38-rasm. 39-rasm.
Montajning 2-tamoyili talablarini yaxshiroq o‘zlashtirish
uchun yana bir vaziyatni ko‘rib chiqamiz.
Stol atrofida 12 ta inson, aytaylik biror bir firma
mutaxassislari yangi loyihani muhokama qilishmoqda. Muhokama
faol va tortishuvlarga boy xolda o‘tmoqda.
Rejissyor bu ko‘rinishni ta’sirli va ifodaliroq qilib tasvirga
olish
uchun
albatta
stolning
turli
tomonlarida
o‘tirgan
qahramonlarning yirik va o‘rta planlarini ham tasvirga olishi
68
kerak bo‘ladi. Agar munosabatda bo‘layotgan har bir qahramonlar
o‘rtasida munosabat chiziqlarini chizib oladigan bo‘lsak, u holda
chiziqlar judayam ko‘payib ketadi va bu vaziyatda chalkashib
ketish hech gap emas. U holda nima qilish kerak? Bu vaziyatda
to‘g‘ri tasvirga olish uchun kameralarni qanday tartibda
joylashtirgan ma’qul (46-rasm).
46-rasm.
Birinchidan, biz ikkita alohida kadrni biriktirish haqida so‘z
yuritayotganimizni unutmasligimiz kerak. Aynan ketma-ket
turuvchi ikkita qo‘shni kadrlar montaji tomoshabin uchun filmni
idrok etishda qulaylik yaratib berish talablariga javob berishi
kerak. Ikkinchidan, har qanday murakkab epizodni ham bir nechta
mayda qismlarga bo‘lish mumkin va ularga mos montaj yechimini
ishlab chiqish uncha katta murakkabliklar tug‘dirmaydi.
Uchinchidan, bunday montaj yechimini sahnalashtirilgan
ko‘rinishlarni
yoki
juda
aniqlikda
rejalashtirilgan
teleko‘rsatuvlarni tasvirga olishda osonlik bilan amalga oshirish
mumkin. Reportajlarni tasvirga olishda ishga bunday yondashuv
o‘ziga hos tavakkalchilikni talab etadi, zotan xujjatli xarakterdagi
vaziyatlarda insonlarning kadrda qachon va qanday yo‘nalishda
harakat qilishini va voqea qanday rivojlanib ketishini avvaldan
bilib bo‘lmaydi. Buning ustiga, tezkorlikda olingan kadrlar
montaj jarayonida montaj tamoyillariga mos xolda birikadimi
yoki yo‘qmi buni aniqlash mushkul.
Vazifani yana bir bor eslab olamiz. Biz 12 inson qatnashgan
epizodni tasvirga olganimizda ular montajning 2-tamoyili
talablariga to‘liq javob berishi kerak. Bu vaziyatda epizod
voqealari va olinadigan har bir kadrning raskadrovkalarini chizib
olish yo‘li bilan vaziyatga aniq baho berish mumkin.
69
Raskadrovkada biz tasvirga olishimiz kerak bo‘lgan kadrlar
o‘zaro montaj bo‘ladimi yoki yo‘q aniq ko‘rinadi.
Epizod voqealari shunday rivojlanishi mumkin (47-rasm):
Firma rahbarining “Yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni
yo‘lga qo‘yish qanchalik o‘zini oqlashi va foyda keltirishi
mumkin?” degan savoliga 5-raqamli mutaxassis “Bunga zarracha
shubha yo‘q!” deya keskin javob beradi. Uning bu fikriga 9-
raqamli mutaxassis qarshi fikr bildirib, “Avval bozorni o‘rganish
kerak, keyin shunga qarab ish qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi”
dedi va o‘z fikrini isbotlash uchun firma marketologi 12-raqamli
mutaxassisga yuzlanadi.
47-rasm.
Kamera bu vaziyatda aynan 9 va 12 mutaxassislar o‘rtasidagi
№19-nuqtada turgandi. Tasvirga olish paytida 5-
mutaxassisning nigohi kameraga nisbatan o‘ng tomondan chap
tomonga ko‘chdi, ya’ni u kameraning o‘ng tomonida o‘tirgan 9-
mutaxassisdan nigohini uzib chap tomonda o‘tirgan 12-
mutaxassisga yuzlandi. Bu hodisa 19-raqamli kadrda yuz berdi.
Agar biz bundan oldin 5- va 9-mutaxassislar o‘rtasiga
chizilgan munosabat chizig‘iga asoslanib tasvirga olish ishlarini
amalga oshirgan bo‘lsak, 5-mutaxassis o‘z nigohini 12-
mutaxassisga qaratishi bilan ularning o‘rtasida yangi munosabat
chizig‘i paydo bo‘ladi.
Bu o‘zgarish bevosita bir kadrning ichida, bevosita
tomoshabin ko‘z o‘ngida ro‘y berdi. Tomoshabin munosabat
chizig‘ining ko‘chishiga guvox bo‘ldi va u endi makonda yangi
mo‘ljal olib voqeani yangicha idrok eta boshlaydi. Rejissyor amal
qilish kerak bo‘lgan yangi montaj talabi 19-kadrning tugash
70
qismida paydo bo‘ldi. Operator ham 5-raqamli qahramonning
nigohi yo‘nalishi o‘zgarishi munosabati bilan chap tomonga bir oz
panorama qiladi va kadr kompozitsiyasiga o‘zgartirish kiritadi.
Tasvirga
olishda
chalkashliklar
kelib
chiqmasligi
uchun
raskadrovka chizish jarayonida doimo panoramali kadrlarni
boshlang‘ich vaziyati tasviri va tugash vaziyatining tasvirini
chizish, ya’ni har ikkala kadrni chizish kerak bo‘ladi. Masalan,
19-kadrning boshlang‘ich nuqtasi “19a” va tugash nuqtasi “19b”
ko‘rinishida belgilab qo‘yiladi
(48-rasm)
.
Biz kamerani №20-nuqtaga joylashtirganimiz, 5- va 9-
mutaxassislar o‘rtasidagi munosabat chizig‘iga nisbatan bir
qarashda xatodek ko‘rinadi. Biroq montajda hammasi to‘g‘ri
chiqadi. 5- va 12-mutaxassislar o‘rtasidagi yangi hosil bo‘lgan
munosabat chizig‘i biz uchun asosiy mo‘ljal bo‘lib hizmat qiladi
va bunday montajni tomoshabin to‘g‘ri va qulay idrok etadi.
Rejissyor o‘zi va operatorning boshini xadeb qotiravermaslik
uchun raskadrovkada qahramonlar nigohining o‘zgarishini strelka
bilan ko‘rsatib qo‘yish mumkin (19a-chizma). Ish jarayonida
ham ko‘proq raskadrovkaga qarab ishlagan ma’qul.
48-rasm.
71
Badiiy film rejissyori uchun bunday murakkab montaj
o‘tishlarini rejalashtirish katta muammo tug‘dirmaydi. Biroq,
hujjatli kino operatori o‘z faoliyatida qo‘qqisdan o‘zgarib
ketadigan voqealarni tasvirga olishiga to‘g‘ri keladi va bu
vaziyatda jarayonni montaj qonun qoidalariga bo‘ysungan holda
tasvirga olish ancha murakkab kechadi. Hujjatli kino operatori
kutilmagan bu o‘zgarishlarga tezkor moslashish uchun kadrlarni
imkon boricha ko‘p kadrlar bilan bog‘lana oladigan qilib tasvirga
olishi kerak. Kino tarixi bunday vaziyatlarga juda boy. Tasvirga
olish maydonchalarida bunday voqealar yuzlab marta yuz bergan.
Misol sifatida kinofilmlar tasvirga olishda juda ko‘p
uchraydigan vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Tasvirga olishning 25-
kuni. Tasvirga olinayotgan epizodning boshlang‘ich qismlari
bundan 14 kun oldin tasvirga olingan edi. Endi esa uni davom
ettirish kerak. Aktyor rolini ijro etishi, ayni paytda tasvirga olish
maydonchasida yo‘q bo‘lgan aktyorga qarata gapirishi, turli
harakatlarni amalga oshirishi kerak.
Kamera tasvirga olishga tayyor, yoritish uskunalari
o‘rnatilgan, ob’ektiv qarshisida mashhur aktyor turibdi, ijodiy
guruh a’zolari esa bahslashishmoqda:
aktyor qayoqqa qarab rol
ijro etishi kerak: kameraga nisbatan chap tomongami yoki o‘ng
tomonga? Hamma bahslashmoqda, hatto rejissyor assistentlari
ham. Odatda bu holatda har ikkala variant ham tasvirga olinadi.
Yoki bo‘lmasa montaj jihatdan umuman xato bo‘lgan variant
tasvirga olinishi mumkin. Bunda esa epizod voqeasining izchilligi
va yaxlitligi buziladi.
Bir nechta o‘zaro suxbatlashayotgan insonlarni tasvirga
olishda
shuni
unutmaslik
kerakki,
insonlarning
tashqi
ko‘rinishlari har doim ham bir-birlaridan keskin farq qilmaydi.
Shuning uchun bunday epizodlarni tasvirga olish chog‘ida har bir
kadrni yiriklik va kompozitsiyasi bo‘yicha boshqalariga nisbatan
bir oz farqli qilib tasvirga olish kerak. Bunday montaj yechimi
tomoshabin tomonidan osonroq idrok etiladi, u ortiqcha bosh
qotirishlarsiz voqea rivojini tushuna oladi.
Kino va televidenie rejissyorlari makonda mo‘ljal olish
bo‘yicha montajning qonun qoidalarini mukammal bilib olishlari,
undan foydalanish malakasini yaxshi o‘zlashtirib olishlari kerak.
72
Do'stlaringiz bilan baham: |