Molekulyar biologiya qachon vujudga keldi va u qaysi masalalarni o’rganadi
Molekulyar biologiya - hayotning asosiy xususiyatlari namoyon boʻlishini molekulyar darajada oʻrganadigan fan. Molekulyar biologiya 20-asrning 50-yillarida biokimyo fanidan ajralib chiqdi va mustaqil fan sifatida shakllandi. Molekulyar biologiya terminini birinchi marta ingliz olimi U. Astberi qoʻllagan. Molekulyar biologiyaning vujudga kelishi koʻpincha F. Krik va J. Uotson tomonidan 1953-yilda DNK molekulasi gipotetik modelining kashf etilishi bilan bogʻlanadi.
Molekulyar biologiyaning muhim yoʻnalishlariga irsiy axborotni amalga oshirish mexanizmlari va hujayraning genetik apparati strukturasi hamda funksional tuzilishini tekshirish (molekulyar genetika), viruslarning hujayra bilan oʻzaro taʼsiri mexanizmlarini oʻrganish (molekulyar virusologiya, organizmning immun reaksiyalari qonuniyatlarini aniqlash (molekulyar immunologiya), energiyaning hosil boʻlishi va oʻzgarishining molekulyar asoslari (molekulyar bioenergetika) va boshqalar kiradi. Molekulyar biologiya hayotiy hodisalarni makromolekulalar, yaʼni oqsil va nuklein kislotalar yoki juda sodda tuzilishga ega boʻlgan xayotiy obʼyektlar — hujayra komponentlari, yaʼni mitoxondriy, xloroplast, ribosoma, yadro, hujayra membranalari, viruslar va prionlar darajasida tekshiradi.
Oqsil strukturalarini o’rgangan olimlar va ishlarini tushuntiring
Oqsillar bir necha struktur darajalardan iborat bo`ladi. Ular uchun 4 ta struktur daraja: birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to`rtlamchi darajalar farqlanadi. Ilk birlamchi strukturasi o`rganilgan oqsil – insulin bo`lib, Frederik Senger va shogirdlari 10 yil sarflashgan va ushbu kashfiyotlari uchun 958 yil Nobel mukofoti sovrindori bo`lishgan. Oqsillarning ikkilamchi strukturasi peptid guruhidagi o`rinbosarlarning σ-bog`i atrofida aylanishida turlicha cheklovlar mavjudligini inobatga olib, L. Poling va R. Kori (1950) lar hisoblash yo`li bilan polipeptid zanjirining fazoda joylashishi uchun eng maqbul konformatsiya o`ngga buralgan spiral ko`rinishda bo`lishligini ko`rsatishdi. Ushbu konformatsiya α-spiral deb nomlandi. Ikkilamchi strukturaning yana bir ko`rinishi β-struktura bo`lib, qatlamli struktura ham deyiladi. Ikkilamchi strukturaning u yoki bu elementlarini saqlagan polipeptid zanjirining barcha qismi fazoda ma‘lum bir shaklda tartib bilan taxlanishi – uchlamchi strukturani yuzaga keltiradi. Bir necha alohida polipeptid zanjirlari komplekslar yoki agregatlar deb nomlanuvchi, birmuncha murakkabroq tuzilmalarni hosil qilishi mumkin. Ushbu tuzilmalar to`rtlamchi struktura deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |