Кино ва телевидениеда монтаж


Sakkizinchi tamoyil: Rang bo‘yicha montaj



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

Sakkizinchi tamoyil: Rang bo‘yicha montaj. 
Zamonaviy ekran san’atida, kino va televidenieda, shu 
jumladan kompyuter grafikasi va kompyuter animatsiyasida rang 
juda muhim rol o‘ynaydi.
Rang – harakat, yoritish usullari, kadr kompozitsiyasi 
kabilar bilan bir qatorda turuvchi ekran san’atlarining ifoda 
vositalaridan biridir.
Shuning uchun ham, biror kadrni tasvirga olishdan avval bu 
kadrning rang yechimi haqida, uning film davomida qay tartibda 
o‘zgarib, rivojlanib borishi, kadrga tabiiy yoki sun’iy ravishda 
kiritilgan ranglarning kadrda qay tartibda “ishlashi” haqida aniq 
bir to‘xtamga kelib olishimiz zarur. 
Keling, tamoyilni tushuntirishga o‘tishdan oldin sizga yana 
bir bora chalg‘ituvchi vazifa beramiz... Har bir tamoyil oldidan 
bunday chalg‘ituvchi savollar berishimiz “aqliy hujum” deb 
nomlangan ta’lim texnologiyalaridan biri bo‘lib, bunday savollar 
o‘qituvchiga dars oldidan talaba va o‘quvchilarning mavzu 
yuzasidan umumiy bilim va tasavvur darajasini bilib olishga, 
shunga qarab dars dinamikasini belgilashga yordam beradi. 
Qolaversa, dars oldidan talaba va o‘quvchilarni tetiklashtirishga, 
fikrlashga undaydi. 
Tasavvur qiling, siz biror teleserialni tasvirga olyapsiz. 
Serialning tabiatda, ya’ni masalan ko‘chada tasvirga olinadigan 
epizodidan bir kadrni tasvirga tushirishingiz kerak. Kadrda bir 
yigit o‘z sevgilisini kutib turibdi. U turgan joy balki, istirohat 
bog‘idir yoki hiyobondir buning ahamiyati yo‘q. Yigit turgan 
joyda, uning orqa tomonida turli manzarali daraxt va butalar o‘sib 


116
yotibdi. Ular yam-yashil bo‘lib o‘ziga hos yashil fon vazifasini 
bajarmoqda. Butalardan chap tomonda esa qora rangga bo‘yalgan 
devor bor.
Bu epizodda yigitning yirik, umumiy-o‘rta planlari tasvirga 
olinishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, barcha televizion 
seriallarda bo‘lgani kabi, siz ham ishni tezlashtirish, montaj 
jarayonini osonlashtirish maqsadida epizodni ikkita kameradan 
foydalanib tasvirga olmoqdasiz.
71-rasm. 
Ikkala operatorlar ham o‘z kameralarini o‘zlari to‘g‘ri deb 
bilgan joylarga o‘rnatishdi. Ularning biri yigitning yirik planini 
tasvirga olmoqda, ikkinchisi umumiy planini. Kameralar 71-
rasmda ko‘rsatilgandek tartibda o‘rnatildi. Nima deb o‘ylaysiz, 
kameralar to‘g‘ri joylashtirildimi? Ikkala kameradan olingan 
kadrlar montaj jihatidan bir-biriga mos keladimi? 
Kitobdan to‘g‘ri javob aks ettirilgan rasmni qidirishga 
shoshilmang. Bu mavzuni, umuman montajning barcha o‘nta
tamoyilini mukammal bilib olishingiz siz uchun juda muhim. 
Natijani shunchaki tasavvur qilib ko‘raylik: 1-kamera olgan 
kadrda yigitning umumiy-o‘rta plani, yigit kadrda turibdi, fonda
yam-yashil butalar ko‘rinyapti; 2-kamera olgan kadr – yigitning 
yirik plani, endi kadr foniga butalar sig‘magan, faqat qop-qora 
devor ko‘rinib turibdi. Bir qarashda hammasi joyida. Lekin shuni 
unutmangki, yigit turgan joyning orqa tomonidan yashil butalar, 
chap tomonda esa qora rangli devor borliini faqat siz bilasiz, 


117
tomoshabin 
esa 
bilmaydi. 

faqat 
siz 
ko‘rsatayotgan 
narsalarnigina ko‘ra oladi. Tomoshabin uchun go‘yoki bu ikki 
kadr tamomila boshqa-boshqa joyda tasvirga olinganday tasavvur 
uyg‘otadi: avval yigit yashil bog‘da edi, keyin esa qandaydir qora 
narsaning oldida bo‘lib qoldi... natijada beixtiyor tomoshabinda 
savol tug‘iladi: nima bo‘ldi o‘zi? Yigit qanday qilib bir zumda bir 
joydan boshqa joyga borib qoldi? Balki bu fantastik filmdir va 
yigit “teleport”dir degan ming turli savollar tug‘iladi? Eng 
tomoshabin sizning filmingizni ko‘rish, undan ma’anaviy ozuqa, 
fikr olish emas, balki siz bergan “topishmoq”ni yechish bilan 
band bo‘ladi. Agar siz bir film davomida tomoshabinga ana 
shunaqa “topishmoq”lardan 5-6 tasini bersangiz filmingizning 
muvaffaqiyatsizligi 200% ta’minlanadi. 
Tasvirga olingan kadrlarni o‘zaro montaj qilib ko‘rsak 71-
rasmdagi kameralar joylashuvi naqadar xato ekanligi yaqqol 
ko‘zga tashlanib qoladi (72-rasm).
Ha, juda g‘alati va yoqimsiz natija. Tomoshabin ham bu 
kadrlarni ko‘rganda huddi shunaqa yoqimsiz holatni his qiladi. 
Endi o‘ylab ko‘ring, bir epizod davomida agar bu kadrlar o‘zaro 
bir necha marta o‘rin almashsa tomoshabin qay holatga 
tusharkin... 
72-rasm.
 
Albatta, bu keltirilgan misoldagi kabi fonning juda keskin 
darajada farqli rangda bo‘lishi hayotda uchramaydi. Lekin xatolik 


118
yaqqol ko‘rinishi, mavzu tushunarli bo‘lishi uchun atayin shu 
misolni ko‘rsatdik. Biroq bunday xatoliklar tajribasiz operator va 
rejissyorlar ijodida, televidenieda ko‘p uchrab turadi.
Masalaning yechimi esa juda oddiy! Kameralarni shunday 
joylashtiringki, toki birinchi kadr o‘zidan keyingi kadrda kirib 
kelishi mumkin bo‘lgan yangi rang to‘g‘risida bir oz ma’lumot 
bersin. Bizning misolda yigit tasvirga olingan umumiy-o‘rta 
planda qora devorning bir qismi ham ko‘rinib turishi kerak edi 
(73-rasm). Bu

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish