Ma’noli perebivka deb odatda tasvirga olinayotgan epizodga
aloqador bo‘lgan, lekin asosiy qahramon yoki ob’ekt aks
etmagan kadrga aytiladi.
To‘rtinchi kadrni tasvirga olamiz: bilet kassasi oldida
charxpalakda uchishni istagan odamlar navbat kutib turishibdi.
Ular kulganicha yuqoriga qarab, qo‘rqoq qizning ustidan kulib
turishibdi (51-rasm).
89
51-rasm.
Beshinchi kadr, umumiy plan. Qizil kajava paytki
maydonchada to‘xtaydi. Undan yigit va qiz tushib keladi.
Yigitcha o‘z hamrohiga qo‘lini uzatadi. Qiz bir oz xadik bilan
o‘ng oyog‘ini yerga qo‘yadi. Bir ikki qadam tashlaydi va
kameraga yanada yaqinlashib yirikrok planga – umumiy o‘rta
planga o‘tadi (52-rasm).
52-rasm.
Oltinchi kadr, yirik plan. Va nihoyat, tomoshabin qizning
yuzida aks etgan his-hayajonlarini ko‘rishga muvaffaq bo‘ladi.
Yo‘l-yo‘lakay bechora qiz hamrohiga u yuqoridagi holatga qay
munosabatda bo‘lganini bilish uchun nigoh tashlaydi (53-rasm).
90
53-rasm.
Yettinchi kadr – sahnaning so‘nggi kadri: yosh juftlik
kamera oldidan o‘tib asta uzoqlashadilar. Kadr ichidagi yiriklik
umumiydan yirik-o‘rtagacha yiriklashadi va keyin olis plangacha
o‘zgarib boradi. Kadr juda cho‘zilib ketmasligi va kadrda ichki
dinamika bo‘lishi uchun, bizningcha uni qisqa fokus masofali
ob’ektivda tasvirga olingani yaxshi (54-rasm).
Agar siz epizoddagi 5, 6, 7-kadrlarni o‘zaro montaj qilishda
bosh qotiradigan boshqa hech narsa qolmadi deb o‘ylayotgan
bo‘lsangiz, qattiq yanglishibsiz.
5-kadr oxirida, qiz kajavadan tushayotganida yerga o‘ng
oyog‘ini birinchi bo‘lib qo‘ygan. Bunda uning tanasi bir oz
o‘ngga egilgan va u qadamning muayyan bir fazasida bo‘lgan.
Agar 6-kadr qiz yerga chap oyog‘ini tashlagan paytdan boshlansa,
uning tanasi boshqacha egilgan bo‘ladi va faza bo‘yicha 5-kadr
bilan o‘zaro bog‘lana olmaydi.
Huddi shunday qoidaga 6- va 7-kadrlarni montaj qilishda
ham katta e’tibor berish kerak bo‘ladi. Qiz yirik planda turganida
2 qadam tashladi, tabiiyki u o‘ng oyog‘ida turgan paytda yana
muayyan harakat fazasida bo‘lgan. Qahramonlarimizning
harakatlari davomini aynan mana shu nuqtadan boshlash kerak.
Yuqorida uchta kadrlarni o‘zaro montaj qilishda shu narsaga
asosiy e’tiborni qaratish kerakki, qahramonlarimiz turli kadrlarda
ko‘rsatilayotgan bo‘lsa ham ularning harakati, qadamlarining
fazalari har uchchala kadrda o‘zaro mos kelishi va tomoshabinda
yagona, davomli harakatni huddi ko‘p kamerali usulda tasvirga
olingandek tasavvur uyg‘otishi zarur.
91
54-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |