Kiri sh mavzuning dolzarbligi


Olomonning salib yurishi (1096 yil aprel - oktyabr)



Download 205,5 Kb.
bet4/16
Sana14.07.2022
Hajmi205,5 Kb.
#794132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Nishonov Sardor BMI 2018

Olomonning salib yurishi (1096 yil aprel - oktyabr) birinchi salib yurishining ilk bosqichi bo‘lib, yurish 1096 yil aprelidan oktyabrigacha davom etdi. Yurish Urban II ning 1096 yil 15 avgustdagi qaroridan bir necha oy avval boshlangan. Salib yurishi o‘tkazilishi arafasida Yevropani o‘lat va ocharchilik larzaga solgandi. Natijada ko‘plab kishilar qashshoqlashgan, ular salib yurishida qatnashishni iqtisodiy holatlarini yaxshilashning birdan-bir yo‘li deb bilardilar. Bundan tashqari, 1095 yildagi oy tutilishi, meteor yomg‘iri va boshqalarni yurishning muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishorat sifatida qabul qilishdi. Salib yurishi G‘arbiy Yevropada katta qiziqish uyg‘otib, turli xil manbalarda aytilishicha, unda 300 mingga yaqin kishi qatnashgan. Yurishda hattoki ayollar va bolalar ham ishtirok etgan.1
Valter boshchiligidagi olomonda bor-yo‘g‘i 8 ta ot bor bo‘lib, qolganlar eshaklarda va poyu-piyoda edi. Ba’zi tarixchilar mazkur yurish «oshiqcha tomoqlar»ni yo‘qotish uchun katolik Cherkovi tomonidan uyushtirilgan tadbir deb ta’kidlashadi. Konstantinopolgacha yo‘lga chiqqanlarning yarmi ham etib kelmadi.
Salib ostida to‘plangan olomon 1096 yil bahorida asosiy harakatga o‘tdi. Ular o‘zlari bilan ta’minot zaxirasi olishmagandi. Shuning uchun tabiiy ehtiyojlarini qondirish uchun yo‘lida uchragan-ki manzilgohni talashdi. Vengriya chegaralariga yaqinlashishganda, odamlar u yerda ehtiyot chorasini ko‘rib qo‘yishgandi. O‘rta asrlarda Yevropadan Falastin ziyoratiga yo‘lga chiqqan ziyoratchilarga bepul ovqat tarqatishardi. Lekin hech vaqosiz salibchilar bunday imtiyozga ega bo‘lmagani uchun talonchilik bilan kun ko‘rishdan boshqa choralari qolmadi.
Salibchilar Nikeyadan shimoli-g‘arbdagi Elenopolga o‘rnashishdi. Bu yer saljuqiylarga qarashli bo‘lib, salibchilar ehtiyot choralarini ko‘rishlari talab etilardi. Lekin o‘zboshimcha olomon Pyotrning buyrug‘iga itoat qilmay atrofdagi manzilgohlarni talashga tushdi. Bir guruh salibchilar Nikeya yaqinida turk bo‘linmalarini mag‘lub etdi. Pyotr bular bilan biror natijaga erishishga ko‘zi etmay ritsarlarni kutish uchun Konstantinopolga qaytib ketdi. Oradan ko‘p o‘tmay salibchilar halokatga uchradi. Reno de Brey boshliq katta guruh Saljuqiylar davlati poytaxti Nikeyaga yurish boshladi, yo‘ldagi oz sonli turk garnizonini engib Kserigordon qal’asini bosib oldi. Lekin sulton Qilich Arslon qal’ani suv bilan ta’minlaydigan manbalaridan mahrum qilgach, qal’ani topshirishga to‘g‘ri keldi. Keyin sulton salibchilar lageriga josuslarni yuborib Nikeya egallangani haqida ma’lumot tarqatishni buyurdi. Elenopoldagi salibchilar lagerida Nikeya turklardan tortib olingani haqida yolg‘on xabar tarqaldi. O‘ljalardan quruq qolmaslik maqsadida barcha Nikeyaga oshikdi. Salibchilar hiylaga uchib 21 oktyabr kuni turklar tomonidan Nikeya va Drakon manzilgohlari orasidagi tor vodiyga qo‘yilgan qopqonga tushib qolishdi. Taxminan 25 oktyabr kuni salibchilar batamom tor-mor etildi. Ulkan olomondan faqat 30 ming kishi qutulib qolgan, ular Bosfor orqali grek qayiqlarida Vizantiya imperiyasi hududiga arang qochib o‘tishdi.

Download 205,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish