260 Anorganik moddalar strukturasini aytimg.
1780 yilda Bergman organika so’zini va uning anorganik moddalardan farqini ko’rsatib beradi va Lavuazye, Bersellius, Furkruslarning ular haqidagi aytgan fikrlarini tasdiqladilar. Kimyoviy moddalarning tarkibi, xossalaridan tashqari yana ularning muhim xarakteristikasi tuzilish tushunchasi fanga kiritildi. Furkrus modda tarkibida atom gruppalari mavjud deydi. Dalton og’irlik nisbatlarini tekshirib birikmalardagi struktura qanday bo’lishini ko’rsatdi. СТРУКТУРА (Дальтон) ХОССА (Бойль) ТАРКИБ 37 Dalton nazariy jihatdan quyidagi murakkab moddalarning struktura formulalarini ko’rsatdi. Dalton organik moddalarda polimerlanish hodisasi bo’lishini aytdi. Dalton - struktura kimyosiga birinchi g’ishtni qo’ydi. Shuning uchun Dalton zamonaviy kimyoning otasi deb tan olinadi. Dalton kimyoviy simvolikani taklif qildi. - kislorod, - vodorod, - azot, - oltingugurt, - rux, - mis, - kumush, - oltin. Bundan foydalanib Berselius elementlar nomini uning lotincha nomidan 1 yoki 2 harfni olib belgilashni taklif qildi. O - oksigenium, N - gidrogenium, S - sulfur. Buning natijasida kimyoviy formulalarni tuzish mumkin deydi mas. H2SO4 . Uning kamchiligi bir xil atomlar, murakkab atom hosil qilmaydi deganligidir. Gey-Lyussak - hajmiy usul yaratib gaz qonunlarini taklif qildi.
261 Stexiometrik qonunlarning yaratilishi: Ekvivalentlar qonunining yaratilish tarixi haqida ma’lumot bering.
1689 yilda Gomberg V. kislota, ishqor, tuzlarning o’zaro ta’siri asosida o’rgana boshlaydi. 1768 yil G.Kavendish kislota va ishqorlar bir-biri bilan ekvivalent holda reaksiyaga kirishishini ko’rsatdi. 1777 yil K. Vensel kislota va asoslar bir-biri bilan ma’lum bir nisbatda birikishini aytadi. Nemis olimi Rixter(G.Ye.Fisher 1802-06) neytrallanish reaksiyasining miqdoriy hisoblarini, ularning nisbatlarini, ekvivalent miqdorini va shular asosida tuzlarning tarkibini aniqlab proporsional sonlar jadvalini yaratdi. 1793 yilda “Kimyodagi yangi savollar” va “Stexiometriyaning boshlanishi” asarlarini yozdi. Bularda, asosan normal va o’rta tuzlar, ularning hosil bo’lishdagi sifat va miqdor o’zgarishlarini ko’rsatdi.. Ular taklif qilgan qonun “Elementlarning bir-biri bilan birikishi va o’rin almashishi ekvivalentlariga proporsional bo’ladi” deb ifodalandi. Lekin ekvivalentning ma’nosi noma’lumligicha qoldiekvivalent deb kislota asosli reaksiyalarda bir vodorod ioniga, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida 1 elektronga to’g’ri keladigan modda miqdoriga aytiladi Ekvivalentlar qonuni quyidagicha ta’riflanadi. Elementlar bir – biri bilan o’zining ekvivalentiga proporsional miqdorda birikadi ya’ni reaksiyaga 24 kirishayotgan moddalarning massasi ularning ekvivalentiga to’g’ri proporsional bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |