Tripoli grafligi - Birinchi salib yurishidan so‘ng Falastinda salibchilar tomonidan tuzilgan to‘rt davlatdan biri. 1105-1289 yillarda mavjud bo‘lgan.
Graflik asoschisi Raymund Tuluzskiy hisoblanadi. Graf Falastinda o‘zining eri bo‘lishini istardi. 1105 yili Tripoli qamali paytida u vafot etdi. Vorislari Tripolini egallab yangi graflik tuzishdi.
Graflik 1289 yili, sulton Qulovun Tripolini egallagach, tuga-: tildi.
Falastin birinchi va ikkinchi salib yurishi oralig‘ida. Norveglarning salib yurishi (1107 - 1110). YUrish Norvegiya qiroli Sigurd I tomonidan tashkillashtirildi. YUrishda, Shuningdek, Quddus qirolligi (Bolduin I) va Venetsiya Respublikasi (Ordelafo Fa-lero) qo‘shini qatnashdi.
Salibchilarning Norvegiyaga qaytishi (1110 - 1113). Sigurd o‘zining barcha kemalarini va qo‘lga kiritgan narsalarini Vizantiya imperatoriga topshirdi, buning evaziga juda ko‘p otlarni olib yurtiga quruqlikdan ketishga tayyorgarlik ko‘rdi. Salibchilarning bir qismi Vizantiya imperiyasida xizmat qilish uchun qoldi. Sigurd Yevropa bo‘ylab 3 yilga yaqin sayohat qildi. Bolgariya va Vengriyadan o‘tib, Pannoniya, Shvabiya va Bavariyaga keldi. Bavariyada Muqaddas Rim imperiyasi hukmdori Lotar bilan uchrashdi. Keyin Daniyaga keldi va qirol Nile bilan ko‘rishdi. Sigurd Nile jihozlagan kemada Norvegiyaga etib oldi.
Ikkinchi salib yurishi (1147 - 1149) 1145 yip noyabr, Quddus va Antioxiya hukmdorlari papaga yordam surab murojaat qilishdi. 1145 yil 1 dekabr. Rim papasi Evgeniy III salib yurishiga targ‘ib qildi. G‘ardada yurishga tayyorgarlik boshlandi.
Edessaning Imodiddin tomonidan egallanishi ikkinchi salib yurishiga turtki bo‘ldi. Harbiy harakatlar Pireney yarimoroli va G‘arbiy Osiyoda olib borildi. Pireneydagi Lissabonni arablardan tortib olishda Angliya qirolligi, Leon, Kastiliya, Barselona va Portugaliya qirolliklari birlashgan bo‘lsa, Falastinda olib borilgan yurishda Quddus qirolligi (tamplier ritsarlari, gospitaler ritsarlari), Vizantiya imperiyasi, Muqaddas Rim imperiyasi (Bavariya, Frankoniya, SHvabiya, Stiriya) va Fransiya qirolliklari (Flandriya. Montferrat, Savoya, Bar, Auvergna, Lorrana, Burgundiya, Akvitaniya, Provans) qatnashdi. 1146 yil 16 fevralda fransuzlar va nemislar yurish rejasini muhokama qilgani yig‘ildi. Muqaddas Rim imperiyasi hukmdori Konrad Sitsiliya qiroli bilan dushman bo‘lgani uchun Vengriya orqali Konstantinopolga borishga qaror qildi. Fransuzlar uzoq tortishuvlardan so‘ng nemislar yurgan yo‘ldan yurishga qaror qilib 15 iyunda yo‘lga chiqishdi. Bundan Sitsiliya qiroli g‘azablanib salib yurishida qatnashmasligini ma’lum qildi.
1148 yil 23 - 27 iyul. Damashq qamali. Damashq juda kuchli qal’a bo‘lib, qattiq himoya qilinardi. Salibchilar Shaharga etib kelib qamalni boshladi. Biroq quddusliklar salibchilar turgan tomondan Shaharni olib bo‘lmasligi va qal’ani narigi tomondan qamal qilish lozimligini aytishdi. Ular maqsadsiz qamalni davom ettirish bilan birga Mosuldan etib kelgan Sayfiddin, Halabdan kelgan akasi Nuriddin qo‘shini bilan ham to‘qnashdi. Konrad 28 iyulda Quddusga chekindi. Ular omadsizlikka uchragach Antioxiyaga borib fransuzlar bilan birlashishga ham xohishlari qolmadi. 1148 yil kuzida Konrad Vizantiya kemalarida Konstantinopolga keldi va 1149 yil boshida Germaniyaga ketdi.
Lyudovik VII kelajakdagi rejalari bo‘yicha a’yonlari bilan maslahatlashdi. Bir guruh unga Yevropadan keladigan madad kuchlarini kutishni, boshqa guruh Konrad kabi qaytib ketishni maslahat berdi, Lyudovik ularning maslahatini qabul qilib 1149 yil boshida norman kemalarida Janubiy Italiyaga jo‘nadi. U erda norman qirollari bilan uchrashgach 1149 yil kuzda Fransiyaga etib keldi.
Boshda juda katta natija kutilgan yurish natijasiz tugadi. YUrishning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi musulmonlarda salibchilar davlatini tugatishga umid uygotdi, Nemislarning omadsiz ligini fransuzlar masxara qildi. Bu keyingi salib yurishlarida nemis va fransuzlarning birlashib harakatlanmasligiga asosiy sabab edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |