Kiri sh mavzuning dolzarbligi


Sakkizinchi salib yurishi (1270 yil, 1271 - 1272 yillar)



Download 205,5 Kb.
bet13/16
Sana14.07.2022
Hajmi205,5 Kb.
#794132
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Nishonov Sardor BMI 2018

Sakkizinchi salib yurishi (1270 yil, 1271 - 1272 yillar). Qaltis vaziyatda bo‘lishlariga qaramay, xristianlar orasida ichki nizolar davom etardi; tamplierlar va gospitalerlar, savdo raqobatchiligi sababli genuyaliklar va venetsiyaliklar hamda pizaliklar o‘rtasida dushmanlik to‘xtamasdi. G‘arbiy Osiyoda mo‘g‘ullarning paydo bo‘lishi salibchilarga qulayliklar keltirdi. Lekin sulton Zayniddin Kotus Ayni Jolutda mo‘g‘ullarga qaqshatqich zarba berib Damashq va Halabni qo‘lga kiritdi. Kotus o‘ldirilgach, mamluklar rahnamosi Baybars sulton bo‘lgach, salibchilar holati noaniqligicha qolaverdi. Baybarshammadan avval Boumend Antioxiyskiyga e’tibor qaratdi. 1265 yili Nazaret, Xayfa, Toron va Arsufni egalladi. So‘ng 1268 yili salibchilar 170 yil nazorat qilgan Antioxiyani zabt etdi. Keyin Akkrani olishga tayyorlana boshladi. Bundan xabar topgan Quddusning qo‘g‘irchoq qiroli kiprlik Xyu III Akkrani himoya qilish uchun etib keldi.
Ettinchi salib yurishini boshqargan Lyudovik IX bu safargi yurishni ham tashkillashtirdi. Lyudovik IX xochni qabul qildi. Unga o‘g‘illari Filipp, Ioann Tristian va Pyotr Alansoskiy, graf Artua (Mansurada o‘ldirilgan Robert Artuaningo‘g‘li), qirol Tibo Navarrskiy va boshqalar ergashdi. Qolaversa, salib yurishiga Karl Anjuy skiy va Angliya qiroli Genrix III ning o‘g‘illari Eduard va Edmund ham borishini bildirdi. Lyudovikning maqsadi juda kuchli flotga ega Tunisni bo‘ysundirib O‘rta er dengizida nazorat o‘rnatish edi. Bu salibchilar qo‘shinining qarshiliksiz O‘rta er dengizi orqali Misr va Falastinga borishi uchun xavfsizlikni ta’minlashga imkoniyat berardi.
Salibchilar Afrikani tark etishgach, ularning bir qismi Suriyaga ketdi, Shuningdek, u erga 1271 yili inglizlar ham keldi. Angliya shaxdodasi Eduardning Suriyaga davom ettirgan yurishi ba’zi manbalarda to‘qqizinchi salib yurishi deyiladi. Boshqa manbalarda esa sakkizinchi salib yurishining davomi sifatida qayd etiladi. Yurish 1271 - 1272 yillarda tashkillashtirildi. Mazkur yurishda salibchilar safida Anjuy grafligi, Kipr qirolligi, Antioxiya fafligi, Angliya qirolligi va elxoniy mo‘g‘ullar davlatidan jami 60 ming kishi qatnashdi. Misrda mamluklarning qudrati oshib borayotgani salibchilar ruhiyatiga ham ta’sir etgandi. Baybars 1268 yili Antioxiyani zabt etgach Tripoliga xavf sola boshlagandi.
Lyudovik IX o‘lganidan so‘ng, fransuzlar yurtlariga qaytib ketishsa-da, Eduard yurishni oxiriga etkazishni maqsad qilib qo‘shini bilan Falastinga yurishni davom ettirdi. Bu paytda Krak qal’asi Baybars tomonidan endigina ishg‘ol qilingandi. Angliya shahzo dasi Eduard va Lyudovik IX ning ukasi Karl Quddus qirolligining poytaxti Akkrani himoya qilishga shoshildi. 1271 yili Baybars o‘n minglab qochoqlar yashiringan Tripolini qamalga oldi. Eduard va Karl qo‘shini Kiprdan turib Akkra qamali bilan mashg‘ul Baybars qo‘shiniga hujum qildi. Eduard Akkraga kelishi bilanoq musulmonlarning ashaddiy dushmani Eron elxoniysi Abag‘a bilan fransuz-mo‘g‘ul ittifoqi tuzishga intilib uning huzuriga Rejinald Rossel, Godefroy Vaus va Jona Parker boshchiligida elchilar guruhini jo‘natdi. Elchilarga mo‘g‘ullar bilan ittifoq tuzib ulardan harbiy yordam olish vazifasi yuklatildi. 1271 yil 4 sentyabrdagi Abag‘aning javob xatida uning hamkorlikka rozi bo‘lgani va mamluklarga birgalikda uyushtiriladigan hujum vaqtini ma’lum qilishlari so‘ralgandi. Kiprdan Xyu III ning yordamga kelishi Eduardni quvontirdi. 1271 yil oktyabr oyi oxirlarida mo‘g‘ullarning oz sonli qo‘shini Suriya hududiga kirib, Halabdan janubdagi erlarni talon-toroj qildi. Abag‘a asosiy kuchlari O‘rta Osiyodagi nizolar bilan ovora bo‘lgani uchun, u Anatoliyada turgan Samagar boshliq 10 ming kishilik qo‘shinnigina yuborishi mumkin edi. Baybars 12 noyabr kuni qarshi hujumga o‘tib mo‘g‘ullarni Furotgacha surib tashladi. Salibchilarning dengiz orqali Misrga hujum qilishidan xavotirlanib flot qurishga kirishdi. BaybarsXyu III flotini chalg‘itish maqsadida Kiprga hujum qildi. Biroq uning floti engilib, Kiprni zabt etolmadi.
1272 yili Angliya qiroli Genrix III ning o‘lgani haqidagi xabar Eduardga etib keldi. U qo‘shinini olib tezda Angliyaga jo‘nadi. SHundan so‘ng Baybars salibchilarni ketma-ket mag‘lub etib, bir qancha Shaharlarni qo‘lga kiritdi. Xristianlar bilan 10 yilu 10 kunga sulh tuzib, mo‘gullar va armanlarga qarshi urushga kirishdi. Birozdan so‘ng Boumend VI ning vorisi Boumend VII mamluklarga o‘lpon to‘lagan.
Akkra (Quddus qirolligi)ning qulashi (1290 yil). Suriyada xristian va musulmonlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar uzoq davom etdi. 1277 - 1281 yillarda musulmonlar ichki nizolarni bartaraf etish va mo‘g‘ullarga qarshi kurashish bilan band bo‘lishdi. Bu paytda yangi salib yurishi uyushtirilsa, xristianlar yutuqqa erishishi mumkin edi, lekin Yevropa suriyalik xristianlarga yordam bermadi. Quddus qirolligi bu vaqtda taxt uchun kurash maydoniga aylangandi. 1286 yili Gugoning o‘g‘li qirol Genrix II Akkradan sitsiliyaliklarni quvdi va ikki qirollikni o‘z qo‘l ostida birlashtir di. So‘nggi yillarda sulton Qulovun mo‘g‘ullarga qarshi kurashish bilan mashg‘ul bo‘lib 1281 yildan 1283 yilgacha ritsar ordenlari bilan bir qancha bitimlar tuzdi va o‘n yilu o‘n oyu o‘n kunga tinchlik sulhi imzoladi.
Sulhni kim birinchi bo‘lib buzgani noma’lum, lekin sulton 1285 yili Ma’raba qal’asiga keldi. Qal’ani xristianlar tashlab ketishgan, xristian va musulmonlar qo‘li bilan vayron etilgandi. Yana sulh tuzildi, lekin sulton Laodekiya va Tripoli qal’alarini zabt etdi. Papa Nikolay IV Falastinga kelayotgan xatardan qattiq tashvishga tushib Suriyada xristian hukmronligi tugayotganini sezdi. U Akkraga kichik flot jo‘natdi, lekin kemalar etarli jihozlanmagani bois, qisqa muddatdan so‘ng ularning ko‘plari Italiyaga qaytib keldi. YAngi salib yurishiga chaqiriq ham natijasiz tugadi. Tripoli ostonasida kurashayotgan genuyaliklar savdo-sotiq imtiyozlari olib Misr bilan do‘stlik bitimi tuzishdi. Bir vaqtning o‘zida Rim kuriyasi va neapollik anjuy sulolasi dushmanlari bo‘lgan Aragon qirollari oilasi vakili Alfons III va uning akasi Yakov Sitsiliyskiy sulton Qulovun bilan mudofaa ittifoqi tuzishdi.
1290 yil martda musulmon qo‘shinining ilg‘or bo‘linmalari Akkra ostonasiga etib keldi. Aprel boshida ulkan qo‘shin bilan sultonning o‘zi ham hozir bo‘ldi. Qo‘shinda 92 ta qamal mashinasi bor edi. Jang Shahar darvozalari ro‘parasidagi ochiq maydonda kichik to‘qnashuvlar bilan boshlandi. Tamplierlar vaziyatni to‘g‘ri baholab o‘zlaridan kuchli sulton qo‘shini bilan sulh tuzishga urinishdi. Lekin muzokaralar olib borishning imkoni bo‘lmadi.
4 may kuni qamal qilingan Shaharga qirol Genrix II va kam sonli kiprlik yordamchi kuchlar keldi. 5 maydan musulmonlar Shaharni o‘qqa tutib yoppasiga hujum boshlashdi. Jang bir necha kun davom etdi. Akkraning boy aholisi yaqinlari bilan qimmatbaho mol-mulklarini olib Shaharni tashlab Kiprga keta boshladi. 15 maydan 16 mayga o‘tar kechasi esa qirol Genrix II o‘zining qo‘shini va unga qo‘shilgan 3 ming kishilik qochoqlar bilan Kiprga keldi. Bu qochoqpik uchun qirol muhokama qilindi, lekin kasalmandligi hisobga olinib kechirildi. Garnizonda qolganlar 12 mingdan 13 minggacha kishini tashkil etardi.
16 mayda musulmonlar yana hujumga o‘tdi. Qal’a devorining bir qismi buzildi va musulmonlarning hayqirig‘i egallangan Shaharning yarmida eshitila boshladi. Lekin xristianlar bor kuchlarini to‘plab musulmonlarni Shahardan chiqarib yuborishdi va buzilgan devorni tosh va boshqa to‘siqlar yordamida berkitishdi. SHunga qaramay, qal’ani himoya qilish o‘ta mushkul edi. Salibchilar buni anglab 17 may kuni Kiprga ommaviy chekinishni maslahatlashishdi. Lekin kemalar etishmagani sababli, oxirigacha kutishga qaror qilishdi. So‘nggi jangdan oldin xristianlar ibodat qilib olishdi.
18 mayda musulmonlar yoppasiga hujum boshladi. Qal’a himoyachilari bir necha bor ularning hujumini qaytardi, lekin bosimni ko‘tara olishmadi. Musulmonlar Shaharga kirdi. Qurol ko‘tarib qarshilik qilganlarni o‘ldirib, ayol va bolalarni asirga olishdi. Ayrim kishilargina kemalarga chiqib qochishga ulgurdi. Lekin dengizda to‘fon ko‘tarilib, odamlar bilan liqto‘lgan kemalar cho‘ka boshladi. Bir necha ming xristian Shaharning g‘arbida dengiz bo‘yidagi joylashgan tamplierlarning kuchli qal’asiga yashirindi. U erda bir necha kun muzokaralar va janglar davom etdi. Qamaldagilarning ayrimlarigina dengiz orqali qochishga erishdi, qolganlar esa jangni davom ettirdi. Musulmonlar Shaharni to‘liq egallashdi va uni yoqib er bilan tekislab tashlashdi.
Xristianlar Akkra qulashidan qattiq iztirob chekdi. Papa Ni kolay IV yangi salib yurishiga targ‘ib qildi, lekin qo‘shin yig‘ishga erisholmadi. Faqatgina 1301 yili bir necha badavlat genuyaliklar kichik flotni qurollantirishdi. Ular Falastinni egallashga safarbar etilgandilar, biroq yurish xristian manzilgohlarini talash va yahudiylarni ta’qib qilishdan iborat bo‘ldi.

Download 205,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish