Geografik xaritalar va ularning turlari. Atlaslar, globuslar Geografik xaritalar—bilim manbayi Geografik xaritalarning tasnifi.
Xaritalar
tasvirlangan hududning katta-kichikligiga
masshtabiga
ko‘zda tutilgan maqsadiga
mazmuniga
Tasvirlangan hududning katta-kichikligiga ko‘ra xaritalar Dunyo va yarimsharlar Tabiiy o‘lkalar Mamlakatlar Viloyatlar Masshtabiga ko‘ra:
yirik masshtabli (1 : 10 000 dan 1 : 200 000 gacha)
o‘rta masshtabli (1 : 200 000 dan 1 : 1 000 000 gacha)
mayda masshtabli (1 : 1 000 000 va undan mayda)
Joy planini tuzishda ham muayyan masshtabdan (1 : 5000 va undan yirik) foydalaniladi. Lekin plan kichik hududlar uchun tuziladi. Mazmuniga ko‘ra, xaritalar: umumgeografik va mavzuli xaritalarga bo‘linadi. Umumgeografik xaritalar hududlarning umumiy ko‘rinishi va geografik xususiyatlarini aks ettiradi. Bularga, asosan, tabiiy va siyosiy xaritalar kiradi. Mavzuli tabiiy xaritalarda ayrim tabiat komponentlari nisbatan aniq va mukammal tasvirlanadi. Ba’zan mavzuli xaritalarda bitta yoki ikkita emas, balki birbiri bilan bog‘langan bir qancha komponentlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday xaritalarga kompleks xaritalar deyiladi Maqsadiga ko‘ra, xaritalarni
Maqsadiga ko‘ra
o‘quv
ilmiy
turistik
targ‘ibot
tashviqot
- Yagona dastur asosida bir butun (yaxlit, bo‘linmas) asar sifatida bajarilgan geografik xaritalarning tizimli to‘plamiga geografik atlas deb aytiladi
Qadimgi yunon olimi Klavdiy Ptolemeyning geografik xaritalar to‘plamini (eramizning II asri) birinchi geografik atlas deb hisoblash mumkin. Xaritalar to‘plami uchun „Atlas“ nomi Merkator tomonidan (1595- yili) taklif etilgan. Geografik globus. - Globus —Yer sharining kichraytirilgan modeli bo‘lib, Yerning tashqi qiyofasini hamda uning yirik qismlari (materiklar, okeanlar, ularning bo‘laklari) nisbatini eng to‘g‘ri va ko‘rgazmali tasvirlaydi.
Maktab o‘quv globuslari
1 : 83 000 000,
1 : 50 000 000
1 : 40 000 000
1 : 30 000 000
Mashhur vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy (973—1048- y.) XI asrda birinchi bo‘lib shimoliy yarimsharning globusini yasagan. Butun Yer sharini tasvirlagan birinchi mukammalroq globusni 1492- yilda Martin Bexaym yasagan. Lekin unda Amerika, Avstraliya va Antarktida tasvirlanmagan. Hoji Yusuf Hay’atiy 1886- yilda ishlagan globus Samarqanddagi madaniyat va san’at tarixi muzeyida saqlanmoqda. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU geologiya va geografiya fakultetida 1984- yilda H. Hasanov rahbarligida I. Y. Oshev yasagan ulkan „Relyefli globus“ o‘rnatilgan. Topshiriqlar - 1. Mavzuni o`qish
- 2. Muhim ma’lumotlarni yozish
- 3. jadvalni to`ldiring
Vaqt
|
Sodir bo`lgan voqea
|
eramizning II asri
| |
1595- yili
| |
973—1048- y
| |
1492- yil
| |
1886- yil
| |
1984- yil
| |
Do'stlaringiz bilan baham: |