195 Nyulends J., Odling U lar tomonidan yaratilgan elementlar klassifikasiyalari haqida ma’lumotlar bering
1864 yil ingliz ximigi J.Nyulends, elementlarni ekvivalent og’irliklari bo’yicha oshib borishiga qarab joylashtirdi. 7 elementni bir gruppaga joylashtirib 8-element xossalari bir-biriga o’xshash bo’ladi deydi (oktav qoidasi). U birinchi bulib 8- elementda xossalar qaytarilishini aniqladi.Bu dastlabki guruhlardagi 17 ta elementga taalluqli bo’lib qolgani uchun uncha ahamiyatga olinmadi.1857-1868 yillarda ingliz ximigi U.Odling elementlar atom massalari oshishiga qarab bir qancha jadval yaratdi. Bularda xossalari ham o’xshash bo’ladi deydi, lekin asosan arifmetikaga ahamiyat berdi. 1857 yilda 49 elementni 9 gruppaga ajratadi. 1861 yilda kimyoviy yaqin bo’lgan elementlarni triada, tetraada va pentaadalarga ajratib gruppalar tuzdi. Bu guruhlarga vodorod, bor va qalay kirmay qoldi. 1868 yilda 52 aniq bo’lgan elementdan 45 tasini gruppalarga atom og’irliklari oshib borishini hisobga olib joylashtirgan eng axamiyatli tablisa tuzildi.
196 Yatroximiya bosqichi davrdagi yutuq va kamchiliklar nimalardan iboratligini tushuntiring
Van Gelmont (1579-1644 yil) Gollandiyalik yatrokimyogar medisina va kimyo yaqin ittifoqda bo’ladi, inson organizmida kimyoviy jarayonlar asosiy rolni o’ynaydi deydi. U gaz, bug’larni, karbonat angidridning olinishini, bijg’itish yo’li bilan vino olishni, SaSO3 + H2SO4 = reaksiyasini o’rgandi, fermentlarni oldi, oshqozon kasalligining sababi undagi sharbat kislotasi degan fikrlarni aytdi. Shu vaqtga kelib XVI-XVII asrda uyg’onish davri boshlanib yuzaga kelgan sosialiqtisodiy o’zgarishlar, o’z navbatida kimyoviy ishlab chiqarishni rivojlanishini ya’ni texno - kimyoni yuzaga keltirdi. Bu davrda kimyoviy jarayonlar haqidagi dastlabki tushunchalarni taklif qila boshladilar. Bringuchcho V. 10-tomlik “Pirotexnika” (1540) kitobini yozdi. Bunda: konlar, metallar va minerallarni qayta ishlash, haydashni, harbiy san’atni, Au va Ag larning olinishini, amalgamalash texnologiyasini, birinchi marta metallarni kuydirganda uning massasi ortishini aytib o’tadi, lekin uning sababini tushuntira olmadi. 16 Agrikola G. “Metallurgiya va tog’ ishlari haqida” kitobini yozadi. Bunda Saksoniya minerallaridan metallarni ajratib olish: mis, kumush, qo’rg’oshin va vismutlarni ajratib oldi. Tuzlardan esa selitralar, achchiq toshlar, kuporoslar va osh tuzining olinishini ishlab chiqdi. U alkimyoning probirka usulini tanqid qildi. Texnik kimyo rivojlanish natijasida analitik kimyoni keltirib chiqardi. Shu davrning kimyogar texnologlaridan biri Glauber N.R.dir
Do'stlaringiz bilan baham: |