Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

35-rasm. 


64
O‘z tajribangiz va egallagan bilimingizga tayanib quyida 
keltirilgan 35-rasmda keltirilgan
 
tasvirga olish
 
nuqtalaridan qaysi 
birlarini rejissyor va operator “Makonda mo‘ljal olish bo‘yicha 
montaj” tamoyillari bo‘yicha to‘g‘ri tanlaganini aniqlashga urinib 
ko‘ring? Qaysi nuqtalarni tanlashda ular xato qilganlar? 
Bu murakkab tasvirga olish chizmasini tushunib olishning 
yagona to‘g‘ri usuli – uni raskadrovka sifatida chizib olishdir. 
Unga asosan aniq belgilash mumkin, qanday tasvirga olish 
nuqtalarini belgilashda xatolikka yo‘l qo‘yilgan va noto‘g‘ri 
tanlangan. Ko‘rib chiqamiz va natijani taxlil qilamiz (36, 37-
rasmlar).
 
 
36-rasm. 37-rasm. 


65
1-kadr. Notiq minbardan turib zalga qaragan holda nutq 
so‘zlamoqda. Uning nigoxi o‘ngdan chapga qaratilgan. 
Tinglovchilar unga qarab o‘tirishibdi. Ularning nigoxlari esa 
chapdan o‘ngga qaragan. 
2-kadr. Notiq minbar oldida turibdi va kameraga nisbatan 
bir oz burchak ostida joylashgan. Uning nigoxi o‘ngdan chapga 
qaragan. 
3-kadr. Zalning bir qismi tinglovchilar bilan to‘lgan. 
Ularning nigoxlari kadrda huddi notiqning orqasiga qarab 
turgandek aks etib qolgan. Tinglovchilarning zalda nima sababdan 
bunaqa teskari holatda o‘tirganini tomoshabin tushuna olmaydi. 
4-kadr. Tinglovchining yirik plani. Uning nigohi chapdan 
o‘ngga qaragan. Yana noto‘g‘ri. 
5-kadr. Majlisning boshqa ishtirokchisi, biroq u bundan 
avval ko‘rsatilgan tinglovchiga qarab o‘tirganday ko‘rinmoqda. 
Bu vaziyatda prezidium qaysi tomondayu, tinglovchilar 
qaysi tomondaligini aniqlashga urinib ko‘ringchi, tinglovchiga 
nisbatan o‘ngdami yoki chapda? 
6-kadr. Prezidium a’zolarining o‘rta plani. Ular huddi 
tinglovchilar qaysi tomonga qarab o‘tirishgan bo‘lsa o‘sha 
tomonga 
qarab 
o‘tirishgandek. 
Kadrda 
prezidium 
ko‘rsatilayotganini faqat kadrda bir qismi aks etgan uzun stolga 
qarab sezib olish mumkin. 
7-kadr. Majlis zalining umumiy plani. 1-kadrga nisbatan 
teskari vaziyat. 
8-kadr. Zalda o‘tirgan ishtirokchilardan birining yirik plani. 
Uni oldingi kadr bilan hech qanaqasiga montaj qilib bo‘lmaydi.
9-kadr. Notiqning yirik plani. Uning nigoxi 8-kadrda aks 
etgan tinglovchining orqasiga qarab turgandek ko‘rinadi. Afsus!.. 
bu kadrni ham montaj qilib bo‘lmaydi. 
10-kadr. Zalning umumiy plani. Majlic ishtirokchilarining 
ekran makonida joylashishi 1-kadr bilan mos tushadi. Biroq 9-
kadrga mos kelmaydi.
Ishonchimiz komilki, hatto ijodkorlardan katta mas’uliyat 
talab qiluvchi ko‘rsatuvlarni yuqoridagi kabi bilimsizlarcha 
montaj qilinganligini siz bir emas ko‘p marta kuzatgansiz va 
kelajakda yana ko‘p ko‘rishingizga to‘g‘ri keladi. 


66
Bunday telba-teskari tasvirga olingan ko‘rsatuvni kuzatgan 
tomoshabin nimalarni his qiladi? U majlislar zalidan tayyorlangan 
bu reportajni ko‘rganda qanday taassurot oladi? 
Tomoshabin 5- va 6-kadrlarni ko‘rgandayoq prezidium 
a’zolari, tinglovchilarning majlislar zalida joylashgan o‘rinlarini 
aniqlolmay chalkashib ketadi. Keyin bo‘lsa, unga rejissyor 
tomonidan taklif etilgan bunday g‘alati topishmoqni yechish 
uchun o‘zini ko‘p urintirmasdan ekrandan ko‘zini olib qochadi. 
Faqat ekran ortidan o‘qilayotgan matnni tinglaydi xolos. 
Biroq, unda faqat tomoshabinning asabiga tegishga 
yaraydigan bunaqa tasvirlarni tasvirga olishning nima keragi bor? 
Buning ustiga tomoshabinda ko‘rsatuvga nisbatan salbiy hissiyot 
va taassurot uyg‘otadi, beixtiyor va yashirincha tarzda uning 
asabiga tegadi. Bunga sabab ko‘rsatuvda ko‘tarilayotgan mavzu 
emas, balki uning noto‘g‘ri va makon bo‘yicha buzilgan tarzda 
ekranda ko‘rsatilganidir. Operatorlar kadrlarni to‘g‘ri kelgan 
tomondan tasvirga olaverishgan. Tomoshabinlar esa ular 
tomonidan e’tiborsizlik va sovuqqonlik bilan tasvirga olingan 
kadrlarni, majlis haqidagi bu reportajni tezroq unutishga harakat 
qiladilar. 
Biz tasvirga olgan kadrlarning nimasi noto‘g‘ri? Qanday 
xatoliklarga yo‘l qo‘yildi va ularni kelajakda takrorlamaslik 
uchun nima qilish lozim? 
1-, 2-, 5-, 8- va 10-kadrlar majlislar zalidagi “tinglovchilar-
notiq” 
munosabat 
chizig‘ining bir tomonida joylashgan 
nuqtalardan tasvirga olingan, 3-, 4-, 6-, 7- va 9-kadrlar esa bu 
bunosabat chizig‘ing ikkinchi tomonida joylashgan tasvirga olish 
nuqtalaridan tasvirga tushirilgan. 
Bunday hollarda odatda, ekrandagi u yoki bu insonning 
nigohi qaysi tomonga qaragan bo‘lishi kerakligini aniqlashning 
eng oddiy usulidan foydalaniladi. Buning uchun rejissyor va 
operator tasvirga olishni boshlagunga qadar, barcha kadrlarni 
munosabat chizig‘ining qaysi tomonidan tasvirga olishni hal qilib 
olishadi. Shunga asosan (agar ular tasvirga olish chog‘ida yoritish 
uskunalaridan 
foydalanishsa) 
yoritish 
uskunalarini 
ham 
joylashtiradilar. Keyin esa, kadrlarni tasvirga olishda prezidium 
a’zolari va notiqning nigohlari huddi eng birinchi olingan 
kadrdagidek tasvirga olinishini nazorat qiladilar. Bizning misolda 


67
bu: o‘ngdan chapga. Zalda o‘tirgan tinglovchilarning nigohlari 
esa, qanday yiriklikdagi planda tasvirga olinishi va joylashuvidan 
qat’i nazar, chapdan – o‘ngga qaratilgan. Umuman olganda 
buning qiyin joyi yo‘q ekan. Parterda o‘tiradimi yoki balkonda, 
hamma tomoshabinlar kadrda bir tomonga – masalan chapdan – 
o‘ngga qarab turishi, sahnadagi aktyorlar esa, kameraga nisbatan 
olinganda, aksincha o‘ngdan-chapga qarab tirishi kerak ekan. 
Mana sizga qoida! Nahotki buni o‘rganib olish qiyin bo‘lsa! 
Operator tasvirga olish jarayonida doim vizirga qarab ish 
olib boradi va doim o‘zi tasvirga olayotgan insonning nigohi 
qaysi tomonga qarab turganini ko‘ra oladi: kameraga nisbatan 
o‘nggami yoki chapga. Tajribali rejissyor ham hech qanday 
qiyinchiliksiz, operatorning harakatlari va ob’ektiv yo‘nalgan 
tomonga qarab ayni paytda operator tomonidan tasvirga 
olinayotgan kadr “Makonda mo‘ljal olish bo‘yicha montaj” 
talablariga javob berishi yoki bermasligini osongina aniqlab olishi 
mumkin. Agar operator ish jarayonida chalkashib ketsa, rejissyor 
uning xatosini to‘g‘rilashga yordam berib yuborishi mumkin (38 
va 39-rasmlar). 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish