107
Shu narsani ta’kidlash joizki, kadrlar o‘zaro bog‘langanda
albatta e’tibor markazining o‘zgarishi kuzatiladi. Bu o‘zgarish
qay darajada bo‘ladi va kadrning gorizontal maydoni bo‘ylab
qanchalik o‘zgarishi mumkin?
Montaj amaliyoti shuni ko‘rsatdi va isbotladiki, kadrdan
kadrga
o‘tishda ravonlikni
saqlab qolish uchun
kadr
kompozitsiyasidagi diqqat markazining kadr gorizontal maydoni
bo‘ylab ko‘chishi ekran kengligining uchdan bir qismidan
oshmasligi kerak
21
.
Ya’ni 64 “b” rasmda keltirilganidek,
ekranning kengligini shartli ravishda uch hududga bo‘lsak,
ob’ektning yoki kadr kompozitsiyasidagi diqqat markazining
qo‘shni kadrlarda kadr maydonida gorizontal bo‘ylab ko‘chishi
faqat bir hudud ichida ro‘y berishi mumkin.
Albatta bu ikkita
kadr ulangan holdagi vaziyatlarga dahldor. Agar ob’ekt kadr
makoni bo‘ylab bir kadr ichida ko‘chayotgan bo‘lsa
bu tamoyil
amal qilmaydi.
Bizning vaziyatda ob’ektimiz kadrlarda huddi 64 “c”
rasmda
ko‘rsatilganidek
joylashsa
montajning
“Kadrlar
kompozitsiyasi bo‘yicha montaj” tamoyili talablari bajarilgan
bo‘ladi. Bu rasmda qizil “
+
” belgilari kadr kompozitsiyasidagi
diqqat markazlaridir.
64 “b” rasm. 64 “c” rasm.
Qo‘shni kadrlardagi kompozitsiya markazi va e’tibor
markazi gorizontal hamda vertikal bo‘yicha mos kelib qolsa, u
21
Bordwell, David. The Cinema of Einshtein. New York, NY: Routlenge. 2005. 42-b.
108
holda tomshabinda bu kabi kompozitsion sakrashdan yoqimsiz his
paydo bo‘ladi. Agar kadrlar statatik holatda tasvirga olingan
bo‘lsa, bu montajning qo‘polligini yanada kuchaytiradi.
Ammo mazkur qoidani biroz kengroq talqin etish kerak.
Hatto rejissyor tamomila turli
mazmundagi kadrlarni montaj
qilayotganida
ham
u
yondosh
kadrlarning
kompozitsion
markazlari qanday
joylashganligi haqida chuqur o‘ylab ko‘rishi
zarur. Garchi planlarning kompozitsion xilma-xilligi juda rang-
barang bo‘lsa ham, va bunday mos kelib qolishlar kamdan-kam
kuzatilsada, buni doim bilish va yodda tutish zarur bo‘ladi.
Bunday kamdan-kam uchraydigan holat – bu rejisyorning stul
atrofida suhbatlashayotgan bir nechta kishilarning yirik planlarini
tasvirga olib ularni ketma-ket montaj qilishidir.
Tasavvur
qilaylik, xalqaro miqyosdagi juda yuqori
darajadagi diplomatik uchrashuv bo‘lyapti. Jiddiy va zarur masala
ko‘rib chiqilmoqda.
Uchta davlatning elchilari to‘rtinchi davlat konsulining
so‘zlarini, uning muhim fikrlarini tinglab o‘tirishibdi.
Gapirayotgan konsulning yirik planidan keyin o‘z navbatida
tinglayotgan elchilarni ham bir-bir ko‘rsatib chiqish zarurati
tug‘ildi. Ularning uchchalasi ham bor diqqatlari bilan konsulni
tinglashyapti va bir tomonga – konsul o‘tirgan
tomonga qarab
o‘tirishibdi. Hatto ularning o‘tirish uslublari ham biri-biriga
o‘xshab ketadi. Ularning uchchalasi ham rasmiy qora pidjak kiyib
olishgan. Biroq ulardan biri – yevropalik, ikkinchisi – qora tanli,
uchinchisi esa – xind. Studiyadagi bu suhbatni tasvirga olishda
qatnashgan uchchala teleoperatorlar ham olinayotgan kadrlarning
kompozitsion
rang-barangligi
haqida
bosh
qotirib
ham
o‘tirishmadi va hech qanday “boshog‘riq”larsiz
ishni davom
ettirishdi. Hozir ularning tasvirga olgan kadrlarini montaj
qilganda hosil bo‘ladigan natijani Siga qog‘ozda chizib
ko‘rsatishga urinib ko‘ramiz (66-rasm). Krestchalar bilan
kadrlarning diqqat markazlari ko‘rsatilgan.
109
66-rasm.
Natijada juda quvnoq komedik effekt paydo bo‘ldi! “Oq
tanli” elchi kutilmaganda “qora tanli”ga aylanib qoldi, so‘ngra u
ham qandaydir sehrli yo‘l bilan “qizil tanli” bo‘lib qoldi! Bu
kadrlarni
ko‘rganidan
keyin
ekran
qarshisida
o‘tirgan
tomoshabinlarning jarangdor kulgisi kafolatlangan deyavering!..
Undan keyin, Sizning hech kimni xafa qilish,
yoki hech kimni
xazil-mazah qilish niyatingiz bo‘lmaganini xalqaro darajada
isbotlab ko‘ringchi. Sizning qo‘pol xatoingizni deb xalqaro
mojaro chiqishi turgan gap.
Bunday holatlarda odamlarni tasvirga olishda turli
planlardan, turli rakurs va nuqtalardan foydalanib tasvirga olish
imkoniyatlarini qidirish kerak bo‘ladi. Bularning hammasi
birgalikda Sizga kompozitsiyasi bo‘yicha,
shu bilan birga kadrda
diqqat markazining joylashuvi bo‘yicha bir-biridan ancha farq
qiladigan bir qator planlarni tasvirga tushirishga imkon beradi.
Aynan mana shu inkor etib bo‘lmaydigan talablar kadrlar montajli
ketma-ketligining tomoshabin tomonidan to‘g‘ri idrok etilishi
uchun qulaylikni ta’minlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: