Xulosa
o‘rnida shuni aytish mumkinki,
kadrlarda
kompozitsiyadagi diqqat markazlari, ya’ni tomoshabinning
nigohi qadaladigan asosiy nuqtalarning kadr gorizontal
maydoni bo‘ylab ko‘chishi kadrning uchdan bir qismichalik
maydondan oshmasligi kerak
degan qoida aynan bir ob’ektning
o‘zini turli planlarda tasvirga olib ko‘rsatilganda ham, turli
ob’ektlarni navbatma-navbat ekranda ko‘rsatilganda ham birdek
amal qiladi. Biroq, shuni unutmaslik kerakki, hamma kadrlarning
bir xil kompozitsiyaga va bir xil diqqat markaziga ega bo‘lishi
ham, yoki aksincha juda katta farqlarga ega bo‘lishi ham to‘g‘ri
emas. Bu vaziyatda oltin me’yorni topish va qoidaga amal qilish
kerak.
110
Nazorat savollari:
1. Kompozitsiya deganda nimani tushunasiz?
2.Kompozitsiya bo‘yicha
montaj qanday talablar asosida
bajariladi?
3. “Diqqat markazi” nima?
4. Qanday kompozitsiyaga “muvozanatlanmagan kompozitsiya”
deyiladi?
5. Kompozitsiya bo‘yicha montajda ob’ekt kadr gorizontali
bo‘yicha qanday masofa doirasida ko‘chishi mumkin va nima
uchun?
1.8. Yettinchi tamoyil: Yorug‘lik bo‘yicha montaj va
sakkizinchi tamoyil: rang bo‘yicha montaj.
Yettinchi tamoyil: yorug‘lik bo‘yicha montaj
Ushbu
mavzu
montajning
yettinchi
va
sakkizinchi
tamoyillari talablariga bag‘ishlangan bo‘lib, u o‘quvchiga
kadrning yorug‘lik va rang xususiyatlari, kadrda aks etgan
ob’ektlarning yoritilish yo‘nalishlari va yorug‘lik va rangi
bo‘yicha to‘g‘ri kompozitsiya qurish qoidalari haqida ma’lumotlar
beradi.
O‘tgan asrdayoq, fotografiya san’at maqomiga ega bo‘lgan
paytlarda, ijodning bu turini “nurli rangtasvir” deya ulug‘lay
boshlashdi. Vaqtlar o‘tishi bilan bu istiloh kinooperatorlar
san’atiga nisbatan ham qo‘llana boshlandi. Darhaqiqat, yorug‘lik
yoki kadrning nur-soya yechimi ekran ijodkorligida eng muhim
tasviriy ifoda vositalardan biri bo‘lib qoldi. U ekranda ro‘y
berayotgan voqeaning ma’nosini yorqin ifodalashi, shu bilan
birga,
amaldagi
harakat
ma’nosini buzib, tomoshabinni
chalg‘itishi ham mumkin.
Agar voqealar rivoji uzluksiz epizod sifatida suratga
olinayotgan bo‘lsa, yoritish xususiyati, chizmasi birinchi kadrdan
oxirgisigacha saqlanishi lozim va rejissyor yoki operator xohishi
bilan
uni
o‘zgartirib bo‘lmaydi. Bunday qilish uchun
tomoshabinga tushunarli bo‘ladigan jiddiy va yetarli dramaturgik
asos bo‘lishi lozim. Quyida uning sodda variantini ko‘rib
chiqamiz.
111
Qahramon xonada yorug‘ deraza oldida turibdi.
O‘z tasavvurimizni mashq qilishda davom etamiz.
Mizantsena
rejaga
ko‘ra
suratga
olish
maydonchasida
qahramonlarning va kameraning joylashinuvini, ekranda hosil
bo‘ladigan ko‘rinishni darhol tasavvur qila olish qobiliyati
professionalizmning eng muhim xususiyatlaridan biridir.
Tavsiya etilayotgan mizantsenaga yaxshilab e’tibor bering
(67-rasm). Birinchi va ikkinchi nuqtalardan suratga olingan
kadrlarni o‘zaro montaj qilish mumkinmi?
67-rasm.
Nozikta’b o‘quvchi, albatta, bunday savoldan keyin
muallifdan qaltis javob kutadi va bu masalada u xaq.
Mizantsenani raskadrovkaga ko‘chiramiz.
Birinchi kadrda inson devor soyasi fonida tasvirga olingan
bo‘lib, uning tanasi esa o‘ng tomondan quyosh nurlari bilan
kuchli yoritilgan. Ikkinchi kadrda esa fon vazifasini derazadan
tushib turgan quyosh nurlari o‘taydi, kuchli kontur yorug‘ligi
bilan yoritilgan tana esa to‘la soyada qolgan (68-rasm).
Agar rejaga ko‘ra qahramonni oyna oldiga qo‘yilsa va bir
necha turli planlar suratga olish talab qilinsa, u holda nima qilish
kerak?
Kadrdan kadrga “yengil” o‘tishni saqlab qolish, tomoshabin
nisbatan soyaliroq kadrlarni ko‘rayotganda birdaniga uning
ko‘ziga yorug‘lik tushib ketmasligi uchun birinchi kadrda,
yaxshisi har ikkala planda fonni bog‘lab turuvchi detalni berish va
112
personaj yuzi hamda tanasidagi yorug‘lik xaraktyorini saqlab
qolish lozim (69-rasm).
68-rasm.
Rejissyorlar bir qarashda juda go‘zal qilib tasvirga olingan
yirik planlarni montajning so‘nggi lahzalarida filmdan kesib
tashlaganliklari sabab aktrisalar qancha achchiq ko‘z yoshlarni
to‘kkanlar, qalblarida rejissyorlarga nisbatan qancha jahl va gina
bilan yurganlar. Sababi esa juda oddiy, bu kadrlar montajning
yorug‘lik bo‘yicha montaj tamoyili talablariga javob bermaydi.
69-rasm.
113
Ba’zan shunday bo‘ladiki, ijodiy guruh biror epizodni
tasvirga olib tugatadi va oradan bir oy vaqt o‘tganidan keyin
aynan shu epizodda aktrisaning yirik planini tasvirga olish kerak
degan fikrga kelishadi, balki aynan shu yirik planni tasvirga
olishni unutishgandir. Ijodiy guruh yana yig‘ilgan, biroq hamma
bu ob’ektda chiroqlar qaysi tomondan qanday kuch bilan
tushganini, qaysi chiroqlarda filtr, setkalar taqilganini unutib
bo‘lishgan. Fon – bir qarashda juda yaxshi. Bu onda yoritish
qurilmalari boshqa bir sahnada boshqa qahramonning yuziga
qaratilgan. Va, qo‘shimcha kadrlarni tasvirga olish uchun uncha
katta kuch sarflash va bosh qotirishning hojati yo‘qdek tuyuladi.
Plan tasvirga olinadi. Ish montajga yetganida qo‘pol xatoga yo‘l
qo‘yilgani ayon bo‘ladi. Rejissyor montajda hal qilib bo‘lmas
jiddiy muammo qarshisida qoladi (70-rasm).
Agar
montajning
yettinchi
tamoyili
talablari
bajarilmaydigan bo‘lsa, tomoshabinda ekrandagi yorqin nurdan
yoqimsiz his qolishi bilan birga, qahramon tasodifan butunlay
boshqa makonga kelib qolganligi haqida fikr paydo bo‘ladi va
ekrandagi
harakatlar
qandaydir
jodu
kuchlariga
bo‘ysinayotganligi haqidagi shubha yuzaga keladi.
70-rasm
Film yoki ko‘rsatuvni montaj qilish chog‘ida qandaydir
“fojea” yuz bermasligi uchun suratga olish tugagach, materialga
birorta o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘lmasa, mizantsena va
114
kadrlarni joylashtirish planida yorug‘lik bo‘yicha montaj
talablarini bajarish ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Bu talablarni
bajarish uncha qiyin emas.
Agar yuz suratga olinayotgan bo‘lsa, unda aktyor yoki
hujjatli personajning burni soyasi qo‘shni kadrlarda birmuncha
qisqa yoki uzunroq bo‘lishi mumkin. Ammo soya hech qachon
yuzning chap qismidan o‘ngiga sakrab o‘tib ketmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |