Neytrino shunday zarraki, u boshqa zarralar (atomlar) bilan deyarli reaksiyaga kirishmaydi yoki bunday o'zaro ta'sir ehtimoli juda kam. Shunday reaksiyalardan biri
bo'lib, bunda hosil bo’lgan Ar noturg'un bo'lganligi uchun parchalanadi, hosil bo'lgan pozitron (e+) elektron (e-) bilan qo'shilib ikki-uch yorug'lik kvantini beradi. Bu reaksiyaga asoslangan tajriba neytrino teleskopida 1967-y.da bajarildi va Quyoshdan Q = (2.2 ± 0.4) SNU (quyoshiy neytrino birligi) miqdorda neytrinoni qayd qildi. Bu nazariy hisoblangan (Q =7.6 SNU)dan 3.5 marta kamdir. Sababi xlor izotopiga asoslangan tajriba qayd qila oladigan neytrino Quyoshdan chiqayotganlarga nisbatan boshqacha energiyali bo’lishi yoki nazariy hisoblash natijalari xato bo'lishi, yoxud Quyoshning ichki tuzilishi modeli aniq bo'lmasligi mumkin. Bu masalalar hal qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |