Dunyob o` y L a b” telekanali “teleport” ko`rsatuviga shapka musiqa kadrda boshlovchi chiqib gapiradi



Download 41 Kb.
Sana16.10.2019
Hajmi41 Kb.
#23636
Bog'liq
teleport 3

D U N Y O B O` Y L A Btelekanali

TELEPORT” ko`rsatuviga


SHAPKA

MUSIQA

Kadrda boshlovchi chiqib gapiradi

Assalomu alaykum ekran qarshisida bizni tomosha qilayotgan aziz muxlislar. Mana bir necha kun o`tib biz yana siz bilan efir orqali ko`rishib turibmiz. Dasturimiz davomida bir biridan qiziqarli mavzularda siz bilan suhbatlashamiz. Qanday mavzular ekan deb qiziqayotgan bo`lsangiz bizdan aslo yiroqlashmang.

OTBIVKA

1-lavha


Siz ham fokusni biz kabi yaxshi ko`rasizmi? Ko`pchilik ha deb javob bersa ajab emas. Boisi, illyuzanistlarning mohir qo`l harakatlarini tomosha qilish deyarli hamma uchun qiziqarli. Ammo afsungarlar o`z mahoratining sirini fosh qilishga oshiqishmaydi. Chunki bu ularning daromad manbayidir. Biroq siz bundan aslo xafa bo`lmang. Sababi eng mashhur afsungarlik tomoshalarning siri nimada ekanligini bilish qiyin emas. Biz bu borada sizga yordam beramiz. Bugun ham eng qiziqarli fokus tomoshalaridan birining sirini fosh qilamiz. Tayyor bo`lsangiz, kettik!

Fokus lavha

2-lavha

Tezlik va uddaburonlik bilan amalga oshirilgan har qanday fokus tomoshasi olqishlar olib kelishi aniq. Biz ularga tasanni deymiz. Biroq, sirini fosh qilganimiz uchun uzur so`raymiz. Keling endi navbatni keyingi lavhaga bersak. Bu lavha orqali siz bir birida ajoyib va hatto ishonish qiyin bo`lgan tasvirlarni ko`rasiz. Eng asosiysi ularni mohir tasvirchilar emas balki siz va biz kabi oddiy odamlar, mobil kameralari yordamida suratga olishgan.



Musiqa bilan bog`liq 5 ta rolik

Kadrda boshlovchi: sho`x musiqaga raqs tushayotgan yigit qizlarni ko`rib to`g`risi o`zim ham shu harakatlarni qilib ko`rgim keldi. Kayfiyatim ham ko`tarildi. Endi bu kayfiyatni yanada ko`tarish uchun jajji bolajonlarimizning quvnoq tabassumlariniyu va bir biridan qiziq ishlarini tomosha qilamiz

Yosh bolalar bilan bog`liq 5 ta rolik

Kadrda boshlovchi:(boshlovchi biroz kulib, emotsiya go`yoki u ham lavhani tomosha qildi va ko`rib kulganini berish kere) haqiqattan ham juda kulgili. Bilasizmi bolajonlarimiz uy hayvonlarini boqishni yaxshi ko`rishadi. Ular bilan o`ynash kichiklarga ham kattalarga ham zavq bag`ishlaydi. Nafaqat o`ynash balki ularni mobil kamera orqali kuzatish juda qiziqarli.

Hayvonlar haqida 5 ta rolik

3-lavha


Navbat fizika faniga keldi. Ko`rsatuvimizning bu qismida men sizga fizik hodisalar bilan bo`gliq video tasvirlar ko`rsataman va ularni misollar yordamida tushuntirishga harakat qilaman.

OTBIVKA


Kadr orti: bu qiz kuchli ekanligini his qilyaptimikin!?

Bu yigitchi? Hech qachon yupqa muz ustida uchish mumkinekanligini ko`rmagan ekanman (Hayrat)

Kadrda boshlovchi: qaxramonlarimizning bari bosim bilan bog`liq harakatlarni ko`rsatishdi. Bosim nima degani? Bilasizmi? Mana masalan, Bitta mixni olib, yupqa taxtaga uchini qaratib, orqasiga bolg‘a bilan urilsa, mix taxtaga oson kiradi. Agar taxtaga mixni qalpog‘i tomoni bilan qo‘yib uchiga bolg‘a bilan urilsa, mix taxtaga kirmaydi. Har ikkala holda ham bolg‘aning zarb kuchi bir xil bo‘lsa-da, natija har xil bo‘lishiga sabab nima? Buning sababi shundaki, mixning taxtaga kirishi kuch kattaligidan tashqari, qo‘yilgan yuzaga ham bog‘liq bo‘ladi.Yuza birligiga tik ravishda qo‘yilgan kuchga to‘g‘ri keladigan fizik kattalikka bosim deyiladi.

Kadr orti: yuza katta bo`lsa bosim kichik bo`ladi. Shuning uchun bo`lga pomidorni kesib o`tolmaydi. Agar bosimni orttirish maqsadida, yuzasini qayrab kichiklashtirilsak bu predmet albatta pomidorni kesib o`tadi. Ignalarning uchlarida, knopkada ham bosimni orttirish uchun yuza kichik lashtiriladi.

Kadrda bosh: tushungan bo`lsangiz keling sizga savol beraman. Yuza kichik bo`lsa bosim katta bo`ladimi yoki aksincha? Bu savolga javob bera olmaganlarni navbatdagi lavhada ko`ramiz

Kadr orti: albatta katta. Bu yigit g`ildirakning ma`lum bir qismi bilan kichik nuqtaga sakrashni reja qilgandi. Natijada bosim oshib ketdi va teshik hosil bo`ldi. Yangi traplin olishga to`g`ri keladi

Kadrda bosh: endi ikkinchi savol. Bir birga bosim o`tkazayotgan ikki jism yuzasi turli xil bo`lsa ular qanday ta`sir kuchiga ega bo`ladi? javobni bilishni istasangiz bizni ko`rishda davom eting

Kadr orti:1. yuzasi yupqa bo`lgan jism albatta katta bosim natijasida sinib ketadi

2.Bu yigit esa shisha yuzani mustahkamligini sinab ko`rmoqda. Sakrayapti. Shishaga nisbatan yuza kichik . bosim esa katta. Natija biz kutgandek.

Lat yemadingizmi? Menimcha uni javob berishga ham xoli yo`q

Kadrda boshlovchi: ana endi fizika saxifamizning yakuniy savoli. Bosim faqat yuza bilan bog`liqmi? Yoki

Kadr orti: to`g`ri kuch bilan ham bog`liq. Bolalarda kuch kam. Dadasida esa u yetarli. Ularni hursand bo`lishini qarang.

Bu bolada ingichka tayoq ammo kuch kamligi sababli urinishi zoye ketmoqda. Balki aksinchadir. Kuchi ko`pligidan tayoqni uloqtirib urishga tushib ketdi. Keling mana shu yerda bosim mavzusini yakunlaymiz.

Kadrda boshlovchi: mana sizga qiziqarli lavhalar yordamida fizikaga oid mavzuni tushuntirishga harakat qildim. Keling endi komyuter olamiga sayohat qilamiz

(Nauchniy glupostini ko`r. boshlovchini tonini o`rgan. U oddiy va qiziqarli o`qigan)

Otbivka


4-lavha

aslida ko`rganlarimiz doim ham haqiqat bo`lavermaydi. Haqiqat bo`lib ko`rinishi uchun esa xozirgi kunda komyuter yordamida amalga oshiriladigan turli xil dasturlar bor. Navbatdagi lavhamiz qaxramonlari ham aynan shu usulni tanlashgan.

Lavha ketadi. 3 va 4 sahna

Kadrda yana boshlovchi: tomosha qilgan lavhalarni dastur yordamida ishlashdan avval tasvirga olish kerak. Tasvirga olganda ham ayrim jihatlarni hisobga olgan holda ishlash lozim. Masalan, bir zumda xonadan yo`q bo`lib yana paydo bo`lish huddi mo`jizadek ko`rinadi. Aslida esa tasvirga olish jarayonida ayrim usullardan muvafaqqiyatli foydalanish natijasida bu ko`rinish shu tarzda suratga olingan.

Lavha ketadi . 3-4 ta sahna

Kadrda yana boshlovchi: bu yerda eng asosiy urg`u montaj jarayonida beriladi. Tasvirga olingan kadrlarga ishlov berilib, hayratlanarli jihatlari oshiriladi. Natija esa o`zingiz guvohi bo`lganingizdek juda qiziqarli. Chunki u haqiqatan ham chinga o`xshaydi.

Otbivka

Xayr


Mana sizga tayyorlab qo`ygan lavhalarimiz o`z yakuniga yetdi. Zerikib qolmadingiz degan umiddamiz. Biz siz bilan yana bir necha kundan so`ng ko`rishamiz. Xozircha esa xayr , Salomat bo`ling!

Muallif : Yo. Turdiyeva

Rejssor: R.Tolipov

Rejssor ass:

Ovoz rej:

Musavvir :

Tasvirchilar:

Videoinjenerlar:

Ma`mur: N. Abzalova

Muharrir:




Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish