Oltinchi salib yurishi (1228 - 1229). Oltinchi salib yurishi Papa davlatining ashaddiy dushmani bo‘lgan va yurishgacha Cherkovdan chetlatilgan Muqaddas Rim imperiyasi hukmdori Fridrix II Shtaufen tomonidan tashkillashtirildi. YUrishda Muqaddas Rim imperiyasi askarlari va tevton ordeni ritsarlari qatnashdi.
Fridrix 1227 yil avgustda gersog Genrix Lyuksemburgskiy boshchiligidagi flotni Suriyaga yubordi. Sentyabrda uningo‘zi ham bordi, lekin kasallanib qolgani bois ortga qaytdi. Bu yurishda qatnashgan landgraf Lyudvig Tyuringenskiy Otrantoga kelishi bilan vafot etdi. Papa Grigoriy IX belgilangan vaqtda qasamyod qilmagani sabab Fridrixning uzrini qabul qilmay Cherkovdan chetlatgandi. Impera tor va papa o‘rtasida Falastin uchun g‘arazli manfaatlar kurashi boshlandi. Nihoyat, 1228 yil iyunda Fridrix Suriyaga bordi, Falastinga kelib Yaffa shahri istehkomini va Ioffiya qal’asini tikladi, lekin mazkur harakati papa bilan yarashishga kamlik qildi. Rim papasi Grigoriy Fridrix Cherkovdan chetlatilgani tufayli salibchi sifatida emas, balki qaroqchi bo‘lib borganini aytdi. 1229 yil fevralda esa Misr sultoni Komil bilan bitim tuzildi. Sulton Fridrixga Quddus, Baytu Lahm, Nazaret Shaharlarini va dengizga chiqadigan boshqa hududlarni berdi, imperator buning evaziga sultonning barcha musulmon va xristian dushmanlariga qarshi kurashida yordam berish majburiyatini oldi. Fridrix II 1229 yil 18 mart kuni Quddusga kirdi. Fridrix II ning Cherkovdan chetlatilgani sabab, xristianlarga u erda ibodat qilish taqiqpandi. Imperatorning vaqti tig‘iz bo‘lgani uchun may oyida yurtiga qaytib ketdi.
Fridrix Suriyani tark etgach, uning dushmanlari Genrix VI davridan beri imperiyaga qarashli bo‘lgan Kiprdagi, Shuningdek, Suriyadagi gogenshtaufenlar hukmronligini qulatishga intilishdi.
1238 yili, sulton Komilning vafotidan so‘ng, uning vorislari o‘rtasida taxt talashish boshlandi.
1238 yili Tibo Navarrskiy, gersog Gugo Burgundskiy, graf Petr Bretanskiy, Amalrix Monferratskiy va boshqalar Akkraga kelishdi. Bu safar salibchilar o‘zicha mustaqil harakat qilib mag‘lubiyatga uchradi, Amalrix asirga olindi. Quddus yana ayyubiy amirlaridan birining qo‘liga o‘tdi. Salibchilarning Damashq amiri Ismoil bilan tuzgan ittifoqi ularning misrliklar bilan urushishiga olib keldi. Misrliklar ularni Asqalon yaqinida tor-mor etdi. Bu voqeadan so‘ng ko‘pgina salibchilar Falastinni tark etdi. 1240 yili Falastinga kelgan Angliya qirolining akasi graf Richard Kornvalliyskiy Misrdagi ayyubiylar amiri Malik Solih Ayyub bilan sulh tuzishga erishdi. Shunga qaramay, salibchilar o‘rtasida nizo davom etardi. Gogenshtaufenlar dushmani bo‘lgan baronlar hokimiyatni Alisa Kiprskayaga olib berishdi. Vaholanki, Fridrix II ning o‘g‘li Konrad qonuniy voris edi. Alisa Kiprskaya vafot etganidan so‘ng, hokimiyat uning o‘g‘li Genrix Kiprskiyga o‘tdi. Salibchilar va o‘zining musulmon dushmanlari o‘rtasida ittifoq tuzilganidan xabar topgan Malik Ayyub xorazmiylarni yordamga chaqirdi. Xorazmiylar kelganda, Shahar salibchilar tomonidan tortib olinganiga uncha ko‘p bo‘lmagandi. YOrdamga chaqirilgan xorazmiylar 1244 yil sentyabrda Quddusni eabt etishdi va talon-toroj qilishdi. SHundan so‘ng salibchilar Quddusni qaytadan egallay olishmadi. Salibchilar va ularning ittifoqchilari mag‘lubiyatidan so‘ng, Malik Ayyub Damashq va Asqalonni zabt etdi. Antioxiyaliklar va armanlar o‘sha paytda mo‘g‘ullarga o‘lpon to‘lashga majbur edi. G‘arbda esa oxirgi yurishlarning muvaffaqiyatsizligi va papalarning salib yurishiga yig‘ilgan mablag‘ni gogenshtaufenlarga qarshi kurashga sarflashi sabab, salib yurishlariga qiziqish qolmadi. Lekin Fransiya qiroli Lyudovik IX kasalligiga qaramay Falastinga borish uchun ont ichdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |