Kiri sh mavzuning dolzarbligi


Quddusning salibchilar tomonidan qamal qilinishi (1099 yil 7 iyun - 15 iyul)



Download 205,5 Kb.
bet6/16
Sana14.07.2022
Hajmi205,5 Kb.
#794132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Nishonov Sardor BMI 2018

Quddusning salibchilar tomonidan qamal qilinishi (1099 yil 7 iyun - 15 iyul) 1098 yil noyabrda graf Raymund Tuluzskiy va uning qo‘l ostidagi ritsarlar Antioxiyadan janubig‘arbdagi Maarra shahriga qarab siltishdi va 24 noyabr kuni Shaharni qamal qilishdi. Oradan ko‘p o‘tmay ular safiga Boumend Tarentskiyning normanlardan tashkil topgan bo‘linmasi qo‘shildi. Ikki tomondan hujumga uchragan himoyachilar qal’ani muhofaza qila olishmadi va 1098 yil 11 dekabr kuni salibchilar Shaharni zabt etdi. Deyarli butun aholi qirib tashlandi.
1099 yil 13 yanvarda salibchilar Quddusni istilo qilish uchun harakat boshladi. O‘rta er dengizi sohili bo‘ylab yurgan fotihlar yo‘lda umuman qarshilikka uchramadi. Vaqtdan yutqazmaslik uchun Tir, Akkra va Kessariyani qamal qilmay chetlab o‘tishdi. Ramlaga etib kelgan salibchilar o‘rtasida yana tushunmovchiliklar boshlan-di. Ular Damashqqa yoki Qohiraga yurish haqida tortishishdi, oxiri Quddusga yurishni davom ettirishga qaror qilishdi.1
1099 yil 7 iyun seshanba kuni Quddusga yetib keldilar. Robert Normandskiy lageri Stefan Cherkovining Shimoliy tomonida, un-dan nariroqda Robert Flandriyskiy bo‘linmasi o‘rnashdi. Gotfrid Bulonskiy va Tankred Tarentskiy guruhlari Dovud minorasi va Yaffa darvozalari qarshisida joylashdi. Janubda Sino tog‘idagi Mariya Cherkovi yaqinida Raymund Tuluzskiy qaror topdi.
Antioxiya qamalida bo‘lgani kabi, salibchilar katta qiyinchiliklarga uchradi. Shunga qaramay, Quddusni musulmonlardan tortib olish uchun birlashib harakat qilishdi. 13 iyun kuni Shahar devorini egallashga urinib ko‘rishdi. Qal’a himoyachilari hujumni qaytar-di. 17 iyun kuni Yaffaga Genuya kemalari oziq-ovqat va qamal qurollari bilan etib keldi. Raymund kemalarni himoyalash uchun yuzlab ritsarlarini jo‘natdi, lekin yo‘lda quddusliklarning pistirmasiga duch keldilar. Qonli to‘qnashuvda ko‘plab kishi halok bo‘ldi. Quddus qamal qurollaridan tinimsiz o‘qqa tutildi. Shahar atrofi xandaq bilan o‘ralgani bois, salibchilar 12 iyul kuni chuqurlarni to‘ldirishga kirishishdi. 15 iyul kuni xandaqni ko‘mib tashlab Shahar devorlariga yaqinlashishdi. Shotilarni devorga qo‘yib Shaharga kirishga urinishdi. Birinchi bo‘lib Quddusga ritsar Letold, keyin Gotfrid Bulonskiy va Tankred Tarentskiy kirdi. Boshqa tomondan hujum qilayotgan Raymund Tuluzskiy salibchilar Shaharga kirganini eshitgach zudpik bilan janubiy darvoza tomon yo‘naldi. Dovud minorasi garnizoni amiri Shahar boy berilganini ko‘rib taslim bo‘ldi va Yaffa darvozasini ochib berdi. Salibchilar Quddusga kirishlari bilanoq xunrezlikni boshlab yuborishdi. Ular musulmon va yahudiylar qatori mahalliy xristianlarni ham qirib tashladi. 16 iyul kuni erta tongda barcha narsa hal bo‘ldi, qamal vaqtida va xunrezlikda jami 70 mingga yaqin kishi o‘lgandi.
Salibchilar Quddusni olishgach Quddus qirolligini tashkil qilishdi. Gotfrid Bulonskiy birinchi qirol bo‘ldi. O‘z mavqeini mustahkamlash uchun Boumend donishmandiylarning Sivasdagi amiri Malik G‘oziyga hujum qildi. Salibchilar Quddusga yurish qilayotganda donishmandiylarni chetlab o‘tishgandi, ular vaziyatdan foydalanib 1101 yilga kelganda Kichik Osiyoning eng kuchli davlatiga aylanishgan. Boumend Malatiyadagi arman knyazining iltimosiga ko‘ra Malik G‘oziyga hujum qildi, u juda kuchli turk bo‘linmalar bilan to‘qnashib mag‘lubiyatga uchra-di va ritsarlari bilan asirga olinib Neokasesariyada to‘rt yil (1101 - 1104) saqlandi. Arman knyazi pul to‘lab uni asirlikdan qutqardi.



Download 205,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish