O‘rta asrlar adabiyotining rivojlanish jarayonidagi uch omil.
Qadimgi german eposining ilk namunasi.
Kelt eposi va qadimgi Skandinaviya adabiyoti.
Fransuz qahramonlik eposi.
Ispan qahramonlik eposi.
XII–XIII asrlarda ritsar-kurtuaz adabiyoti.
O’rta asrlardagi shaxar adabiyoti.
O‘rta asrlar adabiyotining rivojlanish jarayonidagi uch omil.
O‘rta asrlar adabiyotida xalq poeziyasi an’analarining roli kattadir. eng qadimgi poeziya namunalari mehnat qo‘shiqlari bo‘lsa, o‘rta asralarga kelib, Qo‘shiq urf-odat doirasidan chiqib, mustaqil adabiy janr sifatida shakllandi. O‘rta asr adabiyotining rivojlanishiga antik adabiyotning ta’siri kattadir.
Qahramonlik eposlari xususida muhokama yuritilganda G‘arb va SHarq xalqlari ijodi o‘rtasida ba’zi bir yaqinlik va o‘xshash syujetlar mavjudligi o‘sha davr xalqlarining ma’lum bir taraqqiyot bosqichida yashab kelajak haqidagi orzularining mushtarakligi bilan izohlanadi. Fransuz qahramonlik eposi fransuz poeziyasining ilk namunalari mehnat, jangovor yurish, madaniy hayot masalalariga bag‘ishlangan qo‘shiqlar shaklida paydo bo‘lgan. «Roland haqida qo‘shiq» fransuz qahramonlik eposi bo‘lib, Fransiya yagona bir davlat sifatida qadirlanadi. Uning imperatori Karl aziz Fransiya uchun jon fido qilgan Roland ulug‘lanadi.
Ispan xalqining shu jumladan «Sid haqida qo‘shiq» O‘rta asrlardagi g‘arbiy Evropa qahramonlik eposidan farq qiladi, ya’ni ispan qahramonlik eposida xushchaqchaqlik ustun turadi. Nibuelinglar haqida qo‘shiq nemis qahramonlik eposi bo‘lib, qadimgi ertakning bir turidir. Unda realizm va xalqchillik unsurlari bo‘lib, ijobiy obrazlar tasviri va talqinida ko‘rinadi.
“Roland haqida qo‟shiq”. Qo‟shiqning yaratilish tarixi
Xalq badiiy ijodining ajoyib namunasi sifatida ma‘lum va mashhur bo‘lgan ―Roland haqida qo‘shiq‖ 4002 misradan iboratdir. Poemaning dastlabki nusxasi Oksford teksti hisoblanadi. U Angliyada 1170-yillarda yozib olingan. Poemaning o‘zi XI asr oxiri va XII asr boshlarida yaratilib, asrlar davomida og‘izdan-og‘izga o‘tib kelgan, u so‘nggi davrlrda badiiy tomondan mukammallashtirilib ixcham shaklga keltirilgan. ―Qo‘shiq‖da frnklar qiroli Karlning mavr-saratsinlar bilan olib brogan jangi, dushman tomonidan o‘ldirilgan qahramon Roland uchun qasos olishi hikoya qilinadi. Poemaning g‘oyaviy mazmuni uning negizida yotgan tarixiy voqelar tavsifida ravshanlashadi. Bag‘dod xalifasi tarafdorlari Karlga murojaat qilib, Ispaniyada mustaqil musulmon davlati o‘rnatgan Abdurahmonga qarshi kurashda undan madad so‘raydilar. Ispaniya marvlarining o‘zaro janjaliga aralashgan Karl 778-yilda Pireniy tog‘laridan o‘tib, ko‘p yerlarni egallaydi. Karlning Shimoliy Ispaniyaga yurishi muvaffaqiyatsiz yurishi diniy kurash bilan sira aloqador bo‘lmaganligiga qaramay, qo‘shiqchihikoyachilab bu voqeani g‘ayri dindagi arablar bilan bo‘lgan yeti yillik urushga bog‘laydilar. Karl qo‘shining Ronseval darasidagi halokatini ham bask –xristianlarning hiyonati emas, balki ispan arablarining yovuz dushmanligi, deb ko‘rsatadilar