Кино ва телевидениеда монтаж


kadrda harakatlanayotgan ob’ektning harakat



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

kadrda harakatlanayotgan ob’ektning harakat 
yo‘nalishi qo’shni kadrlarda ham saqlanib qolishi kerak. Agar 
kadrda harakatlanayotgan ob’ektning harakat yo‘nalishi 
o‘zgarsa, bu o‘zgarish bevosita tomoshabin ko‘z o‘ngida va bir 
kadr ichida sodir bo‘lishi kerak

 
Nazorat savollari: 
1. Ob’ekt harakat yo‘nalishi deganda nimani tushunasiz?
2. Ob’ektning harakat yo‘nalishi yuz berganda bu qanday 
ko‘rsatiladi? 
3. Ob’ektning harakat yo‘nalishini to‘g‘ri aks ettirish nega 
muhim? 
 
1.5 To‘rtinchi tamoyil: Faza bo‘yicha montaj 
Mavzu montajning to‘rtinchi tamoyiliga bag‘ishlangan 
bo‘lib, kadrda harakatlanayotgan ob’ektlarning harakat fazasini va 
ekrada yuz berayotgan voqeylikni tomoshabinga to‘g‘ri yetkazib 
berish bu tamoyilning asosiy talabi hisoblanadi. 
Bir sahna yoki epizod doirasida kadrlarni birlashtirishga 
daxldor bo‘lgan montaj tamoyillari talablarini har bir rejissyor
operator va hatto televizion jurnalist ham juda puxta o‘rgangan 
bo‘lishi kerak. Albatta, kadr mizantsenasini qurishda, tasvirga 
olish nuqtasini tanlashda va tasvirga olish ishlari davomida ana 
shu montaj talablaridan kelib ishlash kerak bo‘ladi. Ob’ekt 
harakati fazasi bo‘yicha montaj ekran asarlari ijodkorlaridan 
tasvirga olish ishlari paytida yanada diqqatliroq bo‘lishni talab 
etadi. 
Dunyoda hamma harakat siklik, ya’ni takrorlanuvchi 
xususiyatga ega. Bu sikllarning davomliligi bir-biridan farq qiladi 
xolos. Faqat, aylanayotgan tekis aylananing, masalan velosiped 
g‘ildiragining harakat fazasini aniq belgilab bo‘lmaydi. Tez 


85
aylanayotgan paytda u necha marta aylanib o‘tganini va uning 
qaysi qismi qayerdan harakatni boshlab qayerda tugatganini 
aniqlash qiyin. Chunki, uning hamma tomoni bir xil. Biroq, bu 
g‘ildirakning biror joyiga qizil bo‘yoq bilan belgi qo‘yilsa, uning 
aylana harakatida turli fazalarni kuzatish mumkin bo‘ladi. 
G‘ildirak harakatining qizil belgi tepada turgan fazasi, qizil belgi 
pastda turgan fazasi, belgi o‘ngda turibdi, keyin chapda va 
hokazo. 
Tasavvur qiling, siz kurs ishi sifatida qisqa metrajli badiiy 
filmni tasvirga olyapsiz. Ssenariyga asosan film voqealari 
istrohat bog‘ida, uning bir qismi esa charxpalakda bo‘lib o‘tadi. 
Voqealar taxminan shunday bo‘ladi: Yigit va qiz bog‘da sayr qilib 
yurishadi. Yigit qizga charxpalakka chiqishni taklif etadi. Ular 
o‘tirgan kajava yuqorigacha yetib chiqqanida kutilmaganda 
shamol esa boshlaydi, qiz qo‘rqib ketib qichqiradi va birdaniga 
yigitni quchoqlab oladi. Bu holatga boshqa kajavada o‘tirganlar 
mazax va kulgu bilan munosabatda bo‘ladilar. Yigit va qiz 
charxpalakda aylanib yerga tushishadi. Qiz o‘z qo‘rqoqligidan 
uyaladi.
Bu vaziyatda sizning bu epizodni qanday ko‘rinish va 
tartibda sahnalashtirishingiz emas, balki faza bo‘yicha montaj 
tamoyili talablariga qanchalik amal qilishingiz muhimroq.
Olis plan tasvirga olinadi: kadrda charxpalak bor mahobati 
bilan aks etgan. Hatto bog‘dagi ko‘pgina daraxtlar kadrda aks 
etgan va ular attraksionning naqadar balandligini yanada aniqroq 
ko‘rsatib turibdi. Film qahramonlari o‘tirgan kajava qizil rangda 
va bu charxpalakda bunaqa qizil rangdagi boshqa kajava yo‘q deb 
tasavvur qilaylik. Yigit va qiz ularga o‘tirib olishganidan keyin u 
sekin-asta yuqoriga ko‘tarila boshlaydi. Biroq, u hali ham 
kadrning pastki chap tomonida joylashgan. Siz kamerani 
to‘htatasiz, kadr tasvirga olindi. 
Keyingi kadrni tasvirga olishdan oldin siz ssenariyni yana 
bir bor ko‘rib chiqasiz: keyingi kadr - yigit va qiz o‘tirgan kajava 
yuqorigacha yetib chiqqanida birdaniga shamol esa boshlaydi va 
qiz 
qo‘rqib ketadi... Hammasi tushunarli, siz kajava 
charxpalakning eng yuqori nuqtasiga yetay deb qolganida tasvirga 
olishni boshlaysiz. Albatta, bu kadr avvalgisiga qaraganda ancha 
yirikroq bo‘lishi va qahramonlarimiz qaysi kajavada o‘tirganini 


86
tomoshabin ko‘rib olishi uchun imkon berishi kerak. Demak, bu 
kadr umumiy planda tasvirga olinadi.
Agar siz bu kadrlarni tasvirga olib bo‘lganingizdan so‘ng 
ishni tugatib studiyaga ketib qolgan bo‘lsangiz, montajchidan 
dakki eshitishingiz turgan gap. Chunki, Siz juda qo‘pol xatoga 
yo‘l qo‘ydingiz! 
Qahramonlarimiz o‘tirgan qizil kajavaning ekrandagi 
harakat fazalari birinchi va ikkinchi kadrlarda o‘zaro mos 
kelmaydi. Birinchi kadrda – kajava charxpalak aylanasining 
pastki yarmida joylashgan, ikkinchi kadrda esa – qandaydir 
tushunarsiz sabab bilan, birdaniga aynananing yuqori qismiga 
chiqib qoldi. Tomoshabin buni albatta his qiladi va ekranda bir 
qarashda uzluksizday ko‘ringan harakatda keskin sakrashni 
sezadilar.

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish