Kaliy sulfat (K2S04). Oq tusli (baʼzan sargʼish jilvaga ega) mayda kristall zarrachali kukun. Tarkibidagi namlik 1,2% dan kamroq, K20 ning miqdori 46—50% atrofida. Mushtlashib qolish ehtimoli kam, xaltalarda yoki ochiq holatda tashiladi.
Kaliy sulfatni turli tuproq tiplarida barcha qishloq xoʼjalik ekinlariga ishlatish mumkin, ayniqsa, xlorga sezgir ekinlar (tamaki, tok, zigʼir, kartoshka va boshqalar) ga qoʼllash yaxshi samara beradi.
Kalimagneziya (K2SO4 • MgS04 • 6H20). Kulrang tusdagi mayda kukun yoki pushti donachalar holida ishlab chitsariladi. Tarkibida 29% K2O, 9% MgO tutadi, namligi 5% atrofida. Mushtlashmaydi. Qogʼoz va polietilen qoplarda yoki ochiq holda tashiladi. Kaliy sulfat kabi uni ham xlor ioniga sezgir va kaliy bilan bir qatorda magniyni koʼp talab qiladigan ekinlar (kartoshka, zigʼir, beda va boshqalar) ga, ayniqsa, tarkibida magniy kam boʼladigan tuproqlarga kiritish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |