surxondaryo viloyatidagi Xoʼjakon konlaridan xomashyo olish va ulardan kaliyli oʼgʼitlar ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyilmoqda. Hisob-kitoblarga qaraganda, birgina Surxondaryoning Xoʼjakon kaliy tuzlari Respublikamiz dehqonchiligini qariyb yuz yil davomida kaliyli oʼgʼitlar bilan taʼminlash imkoniyatiga ega. Bu konlardan olinadigan tuzlarni kompleks qayta ishlash yoʼl-yoʼlakay brom, temir, magnezit, gips va boshqa materiallarni ham olish imkonini beradi. Deyarli barcha konlar (konlarning 92% ga yaqini) xloridli va sulfatli xomashyo beradigan konlar toifasiga kiradi va ulardan olinadigan o’g’itlar ham xlorli hamda sulfatli kaliyli o’g’itlar deb yuritiladi.

Xlorli kaliyli oʼgʼitlar ishlab chiqarishda asosiy xomashyo silvinit (tarkibida 12—15% K20 tutadi) boʼlib, u silvin (KC1) va galit (NaCl) aralashmasndan iboratdir.

Sulfatli kaliyli oʼgʼitlar ishlab chiqarishda kainit, langbeynit va alunitdan foydalaniladi.

Kaliyli oʼgʼitlar kontsentrlangan (kaliy xlorid, kaliy sulfat, kaliy xlorid elektroliti, kaliy tuzi, kalimagneziya, kaliyli-magniyli kontsentrat) va xom (silvinit, kainit) kaliyli oʼgʼitlarga boʼlinadi.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish